Tutun- Tutzor- Tuxum- tarkibida barcha oziq moddalarga ega boʻlgan parranda mahsuloti. Isteʼmol uchun, asosan, tovuq, bedana, sesarka tuxumlari ishlatiladi. Sifati, vazni, muddati va saqlanish sharoitiga qarab parhez va oshxona (oddiy) tuxumlariga ajratiladi. Yangi, yuqori sifatli, sovuq haroratda saqlanmagan, muddati 7 kundan oshmagan tuxumlar parhez tuxum hisoblanadi. Koloriyaliligi boʻyicha oʻrtacha semizlikdagi mol goʻshtiga teng keladi va yaxshi singadi. Joʻja ochirish uchun serpusht tovuqlarning yirik tuxumlari tanlab olinadi. Odatda, tovuq tuxumi 55—65, kurkaniki 70—100 g , oʻrdakniki 70—90 g , gʻozniki— 180 g og`irlikda boʻladi. Tuxum uzoq, vaqt saqlanadigan boʻlsa, oziq-ovqatlik sifati pasayib ketmasligi uchun, qayta ishlanib, undan qandolatchilik va non sanoatida ishlatiladigan melanj (muzlatish yoʻli bilan konservalangan tuxum massasi) va tuxum kukuni tayyorlanadi. Melanji 8—10 oy, tuxum kukunini 2 yil saqlash mumkin. Tuxum o`simlik urug`i ma`nosida ham qo`llaniladi.
Tuya- cho`l va sahro hayvoni sanaladi. Ular juda chidamli bo`lib, uzoq vaqt suvsiz va ovqatsiz yashay oladi. Bunga sabab tuyada o`rkachlarning borligi. Tuyaning o`rkachi yog`dan iborat bo`lib, asosiy kuch-quvvat manbaidir. Bundan tashqari tuyaning o`rkachidagi yog` ovqat hazm qilish jarayonida ko`p miqdorda suv ajratib chiqaradi.tuyalardan yuk tashishda, qiyin sahro sharoitida yo`l bosishda foydalaniladi.tuyalarning bir va ikki o`rkachli turlari mavjud. Tuyalar cho`l va dashtlarda dag`al o`t va xashaklar, yantoq, saksovul bilan oziklanadi, suvni kam ichadi (sho`r suvni ham ichaveradi). Tuyalar 35—40 yil yashaydi, ulardan 20—25 yil foydalaniladi.Tuyalar o`z vaznining yarmiga teng — 250–300 kg yukni ko`tara oladi, vazniga nisbatan 10—12 foiz og`irlikdagi yukni tortish kuchiga ega. Soatiga 10– 12 km tezlikda, kuniga 35–40 km masofani bosib o`tadi. Tuyalar qadimdan yukchi xayvon bo`lgan. Qadimda va o`rta asrlarda Buyuk ipak yo`lipya ham asosiy yuk tashish vositasi tuyalar edi.
Tuyamo`yin suv ombori- Amudaryoning quyi oqimidagi Tuyamoʻyin tor darasida qurilgan yirik suv inshooti. Bu suv omborining qurilishi 1970-yildan boshlangan. 1978-yilda birinchi qismi qurib tugatilgan va 1983-yilda toʻliq ishga tushirilgan. Suv ombori 4 ta — 1 ta oʻzanli va chap sohildagi tabiiy chuqurliklarda barpo etilgan, suv uzatilib toʻldiriladigan 3 ta ombordan (Kaparas, Sultonsanjar, Qoʻshbuloq) iborat. Gidrouzel Amudaryoning chap va oʻng sohillariga suv chiqarishni taʼminlaydi. Tuyamoʻyin suv omborining toʻgʻonlari suvni damlab, satxini ko`tarilishga olib keladi. Sultonsanjar pastligini suv bilan to`ldirish uchun Tuyamoʻyin gidrouzelidan gʻarb tomonga qarab 2,5 km uzunlikda boʻlgan kanal qurilgan. Tuyamoʻyin suv ombori Tuyamoʻyin GʻESning barqaror ishlashini taʼminlaydi. Amudaryodan Tuyamoʻyin suv omboriga har yili oqib keladigan 200 mln tonna loyqaoqiziqlarni chiqarib yuboradigan inshootlar barpo etilgan. Oʻng qirgʻoqda kema qatnovi yo`lga qo`yilgan. Tuyamoʻyin suv omborining qurilishi bilan Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumani hamda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida yangi yerlarni oʻzlashtirish, sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini yaxshilash imkoniyati yaratildi.