Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə56/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Diametr-(yunoncha diametros — koʻndalang oʻlcham) — aylana va doiraning markazdan oʻtuvchi (yaʼni eng katta) vatari. Radiusning ikkilanganiga teng boʻlgan bu vatar uzunligi ham diametr deyiladi.
Dinozavr- Yer yuzida million yillar avvali yashagan hayvonlardir. Bu afsonaviy hayvonlar turli kattalikda bo`lgan. Ular orasida filga nisbatan o`n barobar og`irlari ham, tovuq kabi kichkinalari ham bo`lgan. Ularning birlari ashaddiy yirtqich bo`lsa, boshqalari o`t-o`lanlar bilan oziqlangan. Olimlar qadimda yashagan dinozavr suyaklarini topishgan. Dinozavrlar sudralib yuruvchilar kabi tuxum qo`yishgan. Ona dinozavr o`z bolasi dunyoga kelgach ularga g`amxo`rlik qilgan. Dunyodagi eng yirik dinozavr gigantozavr bo`lsa, eng kichigi kompsognat deb ataladi. U tovuqdek kattalikda bo`lib, juda tez yugurgan.
Do`l- yomg`irli qora bulutlardan yog`adigan siqiq muz parchasidir. U, odatda, yilning iliq mavsumida havo nam bo`lgan hududlarda yog`adi. Yomg`ir tepaga olib chiqadigan suv tomchilari muzlaydi va hajm jihatidan kattalashadi. Shamol to`xtagach, bu yumaloq donachalar yerga tusha boshlaydi. Do`l hosil bo`ladigan bulutlar 12-14 km balandlikda hosil bo`lib, odatda, qop-qora va vahimali tuyuladi. Do`l aslida unchalik uzoq emas, bir necha minut davom etadi, ammo katta zarar yetkazishi mumkin. Tovuq tuxumi kattaligidek, ba`zan bir kilodan ortiq hajmdagi do`llar ham yog`gan. Bunday do`llar yirik hayvonni ham o`ldirib qo`yishi mumkin. Mayda do`llar ham undan kam zarar yetkazmaydi. Dala ekinlarini urib vayron qiladi, dov-daraxtlar shoxi, uylar tomini shikastlaydi.
Do`lana-(Crataegus pontika) ra`noguldoshlar oilasiga mansub daraxtsimon o`simlik. Boyining balandligi 10 m ga yetadi. Barglari ko`k-yashil, ustki va ostki tomon siyrak tukchali, yirik barglari esa tuksiz bo`ladi. U iyun oyida gullaydi, mevasi sentabr oyida pishadi. Do`lananing 40 dan ortiq yovvoyi turi uchraydi. Do`lana katta bo`lmagan daraxt yoki yirik buta bo`lib, guli oq, qisman pushti rangda bo`ladi. Mevasi suvli yoki etli bo`lib, ba`zi turlarida yirik va mazali bo`ladi. Do`lana ho`l holatida ham, quritildan holatda ham ist`mol qilinadi. U urug`I, novdasi, ildiz bachkilari orqali ko`payadi. Do`lana yashil devorlar hosil qilish uchun ham ishlatiladi. Do`lana yog`ochi qattiq va pishiq bo`lib, qizg`ish yoki satg`ish bo`ladi. Yog`ochidan mayda buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Do`nglik-o`simliklar bilan mustahkamlangan yoki o`simliksiz, mustahkamlanmagan yoki chala mustahkamlangan aylana yoki uzunchoq shakldagi tuproq uyumlari. Markaziy Osiyoda do`ng qumlar ko`p uchraydi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin