Xo`jakent- Xo`jayli shahri--(Xoʻjeli) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanidagi shahar. Ushbu tumanning markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida, Nukusdan 24 km uzoqlikda joylashgan. Shahar oʻrtasidan Toshliyop kanali oʻtadi. Hozirda shaharning aholi soni 75 mingdan ziyod. "Xoʻjayli" atamasi 17-asr oxiri —18-asr boshlarida paydo boʻlgan. Rus tadqiqotchisi A.L.Kunning Xoʻjayli haqida 1874-yil eshitgan rivoyatlardan birida Xoʻjayli qalʼasini Turkistondan koʻchib kelgan eshon Alamin Xoʻja qurgan. Shuningdek, mahalliy aholi orasida shaharga sufiylarning yassaviylik oqimiga mansub xoʻjalar tomonidan asos solingan degan rivoyatlar bor. Shahar atrofida miloddan avvalgi 4—3 asrlarda aholi yashaganligini arxeologik qazilmalar tasdiqlaydi. Xoʻjayli yonidagi Mizdaxqon shahri xarobasi buning dalilidir. Xoʻjaylining tabiati, bozorlari, madrasalari, sugʻorish kanallari, aholisi toʻgʻrisida A. L. Kun, Vasily Bartold va boshqa tomonidan yozib qoldirilgan manbalardan maʼlum. Yangi Xoʻjayli (temir yoʻl stansiyasi) 1952—1953-yillarda temir yoʻl oʻtkazilishi munosabati bilan qurilgan.
Xo`roz- Xomashyo- konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng maʼnoda xomashyo mehnat taʼsirida oʻzgargan va yanada ishlanishi lozim boʻlgan mehnat predmetini anglatadi. Xomashyo jarayonida xomashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xomashyoning kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga boʻlinadi. Sanoat xomashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy xom ashyoga boʻlinadi. Ishlatilishiga koʻra, mineral Xom ashyo yoqilgʻienergetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slanetslar), metallurgiya (qora, rangli, nodir va asl metallar rudalari), konkimyo (agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika) ishlab chiqarish xomashyolari va boshqalarga boʻlinadi. Sunʼiy xomashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sunʼiy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmogʻining ishlov berilmagan (xom) mahsulotlari oʻsimlik Xom ashyosi (don va texnika ekinlari, yogʻoch, yovvoyi va shifobaxsh oʻsimliklar) va hayvonot xom ashyosi (goʻsht, baliq, sut, teri, jun) ga boʻlinadi.