20
1.
ETni qurishdagi eng murakkab masalalardan biri
bilimlar bazasi tizimini
qurish va uni to‘ldirish hisoblanadi. Bu ikki bosqich o‘zaro yo‘nalishli (bir biriga
bog‘liq), ikkinchi bosqichdan birinchi bosqichga o‘tish mumkin, shu bilan birga,
ekspertdan olingan bilim boshlangich BBga mos tushmasligi mumkin. U faqat
faktlar, tavsiflangan muammolar maydoni, shuningdek, bu faktlarni o‘zaro
aloqasidan iborat. Bilimlar bazasi markazida qoidalar joylashadi.
Qoida berilgan aniq holatda nima natija kelib chiqishini aniqlaydi va ikki
qismdan iborat bo‘ladi: bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin bo‘lgan shart va agar
shart bajarilganda kelib chiqadigan harakatdan iborat. Ekspert tizimida
foydalanilgan barcha qoidalar tizim qoidasini ifodalaydi, hatto oddiy tizimlar ham
bir necha ming qoidadan tashkil topishi mumkin. Bilimlarning barcha ko‘rinishi
predmet maydoni o‘ziga xosligiga bog‘liq va shu yoki boshqa hollarda
loyihachining mahorati (bilimlar muhandisi) adekvatlik darajasi bir yoki bir necha
semantik modellar yordamida tasvirlash mumkin. Eng keng tarqalgan modellarga
mantiqiy, mahsuliy, freymli va semantik tarmoqlar kiradi.
2.
Dostları ilə paylaş: