36
Ma’ruza 3.
O`zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish
Reja:
1. O`zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish.
2. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va uning mazmuniga quyiladigan
talablar.
Asosiy tayanch so`z va iboralar:
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
Oliy Majlis va uning fan, ta`lim,
madaniyat va sport bo`yicha qo`mitasi, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi, ilmiy
daraja, ilmiy unvon, magisterlik dissertatsiyasi
1.O`zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish
O`zbekistoning mustaqillik yillarida ta`lim tarbiya tizimini isloh qilish,
kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko`tarish sohasida muhim
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hukumatimiz ta`limga, islohotlarning
barcha bosqichlari uchun ham, ustuvor soha deb qarab kelmoqda.
O`zbekiston tarixan olganda tadqiqotlari natijalari bilan sivilizatsiyaning ko`p
asrlik taraqqiyotini oldindan belgilab bergan, tabiiy va gumanitar sohada jahonga
buyuk allomalarni in`om etgan, dunyo tan olgan ilmiy maktablarning vorisi sifatida,
bugungi kunda ham mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy
rivojlanishining murakkab
masalalarini hal etishga qodir ulkan salohiyatga egadir.
Bizning respublikamizda ilmiy tadqiqot rivojlanishini asosiy yo`nalishlarini
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (
O`zRVM
) qarorlari bilan aniqlab
beriladi.
O`zRVM
davlat boshqaruvining oliy organi sifatida yurtimizda olib
borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy rahbarligini olib boradi, yurtimizda
fan va texnika umumiy siyosatini ta`minlaydi, axborotlar ishlab chiqarishni
tashkillashtiradi, ilmiy va ilmiy-texnikaviy muammolarning asosiy yo`nalishlarini
aniqlaydi, ilmiy tadqiqot ishlarining samadorligini oshirish uchun qarorlar qabul
qilib, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etishni
tashkillashtiradi.
Ilmiy izlanishlarining umumiy qonunchiligini qabul qilish, tashkillantirish va
rivojlanishinining umumiy boshqarilishi
Oliy Majlis va uning fan, ta`lim, madaniyat
va sport bo`yicha qo`mitasi
tomonidan bajariladi.
Ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion
g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari
va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida,
shuningdek, 2017 — 2021 - yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan
vazifalarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi №PF-
5264 son “O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish
37
to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2017-yil 30-dekabrdagi №PQ-3416-son O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi
16
.
Xalq xo`jaligining tarmoqlari rahbarligini tegishli soha vazirliklari olib boradi.
Ular davlatda umumiy fan va texnikaviy siyosatini olib borishadi va o`zlariga
mansub bo`lgan
barcha tarmoq korxonalarida, tashkilotlarida va ilmiy tekshirish
institutlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va uning ilg’or natijalarini tadbiq
etish ishlariga mas’ul hisoblanadi.
Vazirliklar o`zlarining bu sohadagi ishlarida, o`z sohalari bo`yicha dolzarb
bo`lgan ilmiy-texnokaviy muamolarini ishlab chiqadilar, olingan natijalarni
amaliyotda tadbig’ini uyushtiradilar va tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy muammolarni
yechishga, ilmiy-texnikaviy konstruktorlik tashkilotlar ishlarini tashkillashtirish va
ularni
rahbarligini, moliyalashtirish, ular ishlarini Fanlar Akademiyasi ilmiy
muassalari va oliy o`quv yurtlari bilan birgalikda olib borishlarini tashkil etadilar.
Bunda ular o`zlarida tashkil etilgan ilmiy-texnikaviy kengash maslahati va
ko’rsatmalari orqali olib boradilar. Bu kengashlarda yurtimizning yirik olimlari
Fanlar Akademiyasi va oliy o`quv yurtlaridan taklif etiladi.
O`zbekistonning eng yuqori ilmiy tashkiloti - bu
O`zbekiston Fanlar
Akademiyasi (O`zFA)
hisoblanadi
17
. U gumanitar va tabiiy fanlar bo`yicha
fundamental ilmiy ishlarni olib borish bilan birga yurtimizda
olib borilayotgan
barcha ilmiy ishlar koordinatsiyasini ham olib boradi. O`zFAsi Vazirlar
Mahkamasiga bo`ysinadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq
O`zbekistonda fanning barcha sohalari rivojlanishiga alohida e`tibor qaratildi.
Xususan, O`zFA mamlakatimizning bosh ilmiy tashkiloti bo`lib, uning tarkibida 36
ta ilmiy tadqiqot muassasalari, 4 ta davlat muzeyi, 3 ta hududiy bo`lim: Xorazm
Ma`mun akademiyasi, Qoraqalpog’iston va Samarqand bo`limi, 4
ta Andijon-
Namangan, Buxoro, Farg’ona, Qashqadaryo-Surxondaryo ilmiy bo`limlari kiradi,
bugungi kunda ularning moddiy texnika bazasi yangi texnologiyalar bilan
ta`minlandi. 2007 yilning 2 oktyabrida O`zFA «Astranomiya» institutining olimlari
B.Xafizov hamda A.Sergeevlar tomonidan Maydanak baland tog’
observatoriyasida (Qashqadaryo vil.) kashf qilingan kichik sayyora 2010 yilda
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning taklifiga ko`ra fan, jumladan,
astronomiya ilmida olimu fuzalolarga doimo boy bo`lib kelgan qadimiy shahar
«Samarqand» nomi bilan ataldi va u AQSHning «Garvard kichik sayyoralar»
forumida «210271» raqami bilan ro`yxatga olindi hamda «O`zbekistoniya», «Abu
Ali ibn Sino», «Mirzo Ulug’bek», «Beruniy», «al-Xorazmiy» kabi kichik
sayyoralar qatoridan o`rin oldi. 2013 yilda Yaponiya olimlari tomonidan kashf
qilingan navbatdagi kichik sayyora «Maydanak» deb nomlanishi o`zbek ilmining
jahonda e`tirof etilishining ifodasidir.
Shuningdek, O`zbekistonda quyosh
energiyasidan foydalanish bo`yicha katta ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishi
16
http://mininnovation.uz/oz
17
http://www.academy.uz/uz
38
bir tomondan kelgusidagi energiya tanqisligini oldini olishga yo`naltirilgan sa`y-
harakat bo`lsa, ikkinchi tomondan o`zbek olimlarining yuksak ilmiy salohiyatidan
darak beradi.
Umuman olganda, Vazirlar Mahkamasidan boshlab, viloyat, tuman, har bir
korxona va tashkilotlarda Davlat boshqaruv sistemasi orqali barcha ilmiy-izlanish
ishlari olib boriladi.
Yurtimizda olib borilayotgan ilmiy-izlanish ishlarining anchagina qismi oliy
o`quv yurtlarida olib boriladi.
Oliy o`quv yurtlarida ilmiy-izlanish ishlari institut ilmiy kengashi, rektor,
rektorning ilmiy ishlar bo’yicha
prorektori, fakultet dekani va uning o`quv-ilmiy
ishlar bo`yicha muovini, kafedralar orqali olib boriladi (4.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: