Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə242/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Turkiston silovsini-
Turkiston tog` tizmasi- Hisor Oloy tog` sistemasiga kiruvchi tog`lar. O`zbekiston va Tojikiston hududida joylashgan. Sirdaryo va Zarafshon oralig`ida suvayirg`ich vazifasini bajaradi. Turkiston tizmasi sharqdan g`arbga Mastchoh tog` tugunidan Zarafshon daryosining o`rta okimigacha 350 km ga cho`zilgan, eni 60 km dan ziyod. Turkiston tizmasi sharqda Farg`ona vodiysini, g`arbda Mirzacho`lni o`rab turadi. Sharqiy qismi baland (5000–5400 m), qor va muzliklar bilan qoplangan. G`arbiy qismi (Chumqartov) past (2600–3400 m). Eng baland joyi sharqda 5680 m (Piramida cho`qqisi), g`arbda Bozorxonim cho`qqisi (3405 m), shimoli-g`arbiy qismi Molguzar tog`laridan iborat. Bular birbiridan Sangzor daryosi vodiysi bilan ajralgan. Nurota tog`larini ham Turkiston tizmasining davomi deb hisoblaydilar. Turkiston tizmasining o`rmon va butazorlarida qobon, oq tirnokli ayiq, kakliklar, jayra, sug`urlar, baland tog`larda kiyik, yovvoyi echki, tog` kurkasi uchraydi. Tog` yaylovlaridan chorvachilikda keng foydalaniladi. Zomin tog` o`rmon davlat qo`riqxonasi va Zomin xalq bog`i tashkil etilgan. Tog` yon bag`irlarida tabiiy boylik ko`p, iqlimi va suvlari shifobaxsh. Tog`da mevali va dorivor o`simliklar o`sadi.
Turkmaniston- O`rta Osiyoning janubi-g`arbida joylashgan davlat. Maydoni 488,1 ming kv.km. davlatning aholisi 5,113 million kishidan oshadi. Poytaxti — Ashxobod shahri. Ma`muriy jihatdan 5 viloyatga, viloyatlar etrap (tuman)larga bo`linadi.
Turna-(Gruidae) — turnasimonlar oilasiga kiradi. Uning 15 turi mavjud. Yirik, oyoqlari va boʻyni uzun, qanotlari nisbatan keng . Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Avstraliyada tarqalgan. Suvoldi yoki oʻta nam bo`lgan joylarda yashaydi. Turnalar qishlash joylariga katta gala boʻlib uchib ketadi. Uyasini yerga oʻsimliklardan yasaydi. 3—6 yoshida voyaga yetadi. Nasl uchun ikkala jins ham gʻamxoʻrlik qiladi. 2— 3 ta tuxum qoʻyib, 1 oyga yaqin bosadi. Bolalari 2—3 oy oʻtgach, uchirma boʻladi. Yosh qushlar ota-onasi bilan qishlov joyiga uchib ketadi. Bahorda uya qurish joylariga qaytib kelgandan soʻng alohida yashay boshlaydi. Oʻsimliklar urugʻi, kurtagi, mevasi, hasharotlar, mayda kemiruvchilar, baliqlar, mollyuskalar va boshqa bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda oq turna, kulrang turna va kichik turna uchib oʻtish davrida uchraydi. Janubiy viloyatlarda kulrang turna qishlab ham qoladi. Oq turna Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitoblariga kiritilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin