3. Integratsiyalashgan dars turlari. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning samaradorligi. Integratsiyalashgan dars.Boshdan integratsiyalashgan kurs- bu sinfdan tashqari o‘qish.Bu yerda yaxlit jarayon kechadi: -kitob o‘ish asbobi sifatida o‘ish darslarida olgan o‘qish ko‘nikmalarinitakomillashtirish; -matn ustida ishlash; -suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash.
Tekshiruvlar ko‘rsatishicha integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga:
1.Evristik suhbatlar;
2.Umumiy suhbatlar;
3.Ekskursiyalar;
4.Ona tili tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar,badiiy asarlar materiallari asosida nutq o‘stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar;
5.Ta’limning ko‘rgazmali metodlari;
6.Mustaqil ishlar;
7.O‘qish,matematika darslarida oo‘zaki rasm chizish;
8.Imo-ishorali ko‘rinishlar(pantomimalar);
9.Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o‘qish;
10.Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar,matnlar yozish(shu sinfga tegishli orfagrammalarni takrorlagan holda);
11.O‘lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish,yechish va boshqalar.
Kitob bilan ishlash. 5- mashqni bajarish. Mashqni bajarish-dan oldin klaster usulida o‘quvchilarga tanish bo‘lgan dorivor o‘simliklar aniqlab olinadi. So‘ngra ularga notanish ayrim dorivor o‘simliklaming rasmlari doskaga osib qo‘yiladi.
Bu usul bilan o‘quvchilarning dorivor o‘simliklar haqidagi tushunchalari kengaytirilib, so‘z boyliklari oshiriladi. So‘ngra
„Quvnoq daqiqa“, „Men kimman?“ mashg‘ulotlarini o‘tkazish. Bir o‘quvchi doskaga chaqirilib, unga ko‘rsatmay, pomidor rasmi yopishtirilgan toj boshiga kiydiriladi. Toj kiygan o‘quvchi sinfdagi o‘quvchilardan so‘raydi.
— Men jonlimanmi? (Yo‘q.)
— Jonsizmanmi? (Ha.)
— Mevamanmi? (Yo‘q.)
— Sabzavotmanmi? (Ha.)
— Shirinmanmi? (Yo‘q.)
— Achchiqmanmi? (Yo‘q.)
— Chuchukmanmi? (Ha.)
— Ko‘kmanmi? (Yo‘q.)
— Qizilmanmi? (Ha.)
— Shakarob qilsa bo‘ladimi? (Ha.)
— Unda men pomidormanmi? (Ha.)
O‘zini to‘g‘ri topgani uchun „Barakalla, to‘g‘ri topding, aqlli ekansan, zehning o‘tkir ekan“ kabi so‘zlar bilan o‘rtoqlari uni rao‘batlantiradilar. O‘quvchilar pomidor haqida gaplar tuzib aytadilar. Ulardan ayrimlari (grammatik jihatdan to‘o‘ri va mazmunli gaplar) aytib turib yozdirilishi mumkin.