Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

GLOBAL TARMOQ – INTERNET. 
DAVRIY ILMIY TO`PLAMLAR.
Bu to`plamlar yirik o`quv va ilmiy 
institutlar tomonidan yiliga bir-ikki marotaba chiqariladi. Ular jurnallarga ekvivalent 
bo`lib, ammo ko`proq maxsus mazmunga ega bo`ladi. 
EKSPRESS AXBOROTLAR VA REFERATIV JURNALLAR
. Bu turdagi
axborot manbalari Respublika axborotlar fondi instituti tomonidan bosib chiqariladi 
va quyidagilarga bo`linadi: 
a) 
referativ jurnal (RJ) - kitoblar, maqolalar, kashfiyotlarning qisqacha 
annotatsiyalarini o`z ichiga oladi va har oyda bir marotaba turli yo`nalishlari 
bo`yicha bosib chiqariladi; 
b)
ekspress axborot (EA) - maxsus jurnallarda bosib chiqarilgan eng muhim 
materiallar to`la holda ta`riflanadi; 
d)
«Signal axborot» (SA)- respublika fondiga kelib tushgan barcha materiallar 
ro’yxati beriladi, har oyda bir marotaba chop etiladi; 
e) 
Referativ kartotekalar (RK) - faqat ilm-fanning ba`zi bir yo`nalishlari 
bo`yicha chop etiladi; 
f) 
Fan va texnikaning yutuqlari - fan va texnikaning turli sohalaridagi eng 
keyingi yutuqlar obzori beriladi; 
 g)
Deponizatsiyalashtirilgan ilmiy ishlar - bu materiallarni bibliografik 
ko`rsatkichlaridir. 
h) 
Xalqaro va respublikada o`tkaziladigan ilmiy s`ezdlar, konferentsiyalar, 
kongresslar va ko`rgazmalarning byulleteni. 
Endi boshlayotgan tadqiqotchilar uchun referativ jurnallar va ekspress-
axborotlarni doimiy tarzda o`rganish maqsadga muvofiqdir. 
Bunday o`rganishda 4 bosqichni ajratish mumkin:
 Birinchi bosqich - axborot manbasini qidirish
. O`rganishni, tadqiqot 
o`tkazish mo`ljallangan yo`nalishga bag’ishlangan monografiyadan boshlash kerak 


46 
bo’ladi. Bunda bir yo’la ikki maqsadga erishiladi: birinchidan tadqiqot 
muammosiga zamonaviy nuqtai nazar hamda tadqiqot uslubiyoti va unga erishish 
yo`llari bilan tanishish, va ikkinchidan asosiy adabiyotlar bilan tanishish, chunki 
monografiyalar yetarli darajadagi to`la bibliografik ko`rsatkichga ega bo`ladi.
Adabiy manbalarini tanlashdagi keyingi ketma-ketlik quyidagicha bo’lishi 
mumkin:
- bibliografiyada ko`rsatilgan adabiyotlar bilan tanishish, bular kitob, 
broshyura, jurnallardagi maqolalar, dissertatsiyalar va boshqalar;
- fan va texnikaning yo`nalishiga mos keladigan referativ jurnallar va axborotli 
nashrlarni (ekspress axborot, signal axborot va boshqalar) ko`rib chiqish;
- yo`nalish bo`yicha maxsuslashtirilgan jurnallarni o`rganish;
-ilmiy-tadqiqot 
institutlarining 
to`plamlari, 
konferentsiyalardagi 
ma`ruzalarning tezislari, dissertatsiya avtoreferatlarini o`rganish.
Barcha tanlangan axborotlar kartochkalarga kiritilgan va kartoteka sifatida 
yig’ilgan bo`lishi kerak. Bunday kartoteka kerakli materiallarni zarur paytda 
qidirishni yengillashtiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin