33
mobaynida yechilmay qolaveradi (masalan, Frem teoremasi bir necha yuz yillar
mobaynida yechilmay kelgan), ayrim muammolar o`z yechimini topmaydi
(masalan,
aylana kvadraturasi, burchak trisektsiyasi va kubning ikkilanmasi
haqidagi masalalar), ba`zi bir muammolar esa olimlarning almashayotgan
avlodlari diqqat markazidan butunlay yo`qoladi.
5. Ilmiy tadqiqotda gipotezani ilgari surish va asoslash
Ilmiy tadqiqot jarayonida ilgari suriladigan
gipoteza
haqiqatni ijodiy qidirish,
yangi ilmiy bilimni shakllantirish va o`stirishning navbatdagi shaklidir. Ilmiy ijodda
gipoteza
ilmiy bashorat bilan amaliyot o`rtasida bog’lovchi rol o`ynaydi hamda
ob`ekt ichida va bilishning turli ob`ektlari o`rtasida mavjud aloqalar va o`zaro
munosabatlar haqida ilmiy asoslangan taxmin hisoblanadi.
Gipoteza
–
bu hali haqiqat emas, balki taxmin qilingan, ehtimol tutilgan, real
mumkin bo`lgan va kutilgan ilmiy bilimdir.
Ilmiy ijod mazkur bilimning
haqqoniyligi yoki soxtaligini isbotlab berishi kerak.
Mavjud bilimlar umumlashmasi bo`lgan gipoteza ilmiy ijod, tadqiqot
jarayoniga faol ta`sir ko`rsatadi, olimning fantaziyasi, tasavvuri, intuitsiyasi, ilmiy
sezgisini qo`zg’atadi. U yangi bilimlar sari yetaklaydi. Ularni isbotlash uchun
dalillar qidirish mavjud bilimini kengaytiradi va teranlashtiradi,
olimni yangi
g’oyalarni ilgari surish va ularni asoslashga olib keladi. Gipotetik bilim jiddiy
ehtimoliy xususiyatga ega.
Olimning tafakkurida tug’ilgan dastlabki faraz intuitiv, ko`pincha tasodifiy,
kutilmagan xususiyatga egadir. Ba`zan u aql bovar qilmas mo`jiza bo`lib tuyuladi.
Ilmiy ijodning vazifasi uning haqiqiy
yoki soxtaligini isbotlash, ilmiy tahlil va
izlanishda farazlar va gipotezalarni qo`llash mumkinligini asoslashdan iborat.
Binobarin, gipoteza bilim o`zini o`zi rivojlantirishi uchun evristik salohiyatni o`zida
mujassamlashtirgan.
Gipotezada ilgari surilgan taxminlar ehtimoliy xususiyatga ega bo`lgani tufayli
(«ma`lum shartlar bajariladigan bo`lsa, ob`ekt o`zini unday emas, bunday tutadi»,
degan sxema bo`yicha), gipotezaning o`zi go`yoki ildamlab ketadi va uni asoslash
uchun tadqiqotchi yangni faktlar qidiradi, yangi tajribalar, kuzatishlar, o`lchashlar
o`tkazadi, o`z fan sohasi va qo`shni fan sohalaridagi bilish natijalarini tahlildan
o`tkazadi. Gipoteza, o`zini o`zi, o`zining fan tizimida bo`lish
huquqini nazariy
asoslab, bilimga to`lib boradi.
Olim o`z ijodiy laboratoriyasida ilmiy gipotezani hech bo`lmasa qisman
haqqoniy bilimga aylantirish umidida ilgari suradi va asoslaydi. J.S. Mill o`zining
«Mantiq tizimi» asarida shunday deb yozgan edi: «
Ilmiy gipotezaning sharti abadiy
gipoteza bo`lib qolishda emas, balki kuzatilgan faktlarga uni taqqoslab, isbotlash
yoki bo`lmasa inkor etishdadir
»
15
. Puxta qo`yilgan eksperiment ilmiy faraz,
gipotezadan haqqoniy nazariyaga o`tishga ko`maklashadi, ya`ni
gipotezani
verifikatsiya qiladi, yoki uning soxtaligini ko`rsatadi, ya`ni ilgari surilgan gipotezani
15
Дж.Ст. Милль. Система логики. -Москва, 1899. С. 389.
34
fal’sifikatsiya qiladi. Binobarin, tajriba, eksperiment, fanning haqiqiy faktlari
to`g’riga o`xshash gipoteza bilan haqqoniy ilmiy nazariya o`rtasida demarkatsion
chegara rolini o`ynaydi.
Gipoteza o`zining rivojlanish jarayonida uch bosqichni bosib o`tadi:
• Dalilli materialning to`planishi.
• Gipotezaning shakllanishi.
• Amalda sinalishi va tasdiqlanishi. Shu tarzda
gipoteza ilmiy nazariyaga
aylanadi. Oddiy gipotezada ob`ektning fizik xossalari haqida taxminlar qilinadi,
keyin esa uning matematik nazariyasi beriladi. Gipoteza ushbu hollarda asosli
hisoblanadi:
• Bilish tamoyillariga zid bo`lmasa.
• Avvaldan fanga ma`lum bo`lgan qonunlarni e`tiborga olsa, ammo yangilarini
ularga yaqinlashtirib qurmagan bo`lsa.
• Ilgari surilgan barcha omillarni tushuntirib bersa.
• Uni tekshirish mumkin bo`lsa.
• U mumkin qadar soddalik asosida qurilgan bo`lsa, (ya`ni o`zida
kerak
bo`lmagan elementlarni saqlamasa).
• Mantiqqa zid bo`lmasa.
Ma`lumki, bitta hodisa uchun odatda bir emas, balki bir nechta gipotezalar
ilgari suriladi. Ayrim hollarda ularning ba`zilari bir-birini inkor etadi. Bu esa noxush
holat hisoblanmaydi, chunki turli gipotezalarning mavjudligi turli sohalar bo`yicha
tahlil qilishni talab qiladi, bu esa ilmiy umulashtirish jarayonini jiddiy tarzda amalga
oshirish uchun zamin yaratadi. Ma`lumki ma`lum bir narsani isbotlab yoki inkor
etib, olim yangilikni qidiradi. Gipoteza tasdiqlanadimi yoki yo`qmi, bunga bog’liq
bo`lmagan holda, u haqiqatni izlanishiga yordam ko`rsatadi. To`g’ri bo`lmagan
gipoteza
ham foyda beradi, chunki uni inkor etish jarayonida haqiqatga olib
boruvchi yo`llar torayadi va qisqaradi. Agar gipoteza tasdiqlansa, u ilmiy nazariyaga
aylanadi.
Har qanday bilim ham ilmiy bo`lmaydi.
Ilmiy bilim hodisalarning o`zaro bog’lanish va sodir bo`lish qonunlarini ochib
beradi va ularning kelgusidagi taraqqiyoti haqida bashorat qiladi. Ilmiy bilimning
haqqoniyligi amaliyotda mutlaqo tekshirish bilan kafolatlanadi.
Dostları ilə paylaş: