35
bo`lsa, gipotezani tekshirish shuncha ishonchli bo`ladi. Gipotezadan chiqarilgan
oqibatlar haqiqatga mos kelsa, u o`z tasdig’ini topadi, aks holda u soxta deb e`lon
qilinadi va chetga suriladi. Ilmiy ijod, ilmiy izlanish mavjud gipotetik bilimning
haqiqatga mosligini tekshirishga yo`naltirilgandir. Bunda jumboqli vaziyat yuzaga
kelishi - bir bilim sohasidagi turli faktlar qarama-qarshi gipotezalarni tasdiqlashi
mumkin. Masalan, optikada yorug’likning tabiati haqida ikki qarama-qarshi
gipoteza -korpuskulyar va to`lqinli gipotezalar, tekshirilgan, sinovdan o`tkazilgan
faktlar mavjud edi. Yorug’likning kvant nazariyasi yaratilganidan keyingina
yorug’likning dualistik, korpuskulyar-to`lqinli tabiatini to`g’ri tushuntirishga
muvaffaq bo`lindi va bu ikkala gipotezaga ham hayotga yo`llanma berdi.
Dostları ilə paylaş: