Institutsional iqtisodiyot



Yüklə 308,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü308,48 Kb.
#166736
  1   2   3   4   5   6
1- мавзу ИИ



1-Mavzu. “Institutsional iqtisodiyot” fanining predmeti va mazmuni
tamoyillari 
Reja 
1.
Institutsional nazariyalarning paydo bo’lishi 
2.
Institutsional nazariyalarning rivojlanishi tarixi. 
3.
Institutsionalizmning metodologik asoslari. 
4.
Institutsional tahlilda boshlang’ich nuqta masalasi. 
5.
Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo’nalishlari. 
6.
Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari 
Institutsional nazariyalarning paydo bo’lishi 
 
Ilmiy iqtisodiy nazariyalar shakllanishi XVII asrda Yevropada dastlab 
V.Petti, Buagilьber, keyinroq esa, A.Smit va D.Rikardolarning klassik iqtisodiy
ta’limotlari bilan tavsiflanadi. XIX asrning yetmishinchi yillariga kelib, klassik 
nazariyaning K.Menger, M.Jevons, L.Valьras va boshqa tadqiqotchilarning 
faoliyati zamiridagi marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik nazariya 
sifatida A.Marshallning “Iqtisodiyot printsiplari” asarida o’z ifodasini topdi. 
Keyinchalik A.Marshallning qarashlari J.B.Klark izlanishlarida takomillashdi.
Neoklassik nazariyaning asosiy tamoyillari ikki qismdan iborat. Asosiy 
tamoyillarning birinchi qismini klassikaning “eski” tamoyillari, ikkinchi qismni 
esa, neoklassikaning “yangi” tamoyillari tashkil etadi. “Eski” tamoyillar “qat’iy 
negiz” bo’lsa, “yangi” tamoyillar neoklassikaning «himoya qobig’i»ni tashkil 
etadi. 
“Eski” tamoyillarga quyidagilar kiradi: 
bozorda hamma vaqt muvozanat mavjud, u yagona Pareto (Valьras-Errou-
Dobre) optimumi talablariga mos keladi; 
bozorda individlar tomonidan oqilona tanlov amalga oshiriladi; 
individlarga tashqi omillar ta’sir ko’rsatmaydi, ularning biror holatni afzal 
bilishi barqaror va ekzogen xususiyatga ega;
xarajatlarning yagona turi – ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi. Ayni 
chog’da ayirboshlash xarajatlari e’tiborga olinmaydi. 
“Yangi” tamoyillarga ko’ra:
bozorda ayirboshlashni amalga oshirish uchun resurslarning xususiy mulkni 
tashkil etishi asosiy zamin hisoblanadi; 
individlarda bitim to’g’risidagi barcha axborot mavjud;
ayirboshlash chegaralari kamayib boruvchi foydalilik tamoyili asosida hamda 
resurslarning dastlabki taqsimlanishidan kelib chiqib, belgilanadi. 
Klassik nazariyaning rivojlanishida kuzatiladigan istalgan qoida tuzatishlar va 
aniqlashtirishlar jarayonida «Eski tamoyillar»ni tashkil qiluvchi fikrlar 
o’zgarishsiz qolishini nazarda tutadi. Ular tadqiqot paradigmasi, nazariyani izchil 
qabul qiluvchi har qanday tadqiqotchining tanqidi qanchalik keskin bo’lmasin, 
“eski” tamoyillardan voz kechilmaydi. Aksincha, nazariyaning rivojlanishiga qarab 


uning tadqiqot predmetiga «yangi tamoyil»ni tashkil qiluvchi qarashlarga doimiy 
tuzatishlar, yangi unsurlar kiritiladi. 
«Eski» institutsionalizm nazariyasining mohiyatini yanada to’liqroq ko’rib 
chiqish uchun ushbu ilmiy yo’nalishning ko’zga ko’ringan vakillari T.Veblen, 
K.Polanьi va J.K.Gelbreyt qarashlariga murojaat etish mumkin. Mashinali ishlab 
chiqarishning paydo bo’lishini tahlil qilishda kapitalist bilan yollanma ishchi 
o’rtasidagi munosabatlar tizimi mehnat taqsimoti qabul qiladigan quyidagi 
tashkiliy shakllar orqali ularning o’zaro ta’siriga e’tibor qaratildi: tabiiy mehnat 
taqsimoti → kooperatsiya → manufaktura va mutlaq qo’shimcha qiymatni 
shakllantirish → xususiy ishchining paydo bo’lishi → mashinalarning paydo 
bo’lishi → fabrika → nisbiy qo’shimcha qiymatni shakllantirish.
Karl Polanьining ta’kidlashicha, aynan milliy resurslar va mehnat bozorining 
shakllanishi asosida davlatning aralashuvi yotadi. G’arbiy Yevropaning barcha 
ichki bozorlari mahalliy bozorlar tabiiy evolyutsiyasining natijasi emas, balki 
davlatning aralashuvi orqali barpo etilgan.
T.Veblen «Bekorchi sinf nazariyasi» (1899) [32] asaridagi odatlar to’g’risidagi 
tahlilda xolizm metodologiyasini qo’llaydi. Odatlar individlarning bozordagi, 
siyosiy sohadagi, oiladagi xatti-harakatlari doiralarini belgilab beruvchi 
institutlardan biri hisoblanadi. Insonlar xatti-harakati Veblen tomonidan ikkita juda 
qadimiy odatdan kelib chiqib, ta’riflanadi. Bu odatlarni u raqiblik hissiyoti 
(boshqalardan birinchi bo’lish, umumiylikdan ajralib turish istagi) va mahorat 
hissiyoti (halol va samarali mehnat qilishga moslashish) deb nomlaydi. 
T.Veblenning fikriga ko’ra, raqiblik hissiyoti mulkchilik va bozordagi raqobatning 
asosida yotadi. Ushbu hissiyotning o’zi individ o’z tanlovini amalga oshirishda o’z 
foydaliligini ko’paytirishni emas, balki boshqalarning ko’z o’ngida o’z nufuzini 
oshirishni ko’zlovchi «oshkora iste’mol»ni izohlaydi. Masalan, sotib olmoqchi 
bo’lgan avtomobilni tanlashda iste’molchi uning narxiga va texnik xususiyatlariga 
emas, balki muayyan rusumdagi mashinaga egalik qilish orqali ta’minlanadigan 
nufuzga e’tiborni qaratadi. 
Va nihoyat, “eski” institutsionalizm namoyondasi J.K.Gelbreyt o’z tahlilini 
axborot va axborot almashuvining ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanishi 
masalalaridan boshlaydi. Uning asosiy fikri – hozirgi bozorda hech kim to’liq 
axborotga ega emas. Har bir shaxsning bilimlari ixtisoslashgan va xususiy 
ahamiyatga ega, axborot to’liqligiga faqat ushbu to’liq bo’lmagan bilimlarni 
birlashtiruvchi tashkilot doirasida erishish mumkin, deb ta’kidlaydi. Bunda 
hokimiyat alohida shaxsdan guruhga birlashgan, individuallikka ega bo’lgan 
tashkilotlar qo’liga o’tadi. So’ngra mazkur tashkilot individlarning xatti-harakatiga 
ko’rsatadigan ta’sirni tahlil qilib, individlar tavsiflarini institutsional muhit 
funktsiyasi sifatida ko’rib chiqadi. Masalan, uning ta’kidlashicha, iste’mol 
talabining o’sishi iste’molchilarning o’z ichki tuyg’ulari yuqori bo’lishidan emas, 
balki ularni ishontirish uchun reklamadan faol foydalanuvchi korporatsiyalar 
manfaatlarining o’sishidan kelib chiqadi. 

Yüklə 308,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin