Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə239/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Transport vositasi-
Transport-(lotincha transporto — tashiyman) yuklarni va yoʻlovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlari, korxonalari, xalq xoʻjalik tarmoqlari oʻrtasida, shuningdek, mamlakat ichida ayirboshlash va aloqani taʼminlaydi. Quyidagi transportlar mavjud: yer usti trasport i (temir yoʻl, avtomobil, quvur yoʻllari), suv transporti (dengiz va daryo), havo transporti (aviatsiya). Vazifasiga koʻra ichki ishlab chiqarish. (sanoat) transportiga va umumiy foydalaniladigan transportga boʻlinadi. Butransport turlari bilan bir qatorda shaxsiy foydalaniladigan avtotransportlar xam mavjud. Mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdoning oʻsishi dengiz kemachiligining rivojlanishiga turtki berdi. Avtotransport 19-asrning oxirida paydo boʻldi, 20-asrning 20-yillarida qisqa masofaga yuk va yoʻlovchilar tashishni amalga oshirib, temir yoʻl va daryo transport bilan raqobat qila boshladi. Fuqaro havo transporti 20-asrning 1-choragida vujudga keldi. Oʻzbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yoʻlovchilar tashuvchi transportning barcha turi —temir yoʻl, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay,, trolleybus, metropoliten), daryo transporti, quvur yoʻllari transporti transporti rivoj topgan.
Tugamaydigan tabiiy boyliklar-
Tugaydigan tabiiy boyliklar-
Tugmachagul-(Malva) gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik begona o`t. Bo`yining balandligi 10 – 40 sm gacha bo`ladi. Aprel – avgustda gullab, may – sentabr oyida meva tugadi. Ozbekistonning deyarli barcha sug`oriladigan yerlarida o`sadi.Tugmachagul G`arbiy Yevropa, Kichik Osiyo, Eron, Afg`oniston, Hindiston, Xitoy va Shimoliy Afrikada o`sadi. O`zbekistonda tugmachagulning bir necha turi: befarq tugmachagul (Malva neglecta), Mavritaniya tugmachaguli (Malva mauritana), o`rmon tugmachaguli (Malva silvestris), buxoro tugmachaguli (Malva bucharica Iljin) uchraydi. Poyasi yer bag`irlab, baʼzan yerdan bir oz ko`tarilib o`sadi. Shoxlangan, bo`yi 10-40 sm. Ildizi o`q ildiz. Barglari uzun bandli, 5-7 bo`lakli. Gullari 3-4 tadan barg qo`ltig`ida joylashgan. Mevasi tugmachasimon, dumaloq, mayin tuklar bilan qoplangan, 14 (12-16) ta danakchali to`pmeva hosil qiladi. U apreldan oktabrgacha gullab mevalaydi. Bir tup tugmachagul yiliga 300-500 dona urug` beradi. Tabobatda qo`llaniladi. Bargi Kavkazda ovqatga ishlatiladi.
Tugunak-o`simliklarning shkli o`zgargan yerosti novdasi. Tugunakli o`simliklarga kartoshka va topinambur kabilar kiradi. Kartoshkaning tugunaklari uning yerosti poyasida hosil bo`oladi. U, asosan, yumaloq shaklda bo`lib, o`zida ko`p miqdorda oziq moddalar (ayniqsa, kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi jihatdan novdaga o`xshaydi. Tugunaklaridagi chuqurchalarda – ko`zchalarida kurtaklar joylashganligi bilan boshqa yer osti novdalardan farq qiladi. Tugunaklar issiq, sernam sharoitda tez ko`kara boshlaydi. Tugunakdagi kurtaklardan yangi novdalar o`sib chiqadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin