6. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi keyingi davr neoinstiutsional hamda
yangi institutsional bosqichlardan iborat. Bosqichlarning nomlanishidagi
o’xshashlilikka qaramay, institutlar tahlilida printsipial jihatdan turli
kontseptsiyalar mavjud. Birinchi nomlanish neoklassikaning qat’iy negizini
o’zgarishsiz qoldiradi. Institutlar tahliliga yangi unsurni kiritish neoklassika
nazariyasining «himoya qobig’i» to’g’risidagi fikrlarga tuzatishlar kiritish
hisobidan yuz beradi. Aynan shuning uchun neoinstitutsional iqtisodiyot «iqtisodiy
imperializm»*ga misol sifatida keltiriladi: an’anaviy mikroiqtisodiy quroldan voz
kechmagan holda «imperialistlar» ilgari neoklassik nazariyaga begana bo’lgan
omillar – mafkura, xatti-harakat normalari, qonunlar, oila va hokazolarni
tushuntirishga
intilishadi.
Ikkinchi
nomlanish,
aksincha,
institutlarning
* Иқтисодий империализм – неоклассик ёндаshув асосида жамиyaт тўғрисидаги фанларнинг
тарқоқ оиласини умумлаshтириsh.
neoklassikaning ilgarigi qoidalari bilan bog’liq bo’lmagan yangi nazariyasini
yaratishga urinishni aks ettiradi.
Ronald Kouz «Firma tabiati» (1937), «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960)
kabi maqolalarida birinchi bor neoinstitutsionalizmning tadqiqot dasturini
shakllantirgan edi. Ushbu dasturda neoklassik nazariyaning “himoya qobig’i”ga
quyidagi o’zgartirishlar kiritilgan.
Birinchidan, xususiy mulk bilan bir qatorda mulkchilikning jamoaviy, davlat,
aktsiyadorlik shakllari tahlil qilinadi va ularning bozorda bitimlarni ta’minlashdagi
nisbiy samaradorligi taqqoslanadi. Ya’ni, mulkchilik shakllari va shartnoma
shakllarining keng doirasi ko’rib chiqilib, ular asosida almashuv amalga oshiriladi
Mulkchilik huquqlari nazariyasi (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich) va optimal
shartnoma nazariyasi (J.Stiglits, Y.Maknil)ning tadqiqot dasturi ana shunday. Bu
yerda mulkchilik huquqlarining o’rnatilishi va samarali himoyalanishi uchun
mas’ul bo’lgan davlat nazariyasi, ijtimoiy tanlov nazariyasi (J.Bьyukenen,
G.Tallok), shuningdek, ijtimoiy tanlov nazariyasidan hosil bo’lgan konstitutsiyaviy
iqtisodiyot (V.Vanberg) ajralib turadi. Ayniqsa, konstitutsiyaviy iqtisodiyotning
vazifasi neoklassika, «eski» institutsionalizmning tarkibiy qismi hisoblangan
«tartib nazariyasi» hamda “ijtimoiy tanlov” unsurlarini uyg’unlashtirishdan iborat.
Ikkinchidan, neoklassik modelga axborot xarajatlari, ya’ni bitim to’g’risidagi va
bozordagi vaziyat to’g’risidagi axborotni qidirish va olish bilan bog’liq xarajatlar
tushunchasi kiritiladi. Axborot nazariyasi (J.Stigler) neoinstitutsionalizm
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda transaktsiya
xarajatlari mavjudligi neoinstitutsionalistlar tomonidan ta’kidlandi. Transaktsiya
xarajatlari nazariyasi (R.Kouz, O.Uilьyamson) uchun markaziy bo’lgan ushbu
atama zamirida bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha xarajatlar
tushuniladi. Transaktsiya xarajatlari nazariyasi va mulkchilik huquqlari
nazariyasini qo’llash natijasida Yangi iqtisodiy tarix (D.Nort), deb nomlangan
tarixiy tahlil paydo bo’ldi.
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi ikkinchi bosqich o’yinlar nazariyasi
(J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh)ning neoklassikadagi umumiy
muvozanat modeliga nisbatan bildirgan tanqidiy xulosasi bilan boshlandi.
Aynan o’yinlar nazariyasi yangi institutsional iqtisodiyot modellarining tilini
shakllantirdi. O’yinlar nazariyasi quyidagi taxminlarga asoslanadi:
a) bir necha muvozanat nuqtalari mavjud bo’lishi mumkin;
b) muvozanat nuqtalari Pareto bo’yicha optimum nuqtalariga mos kelishi shart
emas;
v) muvozanat umuman mavjud bo’lmasligi mumkin.
Xulosa
XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining
jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy tadqiqotlar ko’lami yanada kengaydi va
chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining yirik yo’nalishlari
shakllandi. Ular uch yo’nalishdan iborat: neoklassika, institutsionalizm va
keynschilik. Klassik nazariyaning marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik
nazariya sifatida namoyon bo’ldi.
Institutsionalizmning tadqiqot markazida institutlar – insonlar tomonidan
barpo etiladigan va o’zaro hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
me’yorlar va qoidalar turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik
yondashuvga nisbatan yangi nazariya bo’lib, u bozor munosabatlari tahlilining
yangi sohasidir. Individlar va institutlarning o’zaro bog’liqligini tahlil qilishda
metodologik individualizm va xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Ular
institutlar yoki individlarning birlamchiligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq
qiladi.
Institutsional
iqtisodiyot
rivojlanishida
o’zaro o’xshash nomdagi
neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Birinchi
bosqichda mulkchilik huquqlari (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich), optimal
shartnoma, konstitutsiyaviy iqtisodiyot (V.Vanberg), ijtimoiy tanlov (J.Bьyukenen,
G.Tallok), transaktsiya xarajatlari (R.Kouz, O.Uilьyamson), axborot (J.Stigler)
nazariyalari, ikkinchi bosqichga o’yinlar nazariyasi (J. fon Neyman,
O.Morgenshtern, J.Nesh), G.Saymonning to’liqsiz ratsionallik nazariyasi
kiritilgan. D.Nort tadqiqotlarida individlarning institutsional doiralarni
o’zgartirishga qodirligi ta’kidlanadi.
Yangi institutsional iqtisodiyotning eng yoyiq ko’rinishdagi dasturi
kelishuvlar iqtisodiyoti (L.Tevano, O.Favro, A.Orlean, R.Buaye)dir. Uni tahlil
qilish markazida kelishuvlar turadi. Kelishuvlar individlar o’rtasidagi o’zaro
hamkorlikning umumiy doiralari sifatida qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |