Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə58/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Donador tosh-
Donli ekin-don uchun ekiladigan eng muhim qishloq xo`jaligi ekinlari. Donli ekinlar doni insonning asosiy oziq-ovqat mahsuloti, sanoatning ko`pgina tarmoqlari uchun xom ashyo, shuningdek, chorva mollari uchun yem hisoblanadi. Donining tarkibi va mahsuloti iste`mol qilinishi jihatdan g`alladoshlarga mansub g`alla ekinlari (bug`doy, javdar, arpa, suli, makkajo`xori, jo`xori va boshqalar), shu jumladan yormabop ekinlar (tariq, jo`xori va marjumak va boshqalar), dukkakdoshlarga mansub dukkakli don ekinlari (loviya, no`xat, soya, vika va boshqalar) bo`linadi. Don ekinlari dunyoning dehqonchilik qilinadigan jami mintaqalarida tarqalgan. Bug`doy barcha qit`alarda ekiladi, sholi Osiyoda, makkajo`xori Shimoliy Amerikada, javdar Yevropada, suli Shimoliy Amerikada va Yevropada, tariq Osiyo va Afrikada eng ko`p maydonlarni egallaydi. Sug`orish sharoitida donli ekinlardan yuqori hosil olishning asosiy shartlari: serhosil navlarni ekish, o`g`itni me`yorda solish, o`z vaqtida sug`orish, begona o`tlarni yo`qotish, o`simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, almashib ekish qoidalariga rioya qilish. O`zbekistonda don ekinlarini yetishtirish bo`yicha asosiy ishlar (tuproqqa ishlov berish, ekish, hosilni yig`ib olish va boshqalar) to`la mexanizatsiyalashgan.
Donxo`r qush-
Dori-darmon-kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan moddalar. Dorilar kimyo-farmosevtika zavodlarida sintetik moddalardan, o`simlik, hayvon mahsulotlaridan, tez buriladigan ayrim dorilar esa dorixonalarda tayyorlanadi. Dorilar turli xilda, masalan, suyuq, yumshoq (ssurtma, krem, pasta), qattiq (sochma, tabletka) hamda ampula shaklida bo`ladi. Dori-darmonlar shifokor ko`rigidan keyin uning tavsiyasi bilan me`yoriy miqdorda ishlatiladi.
Dorivor o`simlik-(Plantae medicinalis)- tarkibida inson va hayvonlar organizmiga ta’sir etuvchi biologik faol moddalar to‘plovchi va tibbiyot maqsadlarida dorivor xomashyosi tayyorlanadigan o‘simliklar. Odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o`simliklar — giyohlar. Yer yuzida dorivor o`simliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. O`zbekistonda dorivor o`simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o`saditan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o`simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Dorivor o`simliklarning quritilgan o`ti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, po`stlog`i, bargi, guli, g`unchasi, mevasi (urug`i), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi.
Dovon-tog`ning oshib o`tish qulay bo`lgan joyi. O`zbekistonda dovon so`zi bilan birga bel, oshuv atamalari ham ishlatiladi. Ilgarilari dovondan piyoda yoki ot-ulovda oshishgan. Hozir O`rta Osiyo va O`zbekistonda bir qancha dovonlardan avtomobil yo`li o`tadi. Qamchiq dovonidan Toshkent-Qo`qon yo`li, Taxtaqoracha dovonidan Katta O`zbekiston yo`li o`tadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin