45
emas, balki ularning ortig’i bilan ta`minlanganligidadir. Bunda, qisqa yo`l bilan to`la
axborot beruvchi manbalarni tanlash muammosi paydo bo`ladi.
Nashr qilinadigan axborot materiallari quyidagilardir:
monografiya shaklidagi
kitoblar va o`quv qo`llanmalari, respublika va xorijiy davlatlarning davriy
nashrlari, ilmiy to`plamlar, ekspress - axborotlar va referativ jurnallar
.
KITOBLAR
. Har bir tajribali kitobxon biladiki, kitoblarda ilmiy muammolarni
bir xil to`g’ri yoritilishi bilan bir qatorda, ularning shakli va uslubiy jihatdan
takomillashganligi turlicha bo`lishi mumkin. Yangi boshlayotgan tadqiqotchi bu
kamchilikni ko`p sonli manbalarini yuzaki o`rganib chiqish bilan qoplaydi. Ammo,
tajriba shuni ko`rsatadiki, ixtiyoriy holda tanlangan bir necha kitoblar o`rniga
birgina to`g’ri tanlangan kitobni chuqur o`rganib chiqish yaxshi natija beradi.
JURNALLAR
. Har bir ilm - fan sohasida, odatda ko’plab jurnallar bosib
chiqariladi. Bunda ularni o`rganishda quyidagiga amal qilish kerak: barcha
jurnallarni ba`zi - ba`zida ko`rib chiqqandan ko`ra, to`g’ri tanlangan oz sondagi
jurnallarni doimiy ravishda kuzatib borish yaxshi natija beradi. Bunda, 3-4 ta
mamlakatimiz va shu sonadagi horijiy mamlakatlarning jurnallarini o`rganib borishi
maqsadga muvofiq bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: