Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Ilmiy unvon
19
:
oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari va ilmiy tekshirish institutlari ilmiy 
xodimlariga beriladigan unvon.
O`zbekistonda oliy o`quv yurtlarida 
dotsent va professor
, ilmiy tekshirish 
muassasalarida 
katta ilmiy xodim 
va
 proffessor
ilmiy unvonilari joriy etilgan. 
Proffesor, dotsent va katta ilmiy xodim unvoni ilmiy darajasi bo`lgan va oliy o`quv 
yurti yoki ilmiy tekshirish muassasasida pedagogik yoki ilmiy tekshirish ishlarini 
bajarish jarayonida etarli malaka ko`rsatgan shaxslarga oliy o`quv yurtlari va ilmiy 
tekshirish institut ilmiy kengashlari tavsiyasiga asosan O`zbeksiton Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan beriladi. 
2. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va uning mazmuniga quyiladigan 
talablar 
 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-
sonli Qaroriga asosan tasdiqlangan “Magistratura to`g’risidagi Nizomda”: 

Dissertatsiya talabaning ta`lim dasturlarini o`zlashtirishni yakunlovchi va o`qish 
davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot 
ishlarining natijasi hisoblanadi
”- deb ko`rsatilgan. 
Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi kerak: 

titul varaq; 

ikki tilda (o`qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining 
qisqacha annotatsiyasi; 

mundarija; 

kirish; 

asosiy qism; 

xulosa; 

adabiyotlar ro`yxati; 

ilovalar (mavjud bo`lsa). 
Kirish quyidagilarni qisqacha o`z ichiga olishi lozim: 

magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; 

tadqiqot ob`ekti va predmeti

tadqiqot maqsadi va vazifalari; 
19
ЎзР ВМ ҳузуридаги ОАК
Раёсатининг 2017 йил 31 майдаги 239/5
-
сон «Илмий унвонлар бериш тартиби 
тўғрисидаги низомга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳа
q
ида»ги қарори (ЎзР Адлия вазирлиги 
томонидан 2017 йил 23 июнда рўйхатдан ўтказилди, рўйхат рақами 2793
-2). 


40 

ilmiy yangiligi; 

tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari; 

tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili); 

tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi; 

tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati; 

ish tuzilmasining tavsifi. 
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo`lib, 
boblar hajm jihatidan o`zaro mutanosib bo`lishi va quyidagilarni o`z ichiga olishi 
lozim: 

tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy 
va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili; 

tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni

tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining 
shaxsiy hissasi ko`rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni. 
Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan 
natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal 
etish bo`yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak. 
Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur 
bo`lgan qo`shimcha ma`lumotlarni o`z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi 
mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan 
bir qismidan oshmasligi lozim. 
Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-
axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma`lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek 
yolg’on tsitatalar keltirishga yo`l qo`ymaslik) lozim. 
Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo`lib, unda quyidagi qoidalarga 
rioya etilgan bo`lishi lozim: 

qatorlar oralig’i — 1,5 sm; 

yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o`ng 
tomondan 2 sm; 

xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili. 
Magistrlik dissertatsiyasi matnini 
Misrosoft Word
matnli redaktorida 
Times 
New Roman
shriftida yozish tavsiya etiladi. 
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro`yxati 
va ilovalardan tashqari 70 - 80 sahifa bo`lishi tavsiya etiladi. 
Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o`qigan tilda (kafedra yoki 
magistratura bo`limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. CHet tilda 
tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova 
etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari 
tarjima bilan o`tkaziladi. 
Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik 
dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakul’tet O`quv-metodik 
kengashining qarori bilan o`zgartirilishi va ko`paytirilishi mumkin. 


41 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin