Yo`l- Yo`lbars-yirik yirtqich hayvon. Hindiston, xitoy, Eron, Uzoq Sharqda va boshqa joylarda o`rmonlarda, to`qaylarda, chakalakzorlarda yashaydi. Ilgari Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlaridagi qamishzorlarda ham bo`lgan. Mo`ynasining rangi, undagi ko`ndalang qora yo`llar yashash joyiga mos bo`ladi. Shu sababli jim yotgan yo`lbarsni eng tajribali ovchi ham sezmaydi. Erkagining gavdsasi 3 m gacha, og`irligi 160-170 kg dan ortiq bo`ladi. Asosan, tong`iz, bug`u kabi tuyoqli hayvonlarni ovlaydi, suvda yaxshi suzadi. Yo`lbarsni yoshligidan qo`lga o`rgatish mumkin. Yo`lbars g`orlarda va boshqa pana joylarda uya quradi va shu yerda bolalaydi. Bolalarini faqat onasi boqib kata qiladi. Qari va yarador yo`lbars odamlarga hujum qilishi mumkin.
Yo`rg`a tuvaloq-(Chlamydotis undulata) — tuvaloqsimonlar oilasiga mansub qushlarning bir turi. Vazni 1,1 kg dan 2,4 kg gacha bo`ladi. Qanotining uzunligi esa 350–450 mm. Boʻynida uzun patlardan iborat "yoqa" boʻlishi bilan boshqa tuvaloqlardan farq qiladi. Patlari sargʻish qum rangida, boshqarish patlarida qoramtir qoʻngʻir koʻndalang yoʻllarining boʻlishi uni choʻl sharoitida yirtqichlardan pana qiladi. Yerda tez (soatiga 35–40 km gacha) yuguradi. Yo`rg`a tuvaloq Shimoliy Afrika, Arabiston yarim oroli, Kichik, Gʻarbiy va Oʻrta Osiyo, Janubiy Qozogʻiston, Gʻarbiy Moʻgʻuliston va Sinszyanning choʻl va yarim choʻl mintaqalarida tarqalgan. Oʻzbekistonda Qizilqum va ochiq dashtlarda uchraydi. Arealining ular janubiy qismida oʻtroq yashaydi, shimoliy qismidan Arabiston, Gʻarbiy Osiyo va Turkmanistonga qishlash uchun uchib keladi. Asosan, hasharotlar, qisman oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Yer yuzasiga uya quradi va aprel — may oylarida 1—3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini faqat modasi bosadi. Shimoliy hududlardan qishlov joyiga avgust—sentabr oylarida uchib ketadi. Bu qush ko`p ovlanganligi sababli ularning soni keskin kamayib ketdi. Shu tufayli Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Yo`tal-ixtiyoriy yoki g`ayriixtiyoriy ravishda tez nafas chiqarish harakati bo`lib, nafas aʼzolarining himoyalanish-tozalanish reaksiyalaridan biri. Yo`tal markaziy nerv sistemasi (yo`tal markazi uzunchoq miyada joylashgan) tomonidan idora etiladi. Nafas yo`llari va o`pka yallig`langanda, shuningdek, nafas yo`llariga chang, to`zon va boshqa yot narsalar tushganida yo`tal paydo bo`ladi. Baʼzan nafas yo`llari shilliq qavatining „qichishishi“dan yoki bezovtalanish va zo`riqishdan (asabiylashish tufayli) yo`tal yuzaga keladi. Yo`tal vaqtida, avvalo chuqur nafas olinadi, so`ng nafas muskullari taranglashadi, hiqildoqdagi ovoz yorig`i esa berkiladi - ko`krak bo`shlig`ida yuqori bosim vujudga keladi. Shundan keyin toraygan ovoz yorig`i orqali kuchli havo oqimi yuqori bosim bilan ketma-ket tashqariga otilib chiqadi va, ayni vaqtda, u o`pkadan balg`am yoki yot zarralarni ilashtirib haydab keladi
Yod-iod (lotincha Iodum, yunoncha iodis — binafsha rangli degan ma`noni bildiradi), I — Mendeleyev davriy sistemasiga mansub kimyoviy element. 1811-yilda fransuz kimyogari Yod Kurtua tomonidan kashf etilgan. Yod tarqoq element bo`lib, magma va cho`kma tog` jinsida uchraydi. Yod tog` jinslaridan suv taʼsirida yuvilib ajraladi va organizmlarda yig`iladi. Masalan, suv o`tlarida (ularning kulida) Yod miqdori 0,5% gacha bo`ladi. Yodning asosiy manbasi okean suvlaridir. Yod organik moddalarda oson yig`iladi. Sanoat miqyosida Yod neft va gaz konlaridan ular bilan birga chiqadigan yo`lakay suvlar va yer osti issiq sho`r suvlaridan olinadi. O`zbekistonda tarkibida Yod bo`lgan neft quduqlari va yer osti sho`r suvlaridan havo yordamida ajratish va yutilish usullarini qo`llab olinadi. Bu suvlarda Yod, asosan, yodid, yodat va organik birikmalar holida uchraydi.