Instituti


-bosqich. Yakuniy xulosa va tavsiyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

6-bosqich.
Yakuniy xulosa va tavsiyalar.
-
Bu bosqichda tadqiqotlar yakunlanadi, ya`ni olingan natijalar qayd etiladi va 
ularning qo`yilgan vazifani bajarilishiga to`g’ri kelishi aytiladi, ya’ni - ilmiy va 
ishlab chiqarish xulosalari shakllantiriladi, tadqiqot natijalari baholanadi. 
Tadbiqiy tadqiqotlar natijalarini qo`llash uchun tavsiyalar beriladi. Ilmiy-
texnikaviy hisobot tuziladi va u retsenziya qilinadi. 
7-bosqich.
Natijalarni
joriy etish va iqtisodiy samaradorlikni hisoblash

Bu bosqich olingan natijalarni mualliflar ishtirokida sanoatga tadbiq etish 
texnologik va konstruktorlik printsiplarini ishlab chiqish va iqtisodiy samarani 
belgilash ishlaridan iborat. 
Albatta ko`rib chiqilgan ilmiy tadqiqot strukturasi qat`iy emas, balki ba`zi bir 
tadqiqotlarda bu bosqichlar navbati boshqacha yoki ba`zi bir bosqichlar bir necha 
marta qaytarilib o`tkazilishi mumkin, lekin aytib o`tilgan bosqichlar hamma ilmiy 
tadqiqotlarda bo`ladi.
 
4.Ilmiy tadqiqotda muammoni qo`yish  
Formulating the research problem
14

Ilmiy bilish ilmiy muammoni hal qilish bilan bog’liqdir. Muammolarning 
bo`lmasligi tadqiqotlarning to`xtab qolishi va fanning bir joyda qotib qolishiga olib 
kelgan bo`lur edi. 
Ilmiy tadqiqot ishlarida quyidagilar farqlanadi: 
ilmiy yo`nalish, muammolar 
va
 
mavzular.
Ilmiy yo`nalish
- fanning muayyan tarmogida yirik, fundamental, nazariy 
eksperimental masalalarni hal etishga bag’ishlangan jamoaviy ilmiy tadqiqot sohasi. 
Ilmiy yo`nalish quyidagi tuzilmaviy birliklarga bo`linadi: mujassama muammolar 
va muammolar, mavzular va masalalar. 
Muammo
- murakkab ilmiy masala bo`lib, hal etishni, tadqiq etishni talab 
qiladi. U muammoviy vaziyat natijasi hisoblanadi, bu mavjud eski bilimlar va 
empirik yoki nazariy tadqiqotlar natijasida yangidan topilgan bilimlar o`rtasida 
ziddiyat yuzaga kelishi tufayli hosil bo`ladi.
Mavzu
- bu ilmiy masala bo`lib, tadqiqot talab qiluvchi muammolar muayyan 
sohasini qamrab oladi. U ko`plab tadqiqiy masalalarga - muammoning aniq bir 
sohasiga taalluqli ancha mayda ilmiy masalalarga asoslanadi. Masalani yoki 
masalani hal etishda muayyan tadqiqot vazifasi echiladi, masalan, yangi materialni 
ishlab chiqish, konstruktsiya, ilg’or texnologiya va h.k.lar ni yaratish. Bunda ularni 
bajarish faqat nazariy ahamiyat kasb etibgina qolmay, balki asosan kutilayotgan 
muayyan iqtisodiy samaraga ega amaliy ahamiyat ham kasb etadi. 
Muammo va mavzuni tanlash qiyin va mas`uliyatli ishdir, u bir necha 
bosqichda o`z yechimini topadi. 
14
Kothari C.R. Research methodology (Methods & Techiques) // New Delhi: New age international limited, 2009. - 
pp.12-30 


30 
Birinchi bosqichda
, muammoviy vaziyatdan kelib chiqib, muammo ifoda 
etiladi va kutilayotgan natija umumiy tarzda belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda
, muammoning dolzarbligi, uning fan va texnika uchun 
ahamiyati aniqlanadi. 
Uchinchi bosqichda
muammo tuzilmasi ishlab chiqiladi: kichik mavzular,
savollar va ular o`rtasidagi bog’liqlik farqlanadi. Natijada muammo daraxti 
shakllanadi. 
Keyinchalik
, muammolar asoslangandan, uning tuzilmalari ishlab chiqilgandan 
so`ng ilmiy xodim (yoki jamoa), qoidaga ko`ra, ilmiy-tadqiqot mavzuini mustaqil 
tarzda tanlaydi. 
Ko`pincha mavzuni tanlash tadqiqotni olib borishdan ko`ra murakkabroqdir. 
Ilmiy tadqiqot mavzusiga bir qator talablar qo`yiladi. 
1. Mavzu dolzarb bo`lishi, hozirgi paytda hal etishpi talab qilishi zarur. 
Fundamental tadqiqotlar bilan bog’liq mavzular dolzarblik darajasini belgilash 
uchun hozircha tegishli mezonlar yo`q. Shuning uchun, mazkur holda dolzarblikni 
yirik olim yoki ilmiy jamoa belgilaydi. Mavzuning amaliy tavsifiga kelsak,
ularning dolzarbligi, qoidaga ko`ra, ishlab chiqarish muayyan tarmog’ining 
rivojlanish va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko`ra belgilanadi. 
2. Mavzu yangi ilmiy masalani hal etishi va ilmiy yangilik tavsifiga ega 
bo`lishi kerak. 
3. Ilmiy mavzuga qo`yiladigan muhim talablar bo`lib iqtisodiy 
samaradorlik va ahamiyatlilik hisoblanadi. Amaliy tadqiqotlar bilan bog’liq 
mavzular tanlash bosqichida taxminiy belgilanadigan iqtisodiy samara berishi lozim. 
Fundamental tavsifdagi mavzuni tanlashda iqtisodiy samaradorlik mezoni 
ahamiyatlilik mezoniga o`z o`rnini bo`shatib beradi. 
4. Mavzu ilmiy yo`nalishiga mos bo`lishi kerak. Bu ilmiy jamoa malakasi va 
vakolatidan eng to`liq ravishda foydalanishga imkon beradi. Natijada ishlanmaning 
nazariy darajasi, sifati va iqtisodiy samarasi oshadi, tadqiqotning bajarilish muddati 
qisqaradi. 
5. Joriy etilish mavzuning muhim tavsifi bo`lib hisoblanadi. Mavzuni 
ishlab chiquvchilar uni rejadagi muddatda tugatilish imkoniyatini belgilashlari va
buyurtmachining ishlab chiqarish sharoitlariga joriy etilishini aniqlashlari 
kerak. Ular tegishli ishlab chiqarishni, uning hozirgi vaqtdagi va kelgusidagi 
talablarini yaxshi bilishlari kerak. 
Mavzuni tanlash mamlakat va xorijiy adabiyot manbalarini ya`ni hal 
qilinayotgan masalaga bag’ishlangan bo’lishi talab etiladi. Adabiyotlar diqqat bilan 
o`rganib chiqishi kerak. Bu “velosipedni qayta kashf etmaslik” uchun, shuningdek 
zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar yo`nalishini aniqlash uchun zarur. 
Keyingi yillarda mavzuni tanlashda eksperiment baholash usuli keng 
qo`llanilmoqda. Buning ma`nosi shundaki, rejalashtirilayotgan mavzu mutaxassis-
ekspertlar tomonidan baholanadi. Har bir ekspert mavzularga qo`yiladigan tegishli 
talablarni ballarda baholaydi.


31 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin