19-MAVZU. KOMMUNAL TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRISHDA
INTERAKTIV XIZMATLAR
Reja:
1.
Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz dan
2. Bo‘limda bir qancha xizmatlar .
3. Kommunal xizmatlarni onlayn to‘lashda xizmatlar ketma-ketligi
Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portalini tahlil qilish. Uning resurslari,
faoliyat maqsadlari, kommunal xizmatlarini yagona oyna ko‘rinishida interaktiv
xizmatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Tinglovchi e-kommunal.uz, ya’ni
Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portalidan ID.uz yagona identifikatsiya tizim
orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi xamda elektron xisoblagichlarni profilga
kiritib onlayn to‘lovni amalga oshirishi lozim. Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi
portali e-kommunal.uz
Portalning asosiy vazifasi aholining uy-joy-kommunal soha va kommunal
xizmat vakillari, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining sohaning
yuqori tashkilotlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirishdir. Portalning
maqsadi – interfaol va axborot xizmatini ko‘rsatish orqali kommunal xizmatlarining
aholi, tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi uchun yagona axborot
makonini tashkil etish, kommunal xizmatlar faoliyatida oshkoralikni ta’minlashdan
iborat. Portal ѐrdamida iste’molchilarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish maqsadida
kommunal xizmat va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati
avtomatlashtirilmoqda.
2.1-rasm E-kommunal.uz
Foydalanuvchi tizimdan foydalanish uchun ID.UZ yagona identifikatsiya
tizimida ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.
2.3-rasm ID.uz
Foydalanuvchi
ro‘yxatdan
o‘tgandan
so‘ng
xizmatlar
yetkazib
beruvchilarining rekvizitlarini bilib olishi, portal ma’muriyatiga savol bilan
murojaat qilish imkoniyati mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, faqat o‘z profilidagi
ma’lumotlarni, misol uchun, o‘z manzilini ko‘rsatgandagina boshqaruvchi
kompaniyalarning
rekvizitlarini
bilib
olish
uchun
«Xizmatlar
yetkazib
beruvchilarim» xizmatidan foydalanish imkoniyati beriladi. Profildagi barcha
ma’lumotlar tahrir qilinadi, shu sababli yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tganda
axborotni yangilash imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng
yuqori o‘ng burchakda foydalanuvchi ismi va familiyasi bilan bir qatorda
―xizmatlar profili‖ paydo bo‘ladi. Bu xizmatlar profilida «Murojaatlarim»,
«Xizmatlar yetkazuvchilarim», «Profilim» va «Vijetlarim» servislariga menyusi
paydo bo‘ladi. «Profilim» bo‘limida foydalanuvchi kommunal hisob-raqamlarini
to‘ldirish kerak. Shundan so‘ng «Vijetlarim»da resursdan foydalanuvchi onlayn
rejimida kommunal bo‘yicha joriy hisoblanmalarni ko‘rishi mumkin.
2.4-rasm
Natijada Vidjet bo‘limida sovuq suv, elektroenergiya, tabiiy gaz, issiq suv
uchun to‘lagan pullari haqida ma’lumotlarni (qarz bo‘lsa,qarzlarni) kuzatib borishi
imkoniyati mavjud.
Interaktiv xizmatlar bo‘limi mavjud. Bo‘limda bir qancha xizmatlar mavjud
kommunal xizmatlar kalkulyatori
kommunal xizmatlari uchun onlayn to‘lov va balansni tekshirish
qurilish va ta’mirlash ishlari smeta kalkulyatori
savol berish
so‘rovnomalar
murojaat
to‘lov varaqasi
2.6-rasm Interaktiv xizmatlar.
E-kommunal portalida nazarda tutilgan yana bir interfaol xizmat –
«Kommunal xizmatlar kalkulyatori». Bunda foydalanuvchi, hatto ro‘yxatdan
o‘tmasdan turib, elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish, chiqindi
uchun qancha to‘lashi kerakligini hisoblashi mumkin. Dasturda hisoblagichning
mavjudligini hisobga olib, xonadonda yashovchi kishilarning sonidan kelib chiqib
turli tariflar qo‘yilgan. Bu faqat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan.
Kommunal xizmatlari elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish,
chiqindi uchun u-pay va mbank to‘lov tizimlari orqali onlayn to‘lov imkoniyati
mavjud.
Murojaat bo‘limida murojaat formasini to‘ldiriladi, zarur hollarda esa unga
qo‘shimcha fayllarni qo‘shish imkoniyati mavjud. So‘ngra foydalanuvchi
tomonidan tanlangan soha va toifaga qarab, tizim uning murojaatini tegishli davlat
organiga jo‘natadi.
To‘lov varaqasi xizmatida tanlangan kommunal turi bo‘yicha to‘lov varaqa
xosil bo‘ladi, to‘lov varaqa to‘ldirilib, chop etish imkoniyati xam mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: |