INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2022/15
49
Temur “Tuzuklar” asarida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash
masalasini talqin qilgan va
bunda shaxsda murosa (kompramiss) fazilatini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi.
Alisher Navoiy “Hamsa” asarida bir qator komil insonlar timsolini tavsiflab bergan.
Misol uchun, “Farhod va Shirin” dostonida Farhodni 9 yoshida komil inson bo‘lib
yetishganini va buning uchun u eng yetuk ustozlardan saboq olganligini tasvirlaydi.
Jadid mutafakkiri Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” pedagogik dramasida
bilim olmagan bolaning padarkush bo‘lib yetishini tasvirlab bergan.
Chunki bilim
tarbiyaning ilmiy va nazariy asosi hisoblanadi.
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida yosh avlodni
o‘qitish vositasida tarbiyalashni asoslab bergan.
Fransuz pedagogi Jan Jak Russo “Emil” asarida oila tarbiyasi masalasini talqin
qilib bergan.
Uning fikricha, oilada bola tarbiyasi bilan oilaning eng yetuk a’zosi
shug‘ullanishi kerak. Pedagog bu borada onalarning tarbiyaviy o‘rnini alohida
ta’kidlaydi va Emil ismli onaning o‘z farzandini qanday tarbiyalaganligini, bu bu ayol
,,Kundaliklar,, tutib borganligini ko‘rsatib beradi. Shu ma’noda
tarbiya ishi bilan
shug‘ullanuvchi shaxsning kundaliklari bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shved pedagogi Iogan Genrix Pistalotsi “Erudiga maktablar” asarida yoshlarni
ijtimoiy tarbiyalash va bunda ularni savodxon qilish
masalasiga alohida tayanish
lozimligini asoslab bergan. Hozirgi kunda butun dunyo xalqlarida amalda bo‘lgan
savodxonlikni Alifbedan boshlash tizimini aynan Pistolotsi asoslab bergan.
AQSH pedagoglari, masalan Jon Jems, tarbiyada pragmatizm, ya’ni tarbiyaning
amaliy natijalarini ustuvor qo‘yishadi. Unga ko‘ra, shaxsga kelgusi faoliyatida zarur
bo‘lgan bilim, fazilatlar va ko‘nikmalar shakllantirilishi kerak.
Keltirilgan manbalardan ma’lum bo‘ladiki, tarbiya jarayonida shaxsda bir talay
fazilatlar, tamoyillar va g‘oyalarni shakllantirish lozim bo‘ladi. Har qanday tarbiya
jarayonida bu pedagogik merosga tayaniladi. Shaxsga kelgusi faoliyatida zarur bo‘lgan
bilim, fazilatlar va ko‘nikmalar shakllantirilishi kerak. Bugungi kunda ham bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shu tajribalarni o‘rganishi, o‘zlashtirishi va amaliy