Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə271/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Yog`och-
Yog`och-taxta-daraxtning po`stlog`i ostidagi qattiq qismi. Yog`och daraxtsimon o`simliklar tanasi, ildizlari va shoxlarining asosiy qismi hisoblanadi. Yog`och dumaloq g`o`la, xoda, taxta, faner, to`rtburchak brus, yog`och plitalar, shpal, reyka va boshqa ko`rinishda ishlatiladi. Yog`och ishlov berilgan va ishlov berilmagan xillarga bo`linadi. Daraxtni ag`darib, shoxlarini butab, tanasini maʼlum uzunlikda (3 m dan 7,5 m gacha) qirqib, po`stlog`ini shilib tayyorlanadigan dumaloq g`o`la, xoda ishlov berilmagan yog`och hisoblanadi. Yog`ochning boshqa turlari (taxta, faner va boshqa) shu dumaloq, yog`ochni arralab, tilib, yo`nib, randalab, silliqlab olinadi. Bular ishlov berilgan yog`och hisoblanadi. Yog`och ko`p ming yillar davomida asosan yoqilg`i va qurilish moli sifatida xizmat qilib kelgan. Bundan tashqari yog`och ish qurollari, cholg`u asboblari, mebel, qog`oz va boshqa ishlab chiqarilishida ishlatiladi.
Yol-ot, xachir, eshak, shuningdek, yovvoyi qo`cqor, bo`ri, arslon singari hayvonarning bo`ynidan chiqadigan uzun qil tutamlar.
Yomg`ir- bulutlardan diametri 0,5 mm dan 6–7 mm gacha boʻlgan suv tomchilari holida yogʻadigan yogʻin. Qoplama bulutli yomgʻir hamda jala yomgʻirga boʻlinadi. Oʻrta Osiyoning tekislik va togʻ oldi hududlarida yomgʻir yil davomida kuzatiladi. Yomgʻirli kunlar soni qorli kunlar soniga karaganda 2–3 marta ortiq. Yomgʻir mart—aprel oylarida eng koʻp, iyul—avgustda esa eng kam yogʻadi. Oʻrta Osiyoda Yomgʻirli kunlar soni oʻrta hisobda bir yilda 30–40 kunni tashkil qiladi. Joyning balandlik ortib borishi bilan (toqqa yaqinlashgan sari) Yomgʻirli kunlar soni 50–60 kunga yetadi. Choʻl hududlarida, Fargʻona vodiysi (soyligi)ning gʻarbiy va markaziy qismida yillik Yomgʻir miqdori eng kam. Aprel va may oylarida mo`tadil yogʻib turadigan bulutli yomgʻir tuproqda nam zaxirasining koʻpayishiga yordam beradi, ekinlarning yalpi koʻkarishiga qulay sharoit tugʻdiradi.
Yong`oq-(Juglans regia) — yongʻoqdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turi, yongʻoqmevali daraxt. Yovvoyi holda Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli, Kavkaz, Eron, Xitoy, Koreya yarim oroli, Afgʻonistonda oʻsadi. Oʻrta Osiyo togʻlarida tabiiy yongʻoqzorlar koʻp. Jahondagi koʻpgina mamlakatlarda ekma yongʻoqzorlar barpo qilingan. Yong`oq Oʻzbekistonning togʻli zonalarida va deyarli barcha sugʻoriladigan mintaqalarida oʻstiriladi. Boʻyi 15—30 m, yoʻgʻonligi 1,5—2 m gacha boradi. Shox-shabbasi qalin, keng sharsimon yoki qubbasimon, ildiz tarmogʻi baquvvat, 4 m va undan ortiq chuqurlikka boradi. Bargi yirik (20—40 sm), 5—11 bargchalardan tuzilgan murakkab barg , xushboʻy (efir moyli). Mevasi — yongʻoq, dumaloq yoki choʻziqroq, poʻchogʻi qattiq, yumshoq, gʻalvirak tuzilishga ega. Bir dona yongʻogʻi 5—23 g atrofida (magʻzi 40—75%). Yong`oq 150-200 yil hosil beradi, 300—400 yil yashaydi. Yong`oq yorugʻsevar oʻsimlik. Yer osti suvlari yuza boʻlmagan, lekin nami yetarli, karbonatli, qumoq, shagʻalli tuproqlarda yaxshi o`sadi. Vegetatsiya davri 165 — 210 kun. Yong`oq aprel-mayda gullaydi, mevasi sentabr - oktabrda pishadi. Yong`oq asalli oʻsimliklardan hisoblanadi. Yong`oq magʻzi yeyiladi va qandolatchilikda, bargi va meva qobigʻi esa tibbiyot va parfyumeriyada ishlatiladi, magʻiz moyidan oziq-ovqat sifatida, lok tayyorlashda, yuqori sifatli sovun, bosmaxona siyohi va tush olishda, yogʻochi va gʻuddasidan mebel, mashinasozlik sanoatida foydalaniladi. Bargi, poʻstlogʻi va mevasining yashil qobigʻidan gazmol, jun, gilam tayyorlashda ishlatiladigan boʻyoqlar, oshlovchi moddalar (vitamin konsentratlari) tayyorlanadi. Yong`oq, asosan, yongʻogʻidan va payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Payvand qilingan daraxti ertaroq (4 - 6-yili), yongʻogʻidan oʻsgan koʻchatlar 6—10-yilda hosilga kiradi. Toʻnkasidan chiqqan yangi novdalar ham yaxshi oʻsib, 3—4-yili hosil beradi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin