Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə247/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Ugom tog`i- Gʻarbiy Tyanshanning bir qismi. Tizmaning janubi-gʻarbiy qismi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududida. Talas Olatovidan (Manas tog tuguni yaqinidan) boshlanib janubi-gʻarb tomon 115 km ga choʻzilgan. Piskom va Ugom daryolari oraligʻida joylashgan. Uning janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekistonda, shimoli-sharqiy qismi esa Qozogʻiston hududida. Suvayirgʻich yaqinidan ikki davlatning chegarasi oʻtadi. Oʻrtacha balandligi 3000–3500 m, janubi-gʻarb tomon pasayib boradi. Oʻzbekistondagi qismi ancha past, Chirchiq daryosi yaqinida bal. 1500 m. Ugom tizmasining ayrim choʻqqilari 3500–4000 m ga koʻtarilgan. Eng baland choʻqqisi Sayram bo`lib, 4238 m. Sayram choʻqqisidan Ugom tizmasi bir qancha tarmoqlarga ajraladi, bulardan eng yiriklari Tuproqbel va Maydontoldir. Bu tarmoqlar ancha baland boʻlib, baʼzi choʻqqilari 4000 m dan yuqori — (Tuproqbel — 4234 m). Ugom tizmasining bu qismida doimiy qor uyumlari va kichik muzliklar mavjud.
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog`i-
Ukki- tungi yirtqich qush bo'lib, tumshug'ining uchi qayrilgan, katta ko'zlari qorong'ida ham mayda narsalarni ko'ra oladi. O'ljasini o'tkir tirnoqlarini botirib nobud qiladi. Shitirlagan past ovozni ham eshitadi, boshining ustida quloqqa o'xshash ikki to'p patlari dikkayib turadi. Turli xil kemiruvchilar, kichikroq qushlar bilan ovqatlanadi.
Uloq-
Ulug`sho`rko`l-
Ulug`vor ko`zagul-(Ostrosvkia magnifika regel) O`rta Osiyodagi kamyob o`simlik. Bo`yi 170 sm gacha yetadigan ko`p yillik o`simlik. Poyasi g`ovak va tik bo`ladi. Barglari halqa hosil qilib o`rnashgan bo`lib, tuxumsimon, cho`zinchoq, yirik tishli, ko`kimtir rangda. Gullari uzun, gulbandida joylashgan. Mevasi ko`sakchasimon, urug`I esa cho`ziq – tuxumsimon bo`ladi. U may-iyun oylarida gullab, iyun-iyulda meva beradi. Ulug`vor ko`zagul Tyanshan (Ugom daryosi havzasi) va Hisor tizmasi (To`polon daryosi havzasi) da, tarqalgan. Tojikiston, Qozog`iston Shimoliy Afg`onistonda ham uchraydi. Ulug`vor ko`zagul tog`larning o`rta qismidagi yirik toshli surilmaarda, qoyalarning soyalarida o`sadi. Tabiatda to`p-to`p bo`lib tarqalgan. U, asosan , urug`idan ko`payadi. Gullari va ildizlarining olib ketilishi hamda urug`idan yaxshi unmasligi natijasida kamayib ketgan. Uni urug`idan ekkanda 4-5-yili gullaydi. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Un- turli ekinlar donini tegirmonda tortib hosil qilinadigan oziq-ovqat mahsuloti. Un ko`proq bug`doydan tayyorlanadi. Shuningdek, javdar, arpa, makkajo`xori, suli, no`xat va boshqa ekinlar donidan ham un ishlab chiqariladi. Undan non, nonbulka, konditer va makaron mahsulotlari, turli taomlar tayyorlanadi, kepagi mollarga beriladi. Undan tayyorlangan ozi`-ovqat mahsulotlari juda to`yimli bo`ladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin