часть
3
«
Научный импульс
»
апреля
, 202
3
1568
Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqiy muhofaza berish shartlari qonun bilan
belgilanadi.
Intellektual ob’ektlarning quyidagi turlari bo‘yicha ularni huquqiy muhofaza qilish
ularning yaratilishi (vujudga kelish) fakti asosida sodir bo‘ladi:
- fan, adabiyot va san’at asarlari;
- EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;
- ijrolar, ijrolarni sahnalashtirish, eshittirish va ko‘rsatuvlar;
- topologik va integral sxemalar.
Intellektual mulk quyidagi obyektlarining huquqiy muhofazasi davlat organi
tomonidan huquqiy muhofaza yorlig‘i berilishi asosida vujudga keladi:
- ixtiro, sanoat namunasiga nisbatan – patent beriladi;
- foydali modelga nisbatan – guvohnoma beriladi («Ixtirolar, sanoat namunalari,
foydali modellar to‘g‘risida»gi Qonundan);
- seleksiya yutuqlariga nisbatan – patent beriladi;
- tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisiga nisbatan u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib –
guvohnoma beriladi;
- firma nomi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib (reestrga kiritilib) bu haqda – dalolatnoma
beriladi;
- tovar chiqarilgan joy nomiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib – undan
foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Mutloq huquqlar- bunday huquq egalarini turli harakatlar sodir etish (ijodiy faoliyat
mahsulidan foydalanish, uni tasarruf etish kabi) bo‘yicha haqdorligi, vakolatliligini va ayni
vaqtning o‘zida boshqa har qanday shaxslarga bunday yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarni
sodir etishning taqiqlanishini ta’minlovchi subyektiv mutlaq huquq tushuniladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan tahlillar intellektual faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or
intellektual faoliyat natijalarini qo‘llash orqali ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya
qilish, intellektual mulkni huquqiy himoya qilish, davlat organlari va tashkilotlarining ushbu
yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, intellektual
mulk obyektlari qo‘llangan mahsulotlar hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda
o‘z nomiga (brendiga) ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish
borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini ko‘rsatadi. Xususan: intellektual
mulk obyektlarini ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilish ko‘rsatkichlari juda pastligi, aholi
va tadbirkorlik subyektlari intellektual mulk sohasi bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga
ega emasligi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatiga intellektual faoliyat
natijalarini joriy qilishdan manfaatdor emas va ixtirochilar va novatorlar uchun qulay shart-
sharoitlar yaratilmaganligidir.
Qayd etilgan kamchiliklar mamlakatimizda intellektual mulk sohasining jadal
rivojlanishiga, jahon bozorlarida O‘zbekiston nomini ifoda qiluvchi mahsulotlar eksporti