Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə248/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Unsur-
Unumdor tuproq-
Uran- Quyosh sistemasiga kiruvchi 8 ta sayyoradan biri. Quyoshdan uzoqligi boʻyicha 7sayyora. Quyosh atrofida toʻla aylanish davri (siderik yoki yulduz aylanish davri) 30685 Yer sutkasiga (84,015 tropik yilga) teng . Uranning koʻrinma yulduz kattaligi 6t ga teng boʻlib, durbinda oson koʻrinadi. Juda kattalashtirib disk holida koʻrilganda unda hech qanday chiziq yoki dogʻ borligi sezilmaydi. Uranning ekvatorial diametri 52400 km yoki Yerning 3,98 diametriga teng . Massasi Yer massasidan 14,56 marta kata. Uran o`z o`qi atrofida 17,2 soatda aylanib chiqadi. Uranni V.Gershel 1781-yilda kashf qilgan. U. Quyoshdan ancha uzoq joylashgani uchun undan oladigan yorugʻlik va issiqlik Yerdagiga nisbatan 370 marta kam, biroq uning yorugʻlik qaytarish xususiyati sayyoralar orasida eng yuqori hisoblanadi. Uranning ichki tuzilishini nazariy tekshirishdan shu narsa aniqlandiki, tashqi gaz qobigʻi vodorod, neon va metan va ularning umumiy massasi sayyora toʻla massasining 10%ni, ichki qismining ko`pi suvdan iborat boʻlgan suyuq yadroni tashkil etadi. Uranning 10 dan ortiq yoʻldoshi maʼlum. Uning eng yorugʻ yoʻldoshlari — Titaniya va Oberonlarni 1787-yilda V. Gershel, kamroq yorugʻlikdagi Ariyel va Umbriyelni 1851-yilda U. Laplas, Mirandani amerikalik astronom J. Koyper 1948-yilda topgan. 1977-yilda Uranda halqalar borligi aniqlandi.
Urganch shahri- Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Shahar 1929-yilgacha Yangi Urganch deb atalgan. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida joylashgan. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shimoliy va janubiy qismlarga ajratgan. Shimoliy qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, janubiy qismida esa ishlab chiqarish korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil bir-biri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 137 ming kishini tashkil etadi.
Urgut shahri- Samarkand viloyati Urgut tumanidagi shahar (1973-yildan). Tuman markazi. Zarafshon tog` tizmasining gʻarbiy davomi hisoblangan Chaqilikalon togʻining etagida, Samarkand shahridan 35 km narida, viloyatning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Shahar oʻrtasidan Urgutsoy oqib oʻtadi. Aholisi 61 ming kishidan ortiq. Shaharda xalq hunarmandchiligi (pichoqchilik, chopon, soʻzana va hokazo) qadimdan rivojlanib kelgan. 1931-yilda 55 ot kuchiga ega boʻlgan elektr dvigateli ishga tushirilgan. 1935-yilda MTS tashkil qilingan. Urgutda 5 sanoat korxonasi, bundan tashqari, 6 qoʻshma va 9 xususiy korxonalar mavjud. Ular, asosan, qurilish materiallari (gʻisht, marmar, beton gʻishtlar), yaxna ichimliklar, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, sut va goʻshtni qayta ishlash, non pishirish, tamaki fermentatsiyalash bilan shugʻullanuvchi korxonalardir. Ushbu korxonalarning asosiy qismi oʻrta va kichik korxonalar. Qoʻshma korxonalar ichida Belgiya bilan hamkorlikda qurilgan "UrgGazkarpet" va boshqa korxonalar bor. Aholiga xizmat koʻrsatadigan 3500 dan ziyod xususiy ustaxona va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mashhur "Urgut" bozori faoliyat koʻrsatadi. 14 umumiy taʼlim maktabi (13,5 mingga yaqin oʻquvchi), kasbhunar kolleji, Akademik litsey, kutubxona, madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, xalq teatri, markaziy madaniyat va istirohat bogʻi, stadion mavjud.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin