Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Muammoni qo`yish hali anglab etilmagan narsa yoki hodisaning mavjudligini 
anglatadi
. Ayni vaqtda bu narsa yoki hodisa muayyan tarzda tavsiflangan
ajratilgan, ya`ni u haqida muayyan boshlang’ich bilim mavjud bo`lishi lozim.
Shunday qilib, muammoni bilish –
bu alohida turdagi bilim: u «bilmaslik 
haqidagi bilim»dir.
Amaliyotda (ishlab chiqarish, ijtimoiy, tibbiy amaliyot va hokazolarda) va 
fanning o`zida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlar ilmiy muammolarning 
manbai hisoblanadi. Ilmiy muammoni qo`yish muammoli vaziyat tahliliga 
tayanadi, lekin bunday tahlilning o`zi bilangina belgilanmaydi. Muammo
nafaqat aniqlanishi, balki ilmiy ta`riflanishi ham lozim. Buning uchun uni 
sub`yektiv, individual, ruhiy jihatlardan mumkin qadar tozalash va fan tilida 
ifodalash zarur.
Ilmiy tadqiqotlarning muayyan muammolari amaliyot va fanning rivojlanish 
tendentsiyalarini teran tushunishni talab etadi. Bu ulkan ahamiyat kasb etadi, chunki 
ilmiy tadqiqotlarning dasturlarini belgilaydi.
Katta va muhim muammolarning qo`yilishi fan tarmoqlarining rivojlanishini 
bir necha yillarga va hatto o`n yilliklarga belgilab berishi mumkin. Bunga mashhur
«Gilbert muammolari» -
D.Gilbert
1900 yil matematiklarning Parijdagi xalqaro
kongressida so`zlagan ma`ruzasida ta`riflab bergan va XX asr mobaynida
matematikaning rivojlanish jarayonini belgilangan 23 muammo misol bo`lib xizmat 
qilishi mumkin.
Olim muammoni baholashi va u shug’ullanishga arziydimi, degan savolga 
javob berishi juda muhimdir. Predmetli bilimdan farqli o`laroq, muammolar 
haqiqiy ham, soxta ham bo`lishi mumkin emas. Ammo ularni boshqa mezonlar –
muhimlik, dolzarblik, yechish mumkinligi (tadqiqotchilarni odatda muammoni
mazkur vositalar bilan va mazkur muddatda yechish mumkin yoki mumkin
emasligi to`g’risidagi masala juda qiziqtiradi) nuqtai nazaridan baholaydilar.
Muammoni qo`yish – har qanday ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi. 
Ammo muammo qo`yilganidan so`ng uni yechish metodlarini topish talab etiladi.
Ilmiy muammo.
Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman
olganda, inson bilimining rivojlanish jarayonini ayrim muammolarni qo`yishdan 
ularni yechishga o`tish, so`ngra yangi muammolarni qo`yish sifatida tavsiflash 
mumkin. Biroq muammoning haqiqiy o`rni qanday? Ilmiy muammolar nima uchun
yuzaga keladi? Muammoning masaladan farqi nimada? Ilmiy muammolar doirasi 
qanday? 
Muammo – bilishning rivojlanish jarayonida ob`ektiv tarzda yuzaga 
keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo`lgan 
masala yoki masalalar majmuidir. Shuningdek ilmiy muammo, hal qilishni talab 
etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda – biron-bir hodisalar, ob`ektlar, 
jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko`rinishida amal 
qiluvchi va uni echish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli 
holatdir.
Ilmiy muammo boshqa muammolardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi: 

U olimni doim haqiqiy bilim olishga yo`naltiradi.


32 

Yangi bilim olishga qarab mo`ljal oladi. Olim ongli ravishda yangilik 
sari intiladi.
Ilmiy muammolar 
predmetga yoki protseduraga
doir bo`ladi.
Predmetga doir muammolarda
o`rganilayotgan ob`ektlar,
protseduraga doir
muammolarda esa
– bilim olish va uni baholash usullari aks etadi.
O`z navbatida, predmetga doir muammolarning
empirik va kontseptual
,
protseduraga doir muammolarning 
 metodologik va baholash bilan bog’liq turlari
farqlanadi
.
Empirik muammolarni
yechish uchun materialni sof nazariy tahlil qilish 
bilan bir qatorda, predmetlar bilan ma`lum amallarni bajarish lozim, vaholanki, 
kontseptual muammolar borliqqa bevosita murojaat etishni talab qilmaydi.
Predmetga doir muammolardan farqli o`laroq, protseduraga doir muammolar
doim kontseptual xususiyatga ega bo`ladi; protseduraga doir muammolar
o`rtasidagi farq shunda ko`rinadiki, metodologik muammolar nisbiy mushohada 
ko`rinishida yechimga ega bo`lishi mumkin emas, baholash bilan bog’liq
muammolar esa fanga mezon vazifasini bajaruvchi ko`rsatkichlar va mo`ljallarni 
olib kiradi.
Empirik muammo avvalo ma`lumotlarni izlashni nazarda tutadi; empirik
muammolarga kuzatish, eksperiment, o`lchash kabi ilmiy metodlar yordamida
javob topish mumkin. Bundan tashqari, yechimini topish uchun asboblar yasash,
reaktivlar tayyorlash va hokazolar kerak bo`lgan muammo ham empirik 
hisoblanadi.
Kontseptual muammolar ilgari olingan ko`p sonli ma`lumotlar bilan bog’liq 
bo`lib, ularni tartibga solish va talqin qilish, oqibatlarni keltirib chiqarish va
gipotezalarni shakllantirish, mantiqiy izchillik talablariga muvofiq qarama-
qarshiliklarni bartaraf etishni nazarda tutadi.
Metodologik muammolar asosan tadqiqotni rejalashtirish bilan bog’liq: 
ularni yechish yo`li bilan ayrim kelishuvlar tuziladi, muammoni yechish, kuzatish
va eksperimentlar o`tkazish tartibi aniqlanadi, mo`ljallanayotgan kontseptual 
protseduralar belgilanadi va h.k.
Baholash bilan bog’liq muammolar empirik ma`lumotlar, gipotezalar, 
nazariyalar va shu kabilarni baholash, hatto muammoning o`zi qay darajada 
to`g’ri tuzilgan va ta`riflanganligini baholashni nazarda tutadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin