Vodoprovod- Voha-cho`l va chala cho`llarda obod qilingan yer. Vohada namgarchilik qo`shni hududlarga nisbatan ko`p. Yer osti suvlari yuza bo`lib, buloqlar chiqib yotadi, daryolar vaqti-vaqti bilan toshib turadi. Vohalar ko`pincha daryo, ko`l, kanal va quduqlardan suv bilan taʼminlanadi. Maydoni bir necha o`n kv.km dan bir necha o`n ming kv.km gacha bo`ladi. Shimoliy Afrika, G`arbiy Osiyo va Markaziy Osiyo cho`llarida mashhur Vohalar bor. Toshkent, Murg`ob, Xorazm, Buxoro vohalari, Farg`ona vodiysidagi vohalar ham ancha katta. Odatda, vohalarda aholi zich yashaydi.
Volfram- Vostok-1- Yer atrofidagi orbitada uchish uchun sobiq Ittifoqda yaratilgan bir kishilik kosmik kema (KK)lar nomi. "Vostok-1"da 1961-yil 12-aprelda kosmonavt-uchuvchi Yuriy Gagarin dunyoda birinchi marta kosmosga parvoz qildi. Kosmik kema Boyqonur kosmodromidan uchirildi. Yer atrofini bir marta aylanib, Yerga qoʻndirildi. "Vostok-1" kosmik kemasi sfera shakldagi qoʻndiriladigan apparat (bu qism ayni vaqtda kosmonavt kabinasi ham hisoblanadi), bort apparatlari va tormozlaydigan harakat qurilmasi joylashtirilgan qismlardan iborat bo`lgan. Kosmik kema oxirgi bosqichining uchiruvchi raketa bilan birga umumiy ogʻirligi 6,17 t, uzunligi 7,35 m, uchiruvchi raketasiz sof ogʻirligi 4,73 t, qoʻndiriladigan apparatning ogʻirligi 2,4 t va diametri 2,3 m bo`lgan.
Vulqon (lava)- Vulqon- Yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulqon markazida asosiy vulqon kanali joylashgan boʻlib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma oʻchogʻi) magma va boshqa vulqon jinslari shu kanal orqali koʻtariladi. Vulqon kanalining yuqori qismi vulqon boʻgʻzi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb ataladi. Vulqonning otilishi, lavaning qotishi jarayonida bugʻ va vulqon suvlari ajralib chiqadi. Vulqon otilishi qisqa, davriy va uzok, davom etishi, baʼzilari butunlay soʻnib qolishi mumkin. Shunga koʻra vulqon soʻnmagan, soʻngan, tinchigan xillarga boʻlinadi. Vulqonning koʻtarilgan kanallari shakliga qarab markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga boʻlinadi. Markaziy vulqonda mahsulotlar markaziy kavakdan otilib chiqadi, yoriqlardan otiladigan vulqon ochilib qolgan yoriq yoki bir qancha unchalik katta boʻlmagan konuslardan iborat. Soʻnmagan vulqonga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib turadigan vulqon hamda vulqon otilgani haqida tarixiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan vulqon kiradi. Tinchigan vulqon hozirgi paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq magma oʻchogʻi boʻlib, vaqt oʻtishi bilan u faollashishi mumkin. Soʻngan vulqonga kuchli yemirilgan va yuvilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan vulqon kiradi. Ularning deyarli uchdan ikki qismi Tinch okean qirgʻoqlari va orollarida, Uzoq Sharila Kamchatka yarim oroli va Kuril orollarida, oʻchgan vulqon Kavkaz, Zabaykale, Markaziy Osiyo, Ukraina (jumladan Karpat togʻlari va Qrim yarim oroli)da joylashgan.
Xalq- bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi. Masalan, biz Oʻzbekiston aholisi va oʻzbek xalqi deymiz. Xalq muayyan mamlakatning barcha aholisidi.