Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə59/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Dovut ko`li-
Dushanba- birinchi hafta kuni oʻzbek kalendari boʻyicha, ibrohimiylar (yahudiy- xristian-musulmon) hisobiga koʻra ikkinchi kun sanaladi. Dushanba forscha so`z bo`lib, ikkinchi kun degan ma`noni bildiradi.
Dushman-
Echkemar- eng yirik kaltakesak bo`lib, uzunligi 0,8–3 m gacha boradi. Qazilma ishlari olib borilganda uning 10 m uzunlikdagi qoldiqlari topilgan. Hozirgi echkemardan eng yirigi — Kolorado echkemarining uzunligi 3 m ga yetadi. Echkemar yirtqich hayvon. Kaltakesaklar, ilonlar, mayda sut emizuvchilar, suvda yashaydiganlari esa, asosan, baqalar, baliqlar, qisqichbaqalar, mollyuskalar va boshqalar hayvonlar bilan oziqlanadi. Kulrang echkemar choʻllarda yashaydi; Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qozogʻistonning janubiy qismida tarqalgan. Uzunligi 1,5 m gacha boradi. Boshqa hayvonlarning inlarida yashaydi, kamdan-kam oʻzi in qaziydi. Uch yoshida to`liq rivojlanadi. Urgʻochisi 10—23 ta tuxum qoʻyadi. Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻrta Osiyo davlatlari Qizil kitobiga kiritilgan.
Echki- quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli kavsh qaytaruvchi hayvon. Echki turli iqlim sharoitga tez moslasha olishi tufayli dunyoning koʻplab mamlakatlarida uchratish mumkin. Xonaki echkilar yovvoyi bezoar va burama shoxli echkilardan tarqalgan deb hisoblanadi. Echki dastlab xonakilashtirilgan mahsuldor hayvonlar jumlasiga kiradi. Echki, asosan, sut, goʻsht, jun, tivit, teri va boshqalar uchun boqiladi. Oʻrtacha 9—10 yil (baʼzilari 17 yilgacha) yashaydi, xoʻjalikda 7—8 yil foydalaniladi. Yaxshi ozuqa sharoitida asrab boqilganda yiliga 2 marta bolalaydi. Takalarining tirik vazni 60–65 kg dan 100 kg gacha, urgʻochilariniki 40–60 kg bo`ladi . Olinadigan mahsulotga qarab tivit, jun, goʻsht, sut, teri, moʻyna va aralash mahsulotlar beradigan echki zotlari bor. Sersut zotlaridan yiliga oʻrtacha 450–550 kg gacha sut sogʻib olinadi. Serjun zotlar juni uzunligi 15—18 sm, takalaridan 4–6 kg , urgʻochilaridan 3–5 kg dan jun qirqib olinadi. Sertivit zotlaridan 0,2—0,5 kg dan 2 kg gacha tivit tarab olish mumkin. Yaxshi boqilgan katta yoshdagi echki 20–28 kg goʻsht va 4–6 kg yogʻ, 7—10 oylik echkilar esa 12 kg goʻsht va 1,5 kg yogʻ beradi. Oʻzbekistonda jaydari (qora junli) echkilardan tashqari angor echkisi, zaane echki zoti, orenburg echki zoti va boshqalar boqiladi.
Egat-yer haydagan paytda hosil bo`ladigan ariqcha. Namgarchilik ko`p bo`lgan hududlarda ortiqcha suvni daladan chiqarib yuborish uchun, sug`oriladigan hududlarda esa qator oralariga suv berish uchun hosil qilinadigan ariqcha.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin