"Integratsiya" so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, "integer" butun so‘zidan kelib chiqqan


-mavzu. Integratsiyalashgan darslarni rejalashtirish



Yüklə 188,96 Kb.
səhifə6/6
tarix03.04.2023
ölçüsü188,96 Kb.
#92657
1   2   3   4   5   6
integratsiya

12-mavzu. Integratsiyalashgan darslarni rejalashtirish


Reja:
1.Rejalashtirishning o‘quv rejasini tuzish va qo‘llashda muhim tarkibiy qismi. 2.O‘qituvchi-tarbiyachi qo‘ygan maqsadiga bolalar qanday erishayotganligini kuzatish.
3.Integratsiyalangan darslarni samaradorligini oshirish omillari.
4.Integratsiya ta'lim jarayonini qulaylashtirishning muhim prinsipi


Tayanch tushunchalar: metodologiya, kontenental moslashuv, individ, ideal, dunyoqarash.

1-masala. Ta’lim jarayonida insonning intelektual rivojlanish haqidagi ta’lim falsafasi XXI asr boshida ta’lim falsafasida shunday ustuvor yo‘nalish vujudga keldiki, unda insonni yaxlit intelektual rivojlantirish masalasi vazifa qilib qoyilmoqda. Lekin hozirgacha maktab ta’limida amalada bo‘lgan predmetli o‘qitish shakl i ushbu vazifani amalaga oshirishga imkon bermay keldi. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, hozirgi paytda fanlarni integratsiyalab o‘qitish haqidagi takliflar faqat tashqi birikish harakteriga ega bo‘lib qolmoqda. Aslida integratsiyali ta’limni ichki mant iqiy bog‘lik va chuqurroq metodologik aloqalarga asoslanib amalga oshirish zarur. Shuningdek, hozir vujudga kelayotgan integratsiyali fanlar mazmunida turli falsafiy oqimlarga aloqador g‘oyalarning yagona nuqtaga birlashuv ehtimoli tug‘ilmoqda. Chunki, end ilikda ta’lim falsafasida chegaradosh fanlarning tabiiy moslashuvigina emas, balki kichik kontinental (bir guruhga kiruvchi fanlarning boshqa guruh fanlari bilan) moslasahuvi ham o‘zlashtirilmoqda. Didaktik olimlarning tekshiruvlarida uslubning amaliy faoliyat bilan bo‘lgani genetik tabiati ajratib ko‘rsatiladi.N.N.Skatkin, I.Y.Lerner, Aleksyuk Y.K. Babanskiylarning tekshiruvlarida ta’lim uslublariga taalluqdi ikkilamchi tur belgilarining ta’rifi beriladi. Ular uslub-ifoda, mazmun va ta’lim usuli ekanligi isbotlab berishgan. Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonida turli hil mantiqiy tizimlar orqali o‘qituvchi va u bilan birgalikda o‘quvchilar o‘z bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish, taqqoslash shaklida ifodalaydidar.Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog‘langan ichki tomonini tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shaklarining turli tumanligi bilan ajralib turadi.


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yang o‘quv rejalari va dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrofmuhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllantirnsh masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitga jiddiy munosabatlarning poydevori boshlang’ich sinflarda o‘rgatiladi. Shuning uchun iqtisodiy ta’limning natijasi maktab ta’limiing birinchi bosqichiga bog‘liq. Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatlari cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchalarni ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang‘ich iqtisodiy ta’limiing barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan, maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir.
XIX-XX asrlar oralig‘ida pedagogikada kichik maktab o‘quchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalangan kursini yaratish fikri paydo bo‘lgan. Bu fikr A.Y.Gerd, D.N.Kaygorodov, A.P.Pavlov nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular boshlang‘ich maktabga atrofdagi jonli va jonsiz dunyo haqidagi bo‘linmagan kursni kirgizishni talab qilishdi.
Integratsiyalashgan ta’lim-tarbiya, fanlararo aloqalarning ayrim jihatlari mashhur pedagoglarning (Y.Komenskiy, D.Lokk, I.Gerbart, M.Pestalotssi, K.Ushinskiy va boshqalar), didaktiklarning (I.D.Zverev, M.A.Danilov, V.N. Maksimova, S.P.Baranova, N.M.Katkina va boshqalar) psixolog olimlarning (E.N.Kabanova, Meller,N.F.Talizina, Y.A.Samarina, G.I.Vergeles), medist olimlarning (M.R.Lvov, V.G.Goretskiy, N.N.Svetlovskaya. Y.M. Kolyagin, G.N.Pristupova) ishlarida ko‘rib chiqilgan. Bir qator ishlar boshlang‘ich ta’limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag‘ishlangap. Bu muammolar o‘quv fanlarinn integratsiyalashga o‘tishning yaqin rivojlanish zonasidir. (T.G.Raizayeva., G.N.Akvileva, D.I.Troytap, G.V. Baltyukova, N.Y. Velenkin, N.M.Drujnina, T.S.Nazarova, I.K. Blinova, R.G.Matyushova). Rus pedagogik olimlari T. Kun, V.S. Styopinlarning tatqiqotlarida falsafa, tabiat va ma’daniyat haqidagi fanlar integratsiyalash sinab ko‘rildi. Ular fizika, kibrnetika ilmlarini anorganik olamdaki hodisalarni tushuntirish ga biologiya, ximiya muammolarni hal etishga tadbiq etishni taklif etmoqdalar.
Nemis olimi Nils Borning kashfiyoti (qo‘shimchalik prinsipi) yangi fanlarning rivojlanishiga asos soldi. Hozirgi zamon falsafasida olg‘a surilayotgan va integratsiyaning ta’lim zaminini tashkil etuvchi element tarkibiga dunyo qarash unversiyali kiradi. Dunyoqarash univeriyasi fan mazmunini anglash, tushunish moddiy olamni ko‘ra bilish imkonini yaratadi. Ma’lumki, komil shaxsning ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimoiylashuviga erishish bugungi kunda pedagogika nazariyasi fanining yetakchi muammolaridan biri hisoblanadi.
Ushbu muammoni hal etishda individ uchun dunyoqarash unversiyalarini o‘zlashtirishiga imkon beruvchi shart-sharoitlar yaratilgandagina erishish mumkin. Dunyoqarash unversiylari jumlashiga dunyoga umumiy ta’rif beruvchi zaruriy tushunchalar, kategoriyalar kiradi.
Ular moddiy olamdagi tabiiy va ijtimoiy jarayonlarga nisbatan universal ma’noda qo‘llanish imkoniga ega. Masalan, kenglik, vaqt, harakat, miqdor, sifat, sabab, oqibat, zaruriyat, tasodif, shaxs, inson, jamiyat, men, boshqalar, go‘zallik, ong, ishonch, adolat, tenglik, haqiqat. Diferensiyalangan ta’limda unversiyalar uning barcha qonuniyatlarini qamrab oladi. Unversiyalarning o‘zlashtirilishi boshqa fanlarning o‘zlashtirilishiga ham asos bo‘ladi. Yana ma’danityat unversiyalari ham borki, ular turli ijtimoiy ma’daniy yo‘nalishlarda asos bo‘ladi. Bunday ta’lim falsafasi moddiy olamni ma’naviy o‘zlashtirishiga yordam beradi. Uni adabiyot, san’at, tarix fanlarini integratsiyalab o‘qitish vositasida amalga oshirish mumkin. Kundalik fikrlash, ma’naviy olamni anglashda falsafiy ma’naviyat universiyalari yordam beradi. Falsafa maydonida dunyoni umumiy ta’riflovchi tushunchalar olamni anglash ob’yektiga aylanadi. Ular asosida ma’daniyat unversiyalardan foydalanib, fikriy tajribalar o‘tkazish imkoniyati tug‘iladi, fikrlashning ideal yo‘nalishlari ham belgilab olinadi.
Hozirgi davr pedagogik amaliyotida fanlar aro bog‘lanish asosida ta’limni integratsiyalash yo‘lidagi izl anishlar davom etmoqda. Bu vazifa g‘oyat murakkab va ayni paytda katta samara berishi ham mumkin. Shuning uchun integratsiyani navbatdagi shovshulik kompaniya deb tushunmaslik kerak 2-masala. Hozirgi paytda integratsiyali pedagogika fanini o‘rganish maslasida turlicha qarashlar mavjud ular orasida eng samarali yo‘l sifatida o‘quvchilarga integratsiyli fanlar asosida “tabiat+inson” tizimidagi bilimlarni sindirishga imkon beruvchi tizim deb tushuntirilmoqda. Chunki XXI asr boshida jamiyat hayotida shunday vaziyat vujudga keladiki, endi yer yuzida yashyotgan har bir inson ma’naviy – ekologik tushunchalarni o‘zlashtirib olgan bo‘lishi zarur. Hozirgacha tabiat boyliklaridan rejasiz foydalanish, uni g‘orat qilish kelajakda inson hayotini hatolarga qo‘yishi mumkinligi aniq bo‘lib qoldi. Shuning uchun bugungi kunda ekologik ma’naviyatni tarbiyalash integratsiyali kurslarni bosh vazifasi bo‘lishi kerak deb hisoblanmoqda. Bunday g‘oya yoshlarga yer yuzida birdamlik, yagona maqsad uchun kurash, inson va tabiat uzviyligi, inson va tabiat hayotining gallaktika tizimi qonuniyatlari bilan aloqadorligini tushuntirishni ko‘zda tutadi.
Integratsiyali pedagogika fanini o‘rganishni quyidagi tamoyillarga amal qilinadi.
1.Ta’lim jarayonini yanada insonparvarlashtirish.
2.Tabiatshunoslikka doir ilmlarni “tabiat+inson” tizimida integratsiyalash.
3. O‘quvchi shaxsi shakllanishini tabiiy bilimlarni anglash vositasida amalga oshirish;
4. O‘quvchilarda fikrlash yo‘nalishlarida tabiat haqidagi bilimlar ta’sirining ustivorligi;
5. Kelgusida ilmiy izlasnishiga mos keluvchi didaktik materiallarni turli sohalardan izlash; Sof ta’limiy yo‘nalishdagi bunday qarashlar umum ta’lim fanlarini o‘rganishda hozirgacha tarkib topgan mantiqiy xulosalardan voz kechishiga olib keladi. An’anadagidek, induksiyadan emas, balki ishni kutilmaganda deduksiyadan ham boshlash mumkinligini ko‘rsatadi. Demak, tushunchalar shaklllanishining klassik tizimidan integratsiyali umumiy tushunchalarni ishlatish darajasiga ham o‘tiladi.
3-masala. Integratsiyali ta’lim jarayonidagi kuzatish va xulosalar Respublikamiz umumta’lim makatablarida pedagogik sinov maqsadida amalga oshirilgan tajribalarda integratsiyali ta’lim ijobiy natijalarni ko‘rsatdi. O‘quv fanlarini integratsiyali ta’lim asosida o‘qitishda predmentni o‘qitishga nisbatan o‘zlashtirish samarasi oshdi va muddati qisqardi. Pedagogik sinovlarda o‘qitish o‘zlashtirishni tezlashtirishni maqsad qilib qo‘yilmagan edi. Shuncha qaramasdan tabiatshunoslik, mehnat, rasm o‘qish predmentlari elementlari majmuasidan tuzilgan intergatsiali ta’lim kursi maskur fanlarning barchasiga doir bilimlarni o‘zlashtirishga imkon bera oldi.
Oqibatda o‘qitishda pozitiv (antonimi -negativ) natijalariga erishildi. Pozitiv (ijobiy) natijlar o‘quvchi dunyoqarashidaki quydagi xususiyatla rda namoyon bo‘ladi:
A) Bola moddiy olam haqidagi zamonaviy ilmiy tasavvurlarni tog‘ri talqin qiladi va anglaydi;
B) O‘quvchi olamning ko‘p olchamli manzarasini ko‘rish, gorizontlarini tasavvur qilishiga erishadi.
V) O‘quvchi o‘zi uchun dunyoni qaytadan kashf qiladi;
Shuningdek, integratsiali ta’limni amalga oshirishda o‘qituvchi+o‘quvchi muloqotining yangi metodik shakllarini izlab topish zaruratga aylanadi. Turli ixtisoslikdagi pedagoglar faoliyatini birlashtirishni taqoza etadi. Ayni paytda integratsiyali ta’limda o‘quvchilar zerikishini oldi olinadi, toliqish yuz bermaydi. Ta’lim samarasi yuqori bo‘ladi. O‘qitishning yangi falsafasida pedagogik faoliyatga asos bo‘ladi. Shuni takidlash zarurki, hozirgi paytda integratsiyali ta’limga qarshi fikrlar ham mavjud.
Ayrim pedagogik olimlar: “Integratsiyali ta’lim” o‘quv fanlarini mehanik birikishiga olib keladi deb ta’kidlamoqdalar. To‘o‘ri bizningcha yuzaki qaraganda shunday havf tuo‘ilishi mumkin. Lekin ishni ilmiy asosda, ta’lim falsafasi qonuniyatlariga tayanib amalga oshirilsa bunday bo‘lmaydi. Maktablarda ham integratsiya kurslarini o‘qitish ayrim muammolarni tuo‘dirishi mumkin.
Jumladan o‘quv dasturlarini tanlash, integrasiyaga kursning maqsad va vazifalarini anglash o‘qituvchi malakasini oshirish, metod birlashmalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, pedagog - kadrlar tayyorlash yo‘lidagi muammoni hal etishga to‘sqinlik qilmoqda. Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari. Boshlang‘ich maktab ta’lim va tarbiyasini integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir.
Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalish masalasiga keyingi paytda bir qancha yondoshishlar bo‘ldi: darsni ikki fan o‘qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga birlashtirib, uni bir o„qituvchi tomonidan o‘tilishidan to integratsiyalangan kurslar tashkil etish, boshlang‘ich ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirishgacha. Bunga maktab ham, didaktika va metodika ham tayyor emas.
Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo‘yicha bilimlar tashkil etuvchi integratsiyalangan kurs yaratish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. Bular boshqa turdaga bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani o‘z zimmasiga oladi. Bunday yondoshish anchadan beri ma’lum va chet el maktablari tajribasida hal etilgan. Bunda siz faqat sinflarda emas, balki umumiy ta’limning o‘rta va tugallovchi bo‘g‘inlarida ham bir qator fanlarning mazmunini integratsiyalash ustida bormoqda. Bu integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy- iqtisodiy, axloqiy - estetik g‘oya va tushunchalarni kiritish ko‘zda tutilgan. Ohirgi paytda maktab ta’limini integratsiyalash to‘g‘risida juda ko‘p gapirildi. Olimlar va amaliyotchi – o‘qituvchilar bolalarda qanday qilib dunyo to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo‘yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to‘g‘risida bosh qotirmokdalar.
Bir - biriga yaqin bo‘lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etish harakatlari bo‘lmoqda: M-N matematika va konstruksiyalash, tasviriy san’at va badiiy mehnat, bu yo‘llarning samaradorligi tog‘risida chet ellik pedagoglarning ko‘p yillik ishlari natijalari bo‘yicha baholash mumkin integratsiyalangan kurslar chet el maktablari uchun odatiy holga aylangan. Chet el tajribasi bilan tanishish shuni ko‘rsatadiki, tabiat va jamiyat xaqidaga bilimlarni rivojlanitirish uchun asos bo‘luvchi integratsiyalangan fanlar ko‘pgina mamlakatlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan. Bu ekologik yo‘nalishiga ega bo‘lgan integratsiyalangan fanlar jaxon xamjamiyatida o‘quvchilarda atrofmuhitga javobgarlikni shakllantirishning asosiy vositasi ekanliga to‘g‘risida xabar beradi. Hozirgi kunda integratsiyaiing bir necha usullari qo‘llaniladi. Birinchisi bir nechta fanlarni bir fanga birlashtirish. Shu masaladagi 1988 yilda chop etilgan xalqaro pedagogik tajriba o‘rganishi natijalari juda keng. Ko‘pchilik xorijiy mamlakatlar boshlang‘ich maktablarining o‘ziga xos xususiyati integratsiyalangan kurslar bo‘yicha ta’lim bo‘lib qoldi. Kichik maktab o‘quvchisiga fikr doirasi keng bo‘lgan muloqot san’atining boshlang‘ich savodini egallashda yordam berish. Bu savod o„z ichiga odamlar bilan muloqotdan tortib (tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o‘z-o‘zi bilan muloqotdan to atrof-muxitdagi hodisalar bilan muloqotni kiritadi. Kursning tuzilishi qanday? Kursning integrativligi uning tuzilishiga hos hususiyatlarni belgilab beradi. Yil uchun umumiy bo‘lgan bir mavzu, har chorakning asosiy mavzusida o‘z rivojini topadi. Shunday qilib kurs asosiga qo‘yilgan (fikrlarning) g‘oyalarning gorizontal harakati amalga oshiriladi. Xuddi shu yo‘l bilan vertikal harakat ham amalga oshiriladi (sinfdan-sinfga), bunda bir mavzu bolaning o‘sishiga qarab murakkablashib boradi. Integrativlik insonning olam bilan o‘zaro aloqalariga aks etuvchi mavzularga kiritilgan: bola idrokida abstrakt bo‘lgan uzoq olam bilan (kosmos, yulduzlar, yer planetasi, katta bo‘shliqlar va vaqt qa’ri). Yaqin olam (mikroolam, uy oldidagi hayvonlar va o‘simlik dunyosi, ona-Vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati). Insonlar olami bilan (turli mamlakatlar va madaniyatlar, sivilizatsiya markazlari, insonning inson va jamiyat bilan munosabatlari insonning ichki dunyosi); madaniy dunyosi bilan (xalq ijodi, rassom va olimlar ijodi, ma’naviy qadriyatlarni saqlovchi odamlarningishlari). Shu olamlar ichra sayohatning mavjudlik qonuniyatlarini, tillarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochish- kurs tizimining asosiy mantiqidir.
Kurs oddiydan murakkabga, bilishdan - ilmga, tartibsizlikdan uyg‘unlikka, chanqoqlikdan mohirlikka va ijodga bo‘lgan harakatni, taklif kiladi. Bola dunyo yaralishining g‘ishtchalari bilan taniladi, olamning boshlanishga, insonning yerda paydo bo‘lishiga murojat qiladi. So‘zlar, sonlar siri, yashil barg, qadimiy afsonalar sirlarini ochish fikrlariga. Bola makon va zamon bo‘ylab sayohatga otlanadi. Shunday qilib bola har kuni ochishi kerak bo‘lgan olamning go‘zalligini va turli tumanligini his qiladi.
Murakkab dunyoqarashlar ilmiy, badiiy g‘oyalar bola tushunishi uchun qulay, obrazli mavzularda o‘z aksini topgan, ular yil mundarijasini tuzishga imkon beradi. Bir tartibga solingan tizim bu kursining o‘ziga xos xususiyatidir. Bunday o‘yinlarga yondoshish 6-10 yoshdan boshlanadi.Bu xol ularni turli o‘yin orqali murakkab bilim orttirish, badiiy, axloqiy masalalarni hal qilishga yordam beradi. Yil va chorak mundarijasiga turli ertak qaxramonlarini (kichik shaxzoda, Karlson, Dyumovochka va boshqalar) kiritilishi ham shu maqsadga xizmat qiladi. Ular bolani mavzudan mavzuga yetaklab yurgandek, ular bilan bola inson muloqot qiladi va yangi narsalarni bilib oladi, Kurs shaxsga moslangan yo‘nalishga ega faqatgina sinf yoki guruxga emas, har bir bolaga ahamiyat beriladigan qilib ishni tashkil etish nazarda tutiladi. Bunda uning shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari alohida ko‘rsatiladi, uning qiziqishlari hisobga olinadi.
U maqsadda o‘z yulduzingni yoq, guldastada sening guling, sen sevgan kitob kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin. o‘yin davomida diqqat -e’tibor birgina bolaga qaratiladi. (Masalan, tug‘ilgan kuni munosabati bilan osmonda yangi yoritilgan yulduz uning nomi bilan ataladi yoki katta guldasta bayram egasiga yoqadigai gul bilan boyiydi). Sevimli kitob esa sinf kutubxonasini to‘ldirish bilan birga egasining (imzosi)ga ega bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlariga moslashish ularning badiiy faolligini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bilim olish, badiiy hayotiy masalalalrni hal qilishda o‘ziga xoslikni uddaburonlikni, epchillikni rag‘batlantirish nazarda tutilyapti. Shu munosabat bilan bolalarning she’r va xikoyalar yozish, yangi raqs o‘ylab topish, shirin taom pishirish, biror asbob yaratish, o‘simliklardan shakllar yaratish kabi mustaqil ijodiyot turli yo‘llar bilan rag‘batlantirib borish taqazo etiladi. Emotsional tomonlarni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi.
Mashg‘ulotlar bolalarda ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini (materiallar sifatini (fakturasini) ushlab ko‘rib ajrata bilish qobiliyati), sezish tuyg‘ularini (hid va ta’mni ajrata olish qobiliyatlarini) rivojlantirishga yordam beradi. Ovchilar, hayvonlar, Izquvarlarni o‘ynash bolalarga faqat umumiy bilimlarga ega bo‘lish, masalalarni mantiqan hal eta bilishgina emas, insonga berilgan barcha xis tuyg‘ular ham muhim ekanligini ko‘rsatib beradi. Ularni rivojlantirish o‘ta nozik tuyg‘ularning shakllanishiga yo‘ldir. Bunga yorqin obrazlarga, san’at asarlariga, tabiat bilan zavqlanishga murojaat qilish orqali erishish mumkin. Bolalarda salbiy, hunuk, yomon narsalarga ham emotsional munosabatini rivojlantirish lozim. Bunga ertaklar o‘qish, turli sahna ko‘rinishlari qo‘yish yordam beradi. Bolaning his tuyg‘ulari uning jismoniy rivojlanishi bilan bog‘liq bola faoliyatiga harakat qilishga, o‘z xolatini badan harakatlari, imo- ishoralar, raqs orqali ko‘rsatib berishga imkon beruvchi mashqlarni kiritish lozim. Kursni tashkil qilish va ish shakllari kurs haftasiga ikki soatga mo‘ljallangan. Hafta oxirida ikki soatlik dars o‘qish maqsadga muvofiq, bunda bolalar, bir tomondan, asosiy darslardan ancha dam olishadi, ikkinchi tomondan, keyingi haftasiga darslarga tayyorlanishadi. Bunday ikki soatlik darsni Ijod soati. Xayol (orzu) darsi deb nomlash mumkin. Dars o‘tishdagi asosiy shart - sinfda zarur, mos muhitni yaratish: polga gilam solish, partalar o‘rniga qulay bo‘lgan stul va kreslolar o‘rnini almashtirish. Mashg‘ulot jarayonida bolalar o‘z yashash muhitlarini yaratishadi. Yil va chorak mavzusi ‘devorlardagi suratlar, hayvonot va o‘simliklar dunyosi paydo bo‘ladi, bularni o‘quvchilar o‘zlari o‘ylab topishadi. Buning uchun turli badiiy va texnik vositalar, ma’lumot beruvchi nashrlar, ensiklopediyalar, kartalardan foydalanish mumkin. Ko‘pincha vaqtni sinfdan va maktabdan tashqarida o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Muzey va kutubxonalarda, xiyobon yoki ko‘chalarda o„tiladigan darslar odatiy bo‘lib qoladi. Integratsiyalangan kurs ustidagi ishlar davom etadi. Tanlangan yo‘l juda qiyin va mutlaqo shubhasiz emas.Qiyin muammolarni hal qilish lozim. Bolgariyalik olimlar tabiiy – ilmiy bilimlarni o‘z ichiga olgan, 10-12 yoshli bolalarga mo‘ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. Shunday qilib, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq, til san’atiga tarix, geografiya, fuqoroshunoslik, jamiyatshunoslik, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, tabiatshunoslikka va shu kabilarga birlashtirildi. Integratsiyaning bunday usulidan to‘liqsiz va to‘liq o‘rta maktablarda qo‘llanidi. AQSh o‘rta maktablarining katta sinflarida o‘z ichiga fizika, kimyo, geografiya, geologiya, kristallografiya, tuproqshunoslik, poletalogiya va shu kabilarni oluvchi Yerni o‘rganish fani kiritilgan. Chexoslovakiyada ham shunday umumlashtiruvchi integratsiyalangan. Fuqaro tarbiyasi deb nomlangan kurs katta sinflarda kiritilgan. Shunday qilib, bir qator mamlakatlar tajribalari ko‘rsatishicha, integratsiyalangan kurslar qulay shakli bo‘lib qoldi. Maktabda o‘qitiladigan fanlarni bir butun tizimli ravishda o‘qitish imkoniyati tug‘ilganga o‘xshaydi. Lekin shunday savol tug‘iladi: bu kursni qanday o‘qituvchi o‘qitishi mumkin. Bunday kurslar yaratilishining o‘zi mualliflarning yuqori malakali jamoani talab qiladi. Uni o‘qitish uchun esa yuqori malakagina emas, balki keng bilimdonlik kerak. Bunday o‘qituvchini kim tayyorlab beradi. Kim shunday murakkab ko‘p predmetli o‘quv kursini olib boruvchi o‘qituvchini moddiy va ma’naviy jihatdan qiziqtira oladi? Bu savollar hal qilinmas ekan, integratsiyaning bu usuli ko‘rinarli natijalar bermaydi. Boshlang‘ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi.U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat ko‘pgina boshlang‘ich tushunchalarga va yana ko‘pgina narsalarga o‘rgatadi. O‘z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang‘ich sinflarda bir o‘qituvchining dars berishini, integratsiyaning bir usuli deb hisoblasak ham bo‘ladi. Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin, muammoning mohiyati shundaki, usullarning birlaridan yuz o‘girib, ikkinchisidan barcha darajalarida o‘qituvchilarning (psixologik va fiziologik) yosh xususiyatlarini hisobga oladigan integratsion choralar tuzishni kiritishidir. Muammoning bunday qo‘yilishi integratsiyaning turli ta’lim pog‘onalarida turli xususiyatlarga ega. Boshlang‘ich maktabda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiq.
Ta’limniig keyingi pog‘onalaridan u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang‘ich ta’lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak.
Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi. Y.M.Kolegin va O.L.Aleksinko integratsiyaning salbiy omillarini ko‘rsatib beradilar: O‘quv predmetlarining chegaralangan soni-olinayotgan katta hajmdagi bilimlarning mazmuni olamning haqiqiy ko‘rinishini, qismlarining o‘zaro bog‘liqligini aks ettirish bilan to„ldirish mumkin. Juda muhim bo‘lgan o‘qish, yozish va sanoq ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga bo‘linib o‘qitishni talab qiladiganga o‘xshaydi. Lekin o‘qish va matematikaga o‘qitishning an’anaviy tajribasi ham keng integratsion imkoniyatlar haqida dalolat berali. Bunda o‘qish fan sifatida o‘z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunoslik bo‘yicha materiallarni oladi. Matematika, arifmetika, algebraik va geometrik materiallarini o‘z ichiga oladi. Bunday integratsiya muhim ko‘nikmalar hosil qilishga halaqit bermaslik, aksincha ularni shakllantirishga kafolat beradi.
Robert Karlosning aytishicha, boshlang‘ich maktab faqat o‘qish, yozish va sanashni o‘rgatibgina qolmasdan, bundan ham muhimroq va kattaroq masalani amalga oshirish kerak. Chunki har bir bola shakllantirish davrida uning intellektual faolligini rag‘batlantirish, tabiiy qobiliyat singari, uniig keyingi muvaffaqiyatlari uchun juda muhimdir.
Integratsiyalangan kurslarni shu yoshdagi bolalarga tushunarli va qiziq bo‘lishi uchun bayon qilishning qiyinligi. Bu omilni bartaraf etishning yo‘llari amaliyotda tekshirilgan eng ma’qul uslublarni ishlab chiqishda hamda o‘qituvchilar tayyorlashning maxsus tizimidadir.
Yüklə 188,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin