Ilmiy-texnik axborot va uning darajasi (rangi). Axborotni yig’ish va tizimlashtirish Har qanday ilmiy tadqiqot tadqiqot o`tkazilishi mo`ljallanayotgan yo`nalishga
bag’ishlangan ilmiy-texnikaviy axborotlarni izlashdan boshlanadi.
Ilmiy-texnikaviy axborotni o`rganish va tahlil qilish - masalani mavzu bo`yicha ahvolini yoritish, ilmiy-tadqiqot maqsadi va vazifasini isbotlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Axborot «eskirish» xususiyatiga ega. Yangi ilmiy va ilmiy-texnikaviy
ma`lumotlar jadal o`sib borishi munosabati bilan axborot "eskiradi".
Chet ellik tadqiqotchilarning ma`lumotlariga ko`ra, axborot qimmatining
pasayish ("eskirish") jadalligi taxminan gazetalar uchun bir kunda 10%, jurnallar
uchun bir oyda 10%, ilmiy-texnikaviy kitoblar uchun bir yilda 10% ni tashkil etadi.
4.1-rasm. Axborotning “eskirish” tendensiyasi 1- texnikaviy axborot varaqalari; 2- ekspress-axborot; 3- amaliy jurnal maqolalari; 4- nazariy jurnal maqolalari; 5- monografiyalar; 6- ixtirolar. Ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida, kiritilgan tushunchalardan biri - axborotlar
miqdorini har yili ortib borishidir. Bundan, tadqiqotchining o`ziga nisbatan
cheklangan sohasi bo`yicha ham barcha adabiyotlarni kuzatib turishini qiyinligi yoki
mumkin emasligi haqidagi xulosa chiqariladi. Buning isboti sifatida, ilm-fanni turli
sohalarida chop etilayotgan materiallar yoki maqolalar soni keltiriladi. Bu ko`pchilik
hollarda noto`g’ridir, chunki bunda "
ilmiy axborot miqdori " bilan
«maqolaning varaqlarining soni» aralashtirilib yuboriladi. Ma`lumki, maqolalar va boshqa
manbalar o`zlarining ilmiy va amaliy qiymati jihatidan ekvivalent (teng) bo`la
44
olmaydilar. Shu sababli,
axborot darajasi (rangi) degan tushuncha kiritilgan. Bunda
qo`yidagi 10 darajadan foydalanish mumkin: