Xorijiy davlat-
Xovos shahri- Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi shaharcha bo`lib, 1960-yildan shahar maqomini olgan va 2004-yildan boshlab Xovos tumani markazi hisoblanadi. Bu shahar 1899-yilda Ursatyevskaya temiryo`l stansiyasi sifatida barpo etilgan edi. Bugungi kunda shahar aholisi soni 28 ming kishiga yaqin. Xovosda neft bazasi, gʻisht, keramika, uzumni qayta ishlash zavodlari, un va non kombinatlari, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, O`zbekiston — Xitoy "XovosFusin" qoʻshma korxonasi (kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaradi), dehqon bozori bor. 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, kutubxonalar, madaniyat saroyi, klub muassasalari, markaziy stadion, markaziy kasalxona, tez yordam kasalxonasi va poliklinikasi, tez tibbiy yordam, tashxis markazlari mavjud. Xovos temiryo`l stansiyasi orqali Toshkent—Namangan—Andijon poyezdlari oʻtadi. Xovos — Guliston, Xovos — Farhod yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.
Xulq-atvor-
Xurmo-(Diospyros) — xurmodoshlar oilasiga mansub subtropik daraxt yoki butalar turkumi, ekiladigan meva daraxti. Tropik va subtropik mintaqalarda 500 ga yaqin turi uchraydi. Xitoy, Yaponiya, Oʻrta dengiz boʻyi mamlakatlari, Avstraliya, AQSH, Kavkaz, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Mevasi uchun, asosan, sharq xurmo, sovuqqa chidamli virginiya xurmosi (Diospyros virginiana), shuningdek, Kavkaz xurmosi (Diospyros lotus) oʻstiriladi. Oʻzbekistonda ekiladigan sharq xurmosi (Diospyros kaki Tpip)ning vatani — Xitoy. Daraxti 8–12 m, chiroyli, shoxshabbasi dumaloq yoki piramidasimon. 100 —400 yil, baʼzan undan ham koʻproq yashaydi, lekin 50— 60 yilgacha yaxshi meva beradi. Xurmo -15, -20° gacha sovuqqa chidaydi, yorugʻsevar oʻsimlik. Bargi yirik tuxumsimon, usti toʻq yashil, orqasi tukli, ketma-ket joylashgan, toʻkilish oldidan qizgʻish rangga kiradi. Aprel — mayda gullaydi, oktabr —noyabrda pishadi. Mevasi turli shakdda (500 g gacha). Mevasi 2 —3 oy saqdanadi, yangiligida hamda quritilgan holda isteʼmol kilinadi, qandolatchilik sanoatida ishlatiladi, likyor, vino, jem tayyorlanadi. X., asosan, payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Koʻchati kuzda yoki bahorda ekiladi. Qumli, shagʻalli shoʻr yerlarni yoqtirmaydi. 3—4yili hosilga kiradi, 10—12 yoshida toʻliq hosil bera boshlaydi. Bir tup daraxti 250 kg gacha hosil beradi.
Dostları ilə paylaş: |