Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə237/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Toshkent viloyati- O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida joylashgan. Toshkent viloyati 1938 yil 15 yanvda tashkil qilingan. Shimoliy va shimoli-g`arbdan Qozog`iston Respublikasi, shimoli-sharkdan Qirg`iziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-g`arbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming kv.km. Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2,4 million kishidan ziyod. Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Bo`ka, Bo`stonliq, Zangiota, Oqqo`rg`on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo`l, O`rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Bo`ka, Do`stobod, Keles, Olmaliq, Oqqo`rg`on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, To`ytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyo`l, Yangiobod, G`azalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Bo`zsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyabo`g`iz, Chig`iriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi chinoz, Yangihayot, O`rtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yig`ini bor. Markazi – Toshkent shahri.
Toshko`mir- yuksak o`simliklar organik qoldiqlarining parchalanishi va atrofini o`rab turgan Yer po`sti jinslarining bosimi natijasida hosil bo`ladigan qattiq yoqilg`i, qazilma ko`mir turlaridan biri. Qo`ng`ir ko`mirga nisbatan tarkibida uglerodi ko`p, zich, tim qora, baʼzan qo`ng`ir qora, yog`simon yaltiraydi, yarim yaltiroq yoki xira bo`ladi. Toshko`mir Yer qobig`i yuqori qismining o`simlik qoldiqlari parchalanishidan hosil bo`ladi. U turli qalinliqdagi qatlam holida bo`ladi. Ko`mir yer sirtidan boshlab to 2000–2500 m va undan ham chuqurda yotadi. Toshko`mir turli sohalarda: ro`zg`orda, energiya yoqilg`isi hamda metallurgiya va kimyo sanoati xom ashyosi sifatida ishlatiladi. O`zbekistonda toshko`mir Sharg`un va Boysun ko`mir konlarida mavjud.
Tovuq- qishloq xo`jaligi parrandalarining eng ko`p tarqalgan turi. Tovuq 5 ming yil muqaddam Hindistonda qo`lga o`rgatilgan yovvoyi bankiv tovug`idan tarqalgan. Tovuqlarning o`ziga xos xususiyati — boshlarida qizg`ish toji, quloq solinchagi, oyoklari (xo`rozlarida) pixining mavjudligidadir. Patlarining rangi har xil, ko`pincha, oq. Ko`pchilik tovuq zotlarining tumshugi va oyoq kafti sariq, qisman oqqizg`ish, qora va boshqa bo`ladi. Tuxum po`chog`i oq yoki och qo`ng`ir bo`ladi. Beradigan mahsulotiga qarab tovuqlar tuxumdor (serpusht), tuxumdorgo`shtdor (tuxum va go`sht uchun boqiladigan) va go`shtdor zotlarga ajratiladi. Tovuqlar tashqi ko`rinishi va tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Serpusht tovuqlar kichkina, tez voyaga yetadigan, tuxumdorgo`shtdor tovuqlar yirikroq bo`lib yaxshi rivojlanadi. Go`sht uchun ajratilganlari alohida sharoitda boqiladi. Serpusht tovuqlar 1,7—2,2 kg , xo`rozlari 2,7—3,0 kg , tuxumdorgo`shtdorlari 2,5—4,0 kg , go`shtdorlari 3,0—4,5 kg go`sht beradi. Serpusht zotlar yiliga 220—250 ta, ayrimlari 365 tagacha tuxum qiladi. Tovuq 10 yilgacha tuxum qilishi mumkin (10—12 y. umr ko`radi).

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin