Eksperement deb – aniq belgilangan sharoitda ma`lum bir hodisani, jarayonni
va h.k.ni aniq maqsad yo`lida o`rganish uchun qo`yilgan tajribaga aytiladi.
Bunda tadqiqotchiga bo`layotgan o`zgarishlarni qadam-baqadam kuzatish,
hodisalarga turli vositalar bilan ta`sir ko`rsatish, ularni avvalgi sharoitda takrorlash
imkoniyati tug’iladi. Eksperimentda kuzatish, qiyoslash va o`lchash usullaridan
foydalaniladi. Bunda bir yoki bir nechta omillarni boshqalarga ko`rsatgan ta`siri
o`rganiladi. Eksperiment ilmiy jihatdan asoslanishi va uning xatosi aniqlanishi
lozim.
Eksperiment - bu ilmiy bajarilgan tajriba bo`lib, ilmiy tadqiqotning mehnat
ko`p talab qiladigan texnik murakkab bosqichidir. Ko`p hollarda eksperiment
nazariy tadqiqotlardan keyin amalga oshiriladi. Bunda eksperiment nazariy
tadqiqotlar natijalarini tasdiqlaydi yoki rad etadi. Lekin boshqacha navbat bo`lishi
ham mumkin, ya`ni birinchi eksperiment o`tkaziladi keyin esa nazariy tadqiqotlar
o`tkaziladi. Bu hol qachon nazariy baza kam bo`lganda amalga oshiriladi. Bunda
nazariy tadqiqot eksperiment natijalarini umumlashtiradi.
Empirik tadqiqot usullari farazni dalillash uchun asos bo`lib qolmay, balki
yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlar va boshqalarni ochish manbai hisoblanadi.
3.Ilmiy tadqiqot strukturasi Amaliy fanlar bo`yicha, ayniqsa texnikaviy fanlar bo`yicha tadqiqotlar bir
necha bosqichlarda olib boriladi, ana shu bosqichlar tadqiqotlar strukturasini tashkil
etadi.
Ilmiy tadqiqotlar bajarish strukturasini 7 bosqichdan iborat sxema tarzida
ko`rsatish mumkin (1.2-rasm).
1-bosqich. Tanlangan mavzuning dopzarbligini asoslash va muammoni ifoda etish: bo`lajak tadqiqotlarga taalluqli muammolar bilan mamlakat va xorijiy
adabiy manbalar bo`yicha tanishish, uning dolzarbligini asoslash; muammolar
bo`yicha tadqiqotlarning muhim yo`nalishlarini belgilash va tavsiflash; bunday
axborotlarni to’plash va o’rganish butun tadqiqotlar davomida amalga oshirish
lozim.
Muammo (arabcha so`z bo`lib “
masala ”, “
vazifa ” ma`nolarini ifodalaydi) –
ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilinmagan, lekin echilishi lozim bo`lgan
shakli, bosqichidir.