Tumanli havo- Tumshuq- Tun- Tunika likopcha- Turang`il- Turar joy-(boshqa nomlari: uy-joy, makon, istiqomatgoh) deb odam yoki boshqa hayvonlar istiqomat qiladigan inshootga aytiladi. Turar joylar xilma-xil boʻladi: oddiy kulbadan tortib murakkab qurilmalar tizimigacha. Turar joyda doimiy yashovchilar bu inshootni uy deyishadi. Uyda istiqomat qiluvchilarga uydagilar deyiladi, ular, odatda oila, ayrim hollarda esa har qanday boshqa bir guruh, tashkilot yoki yolgʻiz kimsalar boʻlishi mumkin. Turar joylar turli xil shakl va ko`rinishlarda quriladi. Turar joylar eng qadimgi davrlardan boshlab qurib kelinmoqda. Hozirda esa murakkab shakl va qulaylikka ega. Ayrim turar joylar bir joydan boshqa joylarga ham ko`chirilishi mumkin. Masalan, asosiy ishi chorvachilik bo`lgan ko`chmanchi xalqlarning turar joyi o`tov deb nomlanib, ular bir joydan ikkinchi joyga ko`chirib yuriladi.
Turbina- Turbina parrak- Turkiston saroyi- Toshkentdagi Mustaqillik maydoni shimolida Anhor boʻyidagi konsert zali binosi. Dastlab "Turkiston" kinokonsert zali deb nomlangan, keyinchalik yozgi teatr sahnasida xalq anʼanaviy bayramlari, teatrlashtirilgan tomoshalar oʻtkazilishi munosabati bilan hozirgi nomi bilan yuritila boshlagan. Saroyning kinokonsert zali 1992-yil me`morlar Y. Xaldayev va F. Tursunovlar tomonidan, yozgi teatr sahnasi esa 1993-yil me`mor V. Akopjanyan tomonidan qurilgan. Bino oldidagi keng sahnli maydoncha koʻkalamzorlashtirilgan. 3 pogʻonali, marmar bilan qoplangan favvoralar ishlangan hamda humo qushi tasviri tushirilgan yodgorlik oʻrnatilgan. Turkiston saroyiga zinapoyalar orqali koʻtariladi. Binoning pastki qavatida kassa, texnik xizmat xonalari joylashgan. Yirikyirik qilib taxlangan qizil marmar tosh sirli sopol idishlar, oʻsimliklar bilan uygʻunlashtirilgan holda foyening chap qanotida dam olish burchagi tashkil qilingan. Yozgi teatr qadimgi teatr maydoniga xos uslubda qurilgan va u 3200 o`ringa mo`ljallangan.