Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə254/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Vazirlar Mahkamasi-Oʻzbekiston Respublikasi hukumati, ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Qarorgohi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobida va „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may, yangi tahrirda 2003-yil 29-avgust) qonunda belgilangan. Konstitutsiyaga koʻra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.
Vena-(lotincha- ko`k qon tomirdegan ma`noni bildiradi) — venoz qonni (karbonat angidrid bilan to`yingan) a`zo va to`qimalardan yurakka olib keluvchi qon tomirlar. Odamda uchta vena tizimi mavjud. O`pkada karbonat angidrid gazidan tozalanib, kislorod bilan to`yingan (arterial) qon o`pka venasi orqali yurakning chap bo`lmasiga quyiladi. Vena devori arteriya devoriga qaraganda yupqaroq, elastik to`qimasi va muskullari ham kamroq bo`lgani uchun bu tomirlar osongina puchayadi va yoriladi.
Venera- Quyoshdan uzoqligi bo`yicha ikkinchi va Yerga eng yaqin sayyora. Venera Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida ayol ismi bilan ataladigan yagona sayyora bolib, u qadimgi Rim xudosi Muhabbat ma'budasi sharafiga shunday atalgan. Venera insoniyatga qadimdan ma'lum. Uning fizik jihatdan yerga oxshashligi tufayli, Yerning singlisi deb ham ataladi. Sayyoraning atmosferasi mavjudligini, uning Quyosh diski boylab otish jarayonini kuzatgan M.Lomonosov 1761-yilda aniqlagan. Sayyora sirtidagi harorat +500 gacha qiziydi. Sayyora sirtini bizdan tosib turuvchi qalin bulutlar qatlami taxminan 49 – 68 km balandlikdagi yengil tuman korinishida bolib, ochiq koinotdan qaralganda uning ekvatoriga parallel qatlamlar tarzida korinadi. Ushbu bulutlarning tarkibi suvda erigan oltingugurt kislotasi tomchilaridan iborat deb taxmin qilinadi. Sayyora sirtining yoritilganligi, Yerdagi bulutli, quyoshsiz kunni eslatadi. Sayyoraning bulutlar balandligida 100 metr/soniya tezlikdagi doimiy shamollar esib turadi. Venera sirti Oy va Merkuriynikidan ko`ra ancha tekis. Unda 1500 km gacha cho`zilgan botiqliklar, tog` tizimlari, Vulqon va havzalar mavjud. Venera tabiiy yo`ldoshlarga ega emas.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin