Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə240/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Tuk-
Tukli qurt-
Tukli yulg`un-
Tulen-
Tulki- (Vulpes) boʻrisimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uzunligi 40—90 sm, dumi 60 sm gacha bo`ladi. Tanasi choʻziq, oyoqlari nisbatan kalta. Uzun dumidagi moʻynasi baroq. Juni sariqdan to kumushqizgʻish (deyarli qoramtir) tusgacha bo`ladi. Tulkining 6— 11 turi maʼlum. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Avstraliyaga ham olib kelingan. Oʻzbekistonda 2 turi (oddiy tulki, korsak) uchraydi. Ularning oziqlanish va yashash joyi xilma-xil: oʻrmondan boshlab sahrogacha bo`lgan hududlarda yashaydi. Tulki in quradi. Asosan, kemiruvchilar, sut emizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. Odatda, 4—6 ta, baʼzan 17 tagacha bola tugʻadi. Eng yirigi oddiy tulki. Tanasining uzunligi 90 sm gacha, dumi 60 sm cha bo`ladi. Moʻynasi moʻyna sanoatining asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Tulkining qoramtir rangli moʻynasi ayniqsa yuqori baholanadi.Tulki ovchilik va parrandachilik xoʻjaliklariga birmuncha ziyon yetkazadi. Ular kemiruvchi zararkunandalar sonini kamaytirib, qishloq xoʻjaligi va tibbiyotga katta foyda keltiradi. Xalq og`zaki ijodida tulki ayyorlik ramzi hisoblanadi.
Tuman- Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68 moddasiga muvofiq, tuman maʼmuriy-hududiy boʻlinish pog`onalaridan biri. Tuman davlat yuqori organlarining koʻrsatmalari, qarorlarini hayotga tatbiq etuvchi va bajaruvchi asosiy maʼmuriy-hududiy birlik boʻlib, viloyat tarkibiga kiradi. Shuningdek, yirik shaharlar tarkibida shahar tumanlari tashkil etilishi mumkin (masalan, Toshkent shahrida 11 ta tuman bor). Tumanlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari — tuman hokimlari va xalq deputatlari tuman kengashlari boshqaradi. Tumanlarni tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Tumanlarga tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadigan hamda tuman xalq deputatlari Kengashida tasdiqlanadigan tuman hokimi rahbarlik qiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin