Instituti


УДК (Универсальная Десятичная Классификация)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

УДК (Универсальная Десятичная Классификация)
21
.
Ilmiy axborotni muvaffiqiyatli izlash uchun uni klassifikatsiyalash kerak 
bo`ladi. Hozirgi vaqtda 
УДК
eng ko`p qo`llaniladi. 
УДК
barcha bilim sohalari 
qamrab oladi va cheksiz kichik sinflarga bo`lish imkoniyatiga ega. 
УДК
asosiy va 
qo`shimcha jadvallardan iborat. Asosiy jadvalda tushunchalar va ularga to`g’ri 
keladigan indekslar keltirilgan. Bular orqali insoniyatning barcha bilim sohalari 
klassifikatsiyalanadi.
УДК
asosiy jadvali birinchi qatori quyidagi sinflarga ega: 
21
Справочная по УДК 
https://teacode.com/online/udc/
  


50 
0 - Umumiy bo`lim. Fan. Tashkilotlar. Aqliy faoliyat. Belgi va simvollar. 
Hujjatlar va nashrlar. 
1-Falsafa. 
2- Din. 
3- Iqtisodiyot. Mehnat. Huquq. 
4- 1961 yildan beri bo`sh. 
5- Matematika. Tabiiy fanlar. 
6- Amaliy fanlar. Tibbiyot. Texnika. 
7- San`at. Amaliy san`at. Suratkashlik. Muzika. 
8- Tilshunoslik. Filologiya. Badiiy adabiyot. Adabiyotshunoslik. 
9- O`lkashunoslik. Geografiya. Biografiya. Tarix. 
Har bir sinf yana o`nta kichik bo`limchaga bo`lingan va h.k. Indeksni o`qish 
qulay bo`lishi uchun har uchta raqamdan keyin (chapdan o`ngga qarab) nuqta 
qo`yiladi. Indeksni o`qiyotganda nuqta aytilmaydi, uning o`rniga qisqa pauza 
qilinadi. 
Masalan, 
УДК 62.2- mashina detallari; УДК 62.5-mashinalar va jarayonlarni 
boshqarish

Hozirgi zamon axborot jamiyatining yirik tadqiqotchisi 
T.Stoun’er

«Moddiylashtirilgan mehnat bo`lgan asbob-uskuna va mashinalar shu bilan bir 
vaqtda moddiylashtirilgan axborot hamdir», deb qayd etgan edi.
22
Bu g’oya 
kapitalga, yerga va iqtisodning mehnat moddiylashtirilgan boshqa har qanday 
omiliga nisbatan o`rinlidir. Mehnat bor joyda axborot ham mavjud. Buning ustiga, 
axborotni ham kapital singari jamg’arish va kelgusida foydalanish uchun saqlash 
mumkin. Postindustrial jamiyatda milliy axborot resurslari uning asosiy iqtisodiy 
qimmati, eng katta potentsial boylik manbaidir. Axborot hech tortinmay 
o`rtoqlashish mumkin bo`lgan resursdir. Axborotdan foydalanishning boshqa bir 
o`ziga xos jihati shundaki, jahonda entropiyaning kuchayishiga olib keluvchi 
materiallar yoki energiyadan foydalanishdan farqli o`laroq, axborotdan foydalanish 
qarama-qarshi samara beradi - u inson bilimini oshiradi, atrof muhitdagi 
uyushqoqlikni kuchaytiradi va entropiyani kamaytiradi. O`zining boshlang’ich 
shaklidan - matnmi u, musiqami, tasvirmi, og’zaki nutqmi, qat`i nazar, axborot 
yagona, kompyuterlashtirilgan shaklga keltiriladi. Qayta ishlash va saqlash uchun 
axborotni ifodalashni unifikatsiya qilish uni taqqoslash, baholash va integratsiya 
qilish imkoniyatini yaratadi. Yakuniy maqsad - jamiyatda sodir bo`layotgan barcha 
jarayonlar haqida to`liq ma`lumot olishdir. 
Barcha axborot oqimlari majmuidan tarkib topgan axborot muhiti insonning 
bevosita hayoti, uzluksiz yashash va faoliyat ko`rsatish sharoitlarining ijtimoiy 
matritsasini yaratadi. Ijtimoiy hayot axboroti - bu bilimning o`sishi, inson 
faoliyatining ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan barcha sohalarida mazkur bilimning 
ijodiy qo`llanishi uchun axborot resurslaridan to`laqonli foydalanishni ta`minlashga 
yo`naltirilgan chora-tadbirlar majmuidir. Axborotning maqsadi - yangi bilim 
turlarini olish, ularni tarqatish va jamiyat hayotining turli sohalarida ulardan 
foydalanish uchun imkoniyat yaratishdir. 
22
 
http://www.econrise.ru/risecs-116-2.html


51 
Axborot jamiyati har xil tabiat va tashkilotga ega axborot tizimlarining 
samarali, o`zaro muvofiqlashtirilgan aloqasiga asoslanadi. Bu tizimlar ijtimoiy 
ierarxiyalarning turli pog’onalarida: ishlab chiqarishda alohida ishlab chiqarish 
uchastkasi, tsexi, muassasada bo`limdan tortib, milliy, umumdavlat va davlatlararo, 
internatsional, global kompyuter tarmoqlari va ma`lumotlar bazalarigacha bo`lgan 
pog’onalarda faoliyat ko`rsatadi.
Ijtimoiy boshqaruv qonunlarining ob`ektiv mohiyati insoniyatdan inson 
faolligining barcha bosqichlarida o`z rivojlanishini ogohlantiruvchi dinamik, 
sinergetik tartibga soluvchi axborot tizimlarini ishlab chiqishni talab etadi. 
Insoniyatda olamning yangi, axborot modeli zohir bo`lib, u ijtimoiy ong osti 
sohasidan ijtimoiy borliq darajasiga «globalizatsiya» degan qisqacha va qamrovli 
nom olgan ijtimoiy o`zini o`zi tuzish arxetipi shaklida ko`tariladi.
Aholi yalpi axborot bilan ta`minlangan, axborotga egalik qilish va undan 
foydalanishga monopoliya taqiqlangan bo`lmasa, fuqarolarning shaxsiy erkinligini, 
demokratik, fuqarolar jamiyati elementlari samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlash 
mumkin emas. U yoki bu ijtimoiy birlikning axborot resurslari o`sishi ko`rinishida 
ro`yobga chiqariladigan tashabbus va ijod erkinligi demokratiya va erkinlikning 
muhim elementidir.
Axborot jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi jamiyatning o`ziga o`zi 
ta`sir ko`rsatishi, ijtimoiy o`zini o`zi uyushtirish mahsulidir. Shuning uchun ham A. 
Turen mazkur qiziqarli ijtimoiy hodisani o`rganib, uni ishlab chiqarishni tashkil 
etish, taqsimlash va iste`mol qilish modellarini tuzishga qodir bo`lgan 
dasturlashtiriluvchi jamiyat deb atadi. Dasturlashtiriladigan, axborot jamiyati 
sharoitlarida ishlab chiqarish tashkilotchisi, menejerning roli keskin ortadi - muttasil 
o`zgaruvchi axborot sharoitlarida boshqaruv mehnati mehnatning, uzluksiz ijodning 
mustaqil turi sifatida shakllanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy boshqaruv barcha pog’onalarda shu darajada 
murakkablashib ketdiki, boshqaruvda band etilgan barcha odamlarning jami 
imkoniyatlari boshqaruv uchun zarur axborotni qayta ishlashga qodir bo`lmay qoldi. 
Mazkur murakkab vazifa avtomatlashtirilgan axborot va boshqaruv tizimlari 
(AABT)ni yaratish yo`li bilan hal qilinmoqda. Bu tizimlarda kompyuter tarmoqlari, 
ma`lumotlar banki, Internet yordamida axborot bilan ish olib boriladi. Bu 
menejerning ish qamrovini 95% ga, qiymatini esa - 80-85% ga kamaytirish imkonini 
beradi. Boshqaruvda axborot tizimlarining paydo bo`lishi qonuniy hodisa, davr 
talabidir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin