Interfaol ta’lim metodlari


O’zlashtirish (o’rganish)



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə69/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,84 Mb.
#43608
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83
Interfaol ta’lim metodlari

O’zlashtirish (o’rganish) – bu «qo’zg’ash ta’siri-reakstiya» ketma-ketligi takrorlanishining natijasidir. Shu takrorlar soni qancha ko’p bo’lsa o’zlashtirish natijasi shuncha yaxshi bo’ladi. («Takror orqali o’rganish» tamoyili).

  • Ikkinchi qo’zg’ovchi birinchi qo’zg’ovchi bilanbirgilikda tez- tez ishlatib turilsa, u birinchi qo’zg’ovchining o’rnini bosa oladi. («Shartli reflekslar orqali o’rganish» tamoyili).

  • O’zlashtirishda erishilgan yaxshi natijalir maqtab turilsa, bunday natijalar ko’payib boraveradi. («Kuchaytirish orqali o’rganish» prinstipi).

  • Aniqbir maqsadga qaratilgan tarzda ishlitilgan maqtov va jazolar orqali deyarli istalgancha tegishli o’zinitutish tarzlari o’zlashtirilishi yoki yo’q qilinishi mumkin.

    Amaliyotda o’rgatish uchun esa, bundan quyidagi xulosalar chiqarildi:

    Qo’zg’ovchi sifatida berilgan har bir qisqa savolga to’g’ri javob berilishi bilan iloji boricha uni darrov maqtab qo’yish (masalan «Yaxshi javob!» deb) kerak. Noto’g’ri javob ham ochiq va oydin tanqidlanishi (tanbehlanishi) lozim,

    Amaliyotda talabalar birorta iloji boricha qisqa ish bosqichi bilan tanishtiriladi, so’ng uni qaytaradilar va to uni mukammal o’zlashtirmagunlaricha takrorlab mashq qiladilar. Bunday mashqlarning zarurligi ochiq va oydin tan olinishi kerak. Bunda kichik o’quv bosqichlari katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda bu usulga ba’zi didaktik elementlar qo’shilib, mukammalashtirildi.

    Bundan tashqari bosqichlarni biroz murakkabroq qilishga harakat qilinmokda. Ya’ni shunday mashqlar ham kiritilishi mumkinki ular doirasida talaba birdaniga bir nechta ko’nikmalar va operastiyalarni amalda bajarishi kerak. «Tushuntirish» va «nima qilishni ko’rsatib berish» pog’onalari esa, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

    Hayvonlar ustida muvaffaqiyatli o’tkazilgan eksperimentlar asosida olimlar inson o’zini tutishini istagancha manipulyastiya qilish (boshqarish) mumkin deb hisoblab, insonning fikrlashidagi ichki jarayonlarni batamom e’tibordan tashqarida qoldirishgan, chunki ular faqat ayrim jonzotlar tashqi qo’zg’ovchilarga qanday reakstiya qilishlarini o’lchaganlar xolos. Shunga qaramay bu usul odamlarga har turli kasbiy harakatlarni bajarish ko’nikmalarini o’rgatishda o’zini juda ham yaxshi okladi.

    Shuning uchun bu usul kasbiy-texnikaviy sohalarda eng avvalo, ish o’rnida kerakli ko’nikmalarni o’rgatishda kelajakda ham muhim rol o’ynaydi.

    Bahs – munozara” metodi

    Bahs-munozara”metodi- biror mavzu bo’yicha ta’lim oluvchilar bilan o’zaro bahs-munozara va fikr almashuv tarzida o’tkaziladigan mashg’ulot metodidir.

     

    Bahs-munozaralar o’quv guruhini ikki yoki undan ko’p kichik guruhlarga bo’lgan holda ishtirokchilarning biror mavzu bo’yicha o’zaro fikrlar almashishi tarzida o’tkaziladi.



    Bahsning samarali bo’lishi eng avvalo bahslashuvchilarning bir-birlariga nisbatan qanday holatda joylashuvlariga bog’liq. Tinglovchi va muzokarada qatnashuvchilarning o’zaro joylashuvlari va ularning psixologik mavqelarining mohiyati muhim ahamiyatga ega ekanligi bois biz ushbu masala bo’yicha quyidagi variantlarni keltiramiz:



    • Sinf sharoiti. Bu – an’anaviy dars o’tkazish shakli bo’lib, tinglovchilar bir-birlarining yuzlarini ko’rish imkoniyatlari cheklangan holatda o’tiradilar. Ularning doska oldidagi o’qituvchiga va u bayon etayotgan mazmunga nisbatan munosabatlari va mas’uliyatlari turlicha. Bu sharoitda bahs o’tkazish mumkin emas. Chunki sinfda ohirgi qatorda o’tirgan bola bilan birinchi qatorda o’tirganning darsga munosabati keskin farq qiladi. Tinglovchining psixologik mavqei – «Men» – o’yindan tashqarida» deb baholanadi.

    • «Men» – o’yinda» deb ataluvchi holat: tinglovchilar doira shaklidagi stol atrofida joylashadilar va o’rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr almashish, hattoki, ayrim ijtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, hatto boshlovchi ham «qatorda» o’tiradi. «Ishchanlik o’yinlari» va boshqa rolli o’yinlar ana shunday sharoitda o’tkazilishi mumkin.

    • «Men» – munozarada» deb ataluvchi holat ayni bahs – munozaralar o’tkazish uchun qulay, chunki unda shaxs o’z fikrini dadilaytish uchun imkoniyatni his qiladi. Odatda, bunday bahslar to’rtburchak stol atrofida uyushtiriladi.

    • «Men» – hamkorlikdaman» degan holat kattaroq guruhlar tarkibida tashkil etiladi. Munozara a’zolari to’rt-besh kishidan bo’lib alohida stollar atrofida o’tirib, har bir guruh o’z qarorini chiqaradi. «Munozara» klublari» faoliyati shu tarzda tashkil etiladi.

    3-sxema


    Yüklə 1,84 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin