61
ta`kidlash joizki, model ayniyligini tekshirish qaysidir darajada vazifani qo`yish
davomida amalga oshiriladi, chunki tenglama yoki boshqa matematik nisbat,
modelda ifodalangan, muntazam ravishda boshlang’ich real vaziyatga qiyoslanadi.
Model ayniyligini tekshirishning bir necha jihatlari mavjud. Birinchidan,
modelning matematik asosi ziddiyatsiz va matematik mantiqning barcha qoidalariga
bo`ysunishi kerak. Ikkinchidan, model boshlang’ich real vaziyatni aynan tasvirlash
faqat matematik bilimlarnigina emas, balki o`sha sohadan ko`plab malakalarni ham
egallashni talab etadi. Bundagi real vaziyat matematik modelda tasvirlanadi.
Real vaziyatni tahlil qilish natijasida matematik
tavsiflashga imkon beruvchi
vazifani qo`yish amalga oshiriladi. Ko`pincha vazifani qo`yish bilan barobar
hodisaning asosiy yoki e`tiborli jihatlarini aniqlash jarayoni ham kechadi.
Keyinchalik aniqlangan ahamiyatli omillar matematik tushuncha va qiymatlar tiliga
o`tkaziladi, shuningdek mazkur qiymatlar o`rtasidagi nisbat qoidalashtiriladi,
buning natijasida matematik model olinadi.
Matematik model asosan 3 turga bo’linadi:
•
analitik;
•
imitatsion;
•
aralash.
Analitik modellashtirish
butun tizimda va
uning elementlarida amalga
oshiriladigan jarayonlar (mexanik, issiqlik va moddaalmashinuv, kimyoviy va h.k.)
matematik nisbatlarda (algebraik, differentsial, mantiqiy va h.k.)da tasvirlanishi
bilan xarakterlanadi.
Imitatsion modellashtirishda
model tizimda
va uning elementlarida
kechayotgan jarayonlarni vaqt davomida tasvirlaydi, bunda jarayonning barcha
tashkil etuvchilari orasidagi o`zaro bog’liqlik va aloqadorlik,
uning mantiqiy
strukturasi hamda vaqt davomida ketma-ket davom etishi saqlangan holda
imitatsiyalanadi.
Immitatsion modellashtirish bosqichlarni: EHMda modelni konstruktsiyalash
va eksperimentlarni o'tkazish.
Imitatsion modelning ijobiy tomonlari: katta adekvatlilik, strukturani variatsiya
qilish egiluvchanligi.
Aralash modellashtirishda
tizimning bir qism elemenlaridagi jarayonlar
analitik modellashtiriladi, qolganlaridagi jarayonlar imitatsion modellashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: