Instituti


Ikkinchi bosqich - axborot manbalari bilan tanishish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

 Ikkinchi bosqich - axborot manbalari bilan tanishish.
Axborotni o`rganish 
o`z navbatida ikki ketma-ketlikdan iborat bo`ladi: tanishish va o`qish.
Axborot manbasini o`rganish quyidagi sxema orqali amalga oshiriladi:
 
 
Axborot manbasini o`rganish sxemasi 
Jild 
Zarvaraq 
Nashr nomi va yili, nomeri (1-,2-va 
boshqa, tuzatilgan, to’ldirilgan)
 
Kitobning nomi va muallifining ismi 
sharifi 
Diqqat qilish ob`ekti
Olinadigan axborot
Chiqish 
ma’lumotlari 
Original kitob yoki tarjima 
Annotatsiya 
Asosiy mazmun. O`quvchilar 
kategoriyasi 
Mundarija 
Bo`lim va paragraflar mazmuni. 
Ma`lum bir bo`limlarning hajmi 


47 
 
Axborotlarni, bilimlarni yig’ish
texnikasi turlicha bo`lishi mumkin. Ammo, 
printsipda ilmiy - texnik axborotlarni yig’ishda ularni mexanik yig’indi sifatida 
emas, balki mantiqan o`zaro bog’langan holda, ya`ni ilmiy tadqiqotlarni algoritmi 
asosida yig’ish, maqsadga muvofiq bo`ladi. Amalda bu, yig’ilayotgan axborotlarni 
bo`limlar bo`yicha ro`yxatini tuzish bilan bog’liq bo`ladi. Bunda quyidagilar tavsiya 
qilinadi: 
1)
 
Masalaning qo`yilishini va uning yechimini tushunib olish va bu haqda 
albatta yozib qo`yish kerak bo`ladi. Ya`ni, bunda keyinchalik o`rganish maqsadida, 
mexanik ko`chirmalardan qo’chish kerak. 
2) Belgilashlarning hammasi ham standartlashtirilmaganligi va bir xil 
kattaliklarni turlicha belgilashlari sababli, belgilashlarning yagona tizimini kiritish 
maqsadga muvofiqdir. 
3)
 
Yangi axborotni ma`lum bo`lganlarga nisbatan qo`shimcha sifatida 
tushunishga harakat qilish kerak va bunda oldin qilingan yozuvlarga tegishli 
o`zgartirishlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. 
4) Manbani tushunishni kengaytirish maqsadida, o`rganilayotgan har bir 
manba yuzasidan maksimal imkoniyat darajasida qo`shimchalar va tushuntirishlar 
qilish kerak. 
5) Esda saqlashning yengillashtirish va ko`rgazmaliligini ta`minlash 
maqsadida, bir necha oddiy tushuntirishlar, rasmlar, grafiklar va sxemalarni 
kiritilishi zarur bo`ladi. 
6) Har bir ishlab chiqilayotgan manbani sodda sonli misollar bilan to`ldirib 
borish, ya`ni kiritilgan formula va algoritmlarni ishga yaroqligiga ishonch hosil 
qilish kerak bo`ladi. 
7) Vaqti - vaqti bilan kartoteka mazmunini ko`rib chiqish va materiallarni 
umumlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda bir necha yozuvlar bittaga 
birlashtiriladi. 
8) Yangi g’oya, fikrlarni tushunib olishga o`zaro fikr almashuvi ham yordam 
beradi - og’zaki su`bat, yozuvlar bilan almashish, ma`ruzalar qilish va boshqalar. 
Ilmiy-texnikaviy axborotni ishlab chiqishda ko`chirma, annotatsiya, 
konspektlar qo`llaniladi. 
Ko`chirma
- axborot ayrim qismlarining qisqa (yoki to`liq) mazmuni. Ularning 
qimmati juda yuqori, chunki ular kichik hajmda ko`pgina axborot to`plashga imkon 
beradi va keyingi tadqiqotiy ish uchun asos bo`lib hisoblanadi. 
Annotatsiya
- birinchi manba axborotining qisqacha mazmuni. Ular yordamida 
matnni xotirada tezda tiklash mumkin bo`ladi. 
Konspekt
- u yoki bu birinchi manbaadagi axborotning mazmunini to`liq 
bayoni. U mazmunga ko`ra to`liq hamda hajmga ko`ra iloji boricha qisqa bo`lishi 
kerak. Konspektni o`z so`zlari bilan tuzish kerak, bu o`qilganni anglash va taxlil 
etishni talab qiladi va shu bilan tadqiqotiy ishga katta foyda keltiradi. Ishlanayotgan 
axborotni eslab qolishning turli usullari mavjud: 
mexanik, mazmuniy, ixtiyoriy, 
g’ayriixtiyoriy. 


48 
Shuni ta`kidlash joizki, ishlanayotgan axborotni eslab qolishning universal 
usuli yo`q. Amalda, ko`pincha, usullar majmuidan axborotning u yoki bu qismi 
tavsifiga bog’liq holda foydalaniladi. 
Ishlanayotgan axborotni tahlil qilish - ilmiy tadqiqotning muhim vazifalaridan 
biri. 
Tahlil jarayonida ham axborot manbaini, ham ulardagi axborotni tasniflash va 
sistemalashtirish zarur. Manbalarni ikki xil sistemalashtirish mumkin
: xronologik 
tartibda va mavzu bo`yicha. 
Birinchi holda barcha axborot mavzu bo`yicha ilmiy bosqichga ko`ra 
sistemalashtiriladi, bular uchun sifat sakrashlari xosdir. Keyin har bir bosqichda 
tegishli manbalar (bosqichlar) e`tibor bilan tanqidiy tahlil qilinadi. Buning uchun 
yuqori darajada eruditsiya va bilmga ega bo`lish zarurdir. 
Ikkinchi holda (mavzuli tahlil)da axborotning butun hajmi ishlab chiqilayotgan 
mavzu masalalari bo`yicha sistemalashtiriladi. Bunda katta e`tibor ilmiy-texnikaviy 
informatsiyaning so`nggi nashriga qaratiladi, ularda mazkur masala tadqiqoti yakuni 
keltirilgan bo`lishi mumkin. Keyinchalik tanlov asosida alohida qiziqish tug’dirgan 
boshqa manbalar tahlil etiladi. 
Axborotni tahlil etishning ikkinchi talqini sodda va kam vaqt talab qiladi. Shu 
bilan birga mazkur talqin bo`yicha mavzu bo`yicha to`liq bo`lmagan axborot hajmi 
tahlil etiladi. 
Ishlab chiqish (o`rganish, eslab qolish va tahlil) natijalari bo`yicha ilmiy-
texnikaviy axborot belgilanadi:
- dolzarblik va mavzuning yangiligi; 
- mavzu bo`yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlar sohasidagi so`nggi 
yutuqlar; 
- ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalari; 
- mavzu bo`yicha ishlab chiqarish tavsiyalari; 
- ilmiy ishlanmalarning texnikaviy, iqtisodiy va ekologik maqsadga 
muvofiqligi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin