54
Tizimlarning kelib chiqish bo`yicha barcha rang-barangliklari uch sinfga
bo`linadi (4.2-rasm):
•
tabiiy;
•
sun`iy;
•
aralash tizimlar.
Bular ham o`z navbatida kichik sinflarga bo`linadi. Barcha sinflar uchun kichik
sinflar darajasida to`liq emaslik xos, bu tizimlarning etarlicha o`rganilmaganligi
yoki ular rivojining takomilga etmaganligi bilan bog’liq. Xususan, sun`iy tizimlar
sinfining to`liq emasligi sun`iy tafakkur tizimining rivojlanishi hali takomiliga
etmaganligi bilan bog’liqdir. Shuni ta`kidlash joizki, aralash tizimlar quyi sinfining
zaruriy unsurlari bo`lib tirik organizmlar yoki insonlar hisoblanadi. Masalan,
ergonomik tizimlarga inson-operator kiradi, biotexnikaviyga - tirik organizmlar,
tashkiliyga - insonlar jamoasi va h.k. kiradi.
Tizimiylik
– moddaning umumiy xossasi, uning mavjud bo`lish shakli, demak,
tafakkur bilan birgalikda inson amaliyotining ajralmas xossasi.
Tizimiylikning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi:
▪
tizimviylikning strukturalanganligi;
▪
uning tarkibiy qismlarini o`zaro bog’liqligi;
▪
tashkil etilgan butun tizimning muayyan maqsadga bo`ysunganligi.
Mazkur belgilar insonning ongli va amaliy faoliyatiga mos keladi. Har qanday
inson faoliyatida muyayyan maqsadni ko`zlaydi. Shu bilan birga har qanday harakat
yanada maydaroq harakatlarga bo`linadi (strukturalanadi). Bular muayyan
muntazamlikda, muayyan algoritm bo`yicha amalga oshadi.
▪
Struktura (lot. structūra)
tushunchasini keng ma`noda elementlar va ular
o`zaro bog’lanishlari majmui deb ishlatiladi. Struktura- bu sistemaning
tartiblanganligi, tashkillashganlik darajasidir.
▪
Tizim strukturasi
- butun sistemaning ichki tashkillanishi, tashkil qilgan
komponentlarning o`zaro bog’lanishi, ta`sirining o`ziga xos usulidir.
▪
Tizim chegarasini
aniqlash uning modelini ishlab chiqish va tizimviy
tahlilda muhim vazifa hisoblanadi. Tizim chegarasi hal etilayotgan masalaga bog’liq
bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: