24
hodisani o`rganishda uning boshqa fan sohasidagi analogi, ya`ni o`xshashini topish
evristik jihatdan muhim va unumlidir. Masalan, e.Rezerford Quyosh sistemasining
tuzilishi bilan og’ir, musbat zaryadli yadro va uning
atrofida aylanuvchi engil,
manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan atom tuzilishi o`rtasidagi analogiya
metodiga tayanib, metall fol’gada al’fa zarralarning tarqalishi haqidagi o`z
kashfiyotini yaratdi,
bu kashfiyot esa, o`z navbatida,
kvant fizikasining jadal
rivojlanishiga turtki berdi.
Modellashtirish
usulida tadqiqot ob`ektining asosiy xossalari sun`iy sistema,
ya`ni modelda o`rganiladi. Model ob`ekt bilan ko`p jihatdan o`hshash bo`ladi, ular
orasida deyarli farq bo`lmaydi.
Modellashtirishning tuzilmasi quyidagichadir:
•
Masalaning qo`yilishi.
•
Modellarni yaratish va tanlash.
•
Modellarni o`rganish.
•
Model bo`yicha olingan bilimlarni originalga ko`chirish.
Gepotetik usul
– gipotezani ishlab chiqishga asoslanadi. U amaliy fanlar uchun
asosiy metod hisoblanadi, ilmiy eksperimentda qo`llaniladi.
Ideallashtirish
deb – amaliy jihatdan mavjud bo`la olmaydigan ob`ektlarni
fikran xayolda qurish jarayoniga aytiladi.Uning maqsadi real ob`ektlarni ularga
tegishli bo`lgan xossalardan xayolan mahrum qilish
va gipotetik xossalar bilan
to`ldirishdar. Har qanday ideallashtirish faqat ma`lum bir chegarada amalga
oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: