Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə265/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Yanvar- lotincha Januarius mensis “Yanus oyi” degan ma`noni bildiradi. Yanus rimliklar xudosi bo`lgan. Grigoriy taqvimida yilning birinchi oyi. 31 kundan iborat. Yanvar oyi Yerning shimoliy yarimshari bo`yicha eng sovuq oy va janubiy yarimsharining kata qismida eng issiq oy hisoblanadi.
Yara- biror toʻqimaning turli sabablarga qoʻra nobud boʻlgan qismi koʻchib, oʻrnida hosil boʻlgan nuqsoni. Yara koʻrinishi, chuqurligi va chetlarining holatiga qarab oval, dumaloq, chetlari oʻyilgan shaklda boʻladi. Chuqur Yara qon tomir devorlarining buzilishiga olib keladi, natijada qon ketishi kuzatiladi. Yara uzoq kechib, chandiqlanib bitadi. Baʼzan yara qayta-qayta chiqishi ham mumkin. Yaraga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, ogʻirroq hollarda jarrohlik amaliyoti qoʻllanadi.
Yarim kecha-
Yarim oy-
Yarimshar-
Yarimsharlar xaritasi-
Yashik-
Yashil devor-
Yassi tog`-
Yaylov-chorva mollari erkin (haydab) boqiladigan oʻtzor. Tabiiy va ekma oʻtzorlar mavjud. Tabiiy yaylovda, asosan, koʻp yillik oʻtlar va chala butalar oʻsadi, madaniy yaylovga esa bir va koʻp yillik dukkakli, boshoqli oʻtlar urugʻi aralashtirib ekiladi. Yaylov chorva mollari uchun eng arzon va qimmatli koʻk ozuqa manbai. Mollar yaylovda boqilganda bogʻlab (ogʻilda) parvarish qilinganiga qaraganda mahsuldorligi 25—40% ga ortadi, mahsulotining sifati yaxshilanadi. Oʻzbekistonda qoramol, qoʻy, echki podalari, ot uyurlari adir va togʻli zonalarda mavsumiy — erta bahordan kech kuzga qadar, tuya, qorakoʻl qoʻylari choʻl zonalarida yil boʻyi yaylovlarda boqiladi. Madaniy yaylovlar yaratishda Qoraqum, Qizilqum choʻllarida qora saksovul, izen, qandim, qoʻngʻirbosh, chogon, kamforosma kabi choʻlyaylov ekinlari ekiladi. Tabiiy yaylovlar hosildorligini oshirish uchun ulardan toʻgʻri foydalanish va yaylovlar holatini yaxshilash choralari koʻriladi. Buning uchun har yili mollar boqiladigan yaylovlar almashtiriladi. Oʻt ham navbat bilan oʻriladi, oʻtzorlar oʻgʻitlanadi, zararli va zaharli oʻtlarga qarshi kurashiladi.
Yelim- turli materiallarni bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladigan suyuqlik. Yelim tarkibida qotiruvchi moddalar va qo`shimchalar bo`ladi. Qo`shimchalar yelimning yopishqoqligini, qotish tezligini, mustahkamligini, qattiqligini, issiqqa va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Yelim suyuq, quyuk yoki qattiq bo`lishi mumkin. Yelimlar oddiy, konstruksion (mashinalar, uchuvchi apparatlar, qurilish konstruksiyalari va boshqani yig`ishda qo`llaniladigan) va maxsus (yopishkok tasmalar) turlarga ajratiladi. Bundan tashqari, ular tabiiy va sintetik bo`ladi. Tabiiy yelim hayvonlar va o`simlikdan olinadi. Yelim ko`p turi namlikka chidamsiz, o'z kuchini ancha tez yo`qotadi, chiriydi. Yog`och, qog`oz va boshqa buyumlarni yelimlash uchun qo`llaniladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin