“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5
13
BULUTLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING IMKONIYATLARI
Abduraxmanova Mexri Gapparbekovna
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
magistranti
Annotatsiya
Ushbu risolada bulutli texnologiyalar bilan ishlash bir qancha masala va
muammolari, uning asosiy turlari, shu jumladan, bir konkret misol sifatida hozirgi
paytda keng miqyosda qo’llanilayotgan Microsoft Cloud bulutli platformasi
optsiyalari imkoniyat doirasida yoritilib berilgan. Risolada bir qancha bulutli
platformalar tahlil qilinib, bizning nazarimizda ularning ichdan faoliyati va qamrab
olinishi bo’yicha eng innovatsion platforma sifatidagi Microsoft Cloudning tarkibiy
qismlari va ulardan foydalanish tavsif etilib berilgan.
Kalit so’zlar
: bulut,
Microsoft Cloud,
platforma, 3D-model,
sun’iy intellekt ,
texnologiya, r
obototexnika
, innovatsiya, virtual,
sinergiya, fluktuatsiya
.
KIRISH
Mana bir yarim yildirki (Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotiga
ko‘ra) butun dunyoni qiynayotgan “Pandemiya” ko‘pgina sohalarni rivojlanishini
izdan chiqardi. Shular qatori ta’lim sohasini ham. Bu yana qancha davom etadi hali
noma’lum. Qat’iy karantinlar ko‘pchilik insonlarni turli xil gadjetlarga,
messenjirlarga, raqamli texnologiyalarga bog‘lab qo‘ydi. Ya’ni ta’lim olmoqchi
bo‘lganlarni uydan chiqmasdan masofadan o‘qishga, bilim, ilm, ko‘nikma olishga
majbur qilib qo‘ydi va qaysidir ma’noda masofadan ta’limni boshqarish, ta’limni
tashkil etish tezlashib ketishiga olib keldi. Buni amalga oshirish uchun turli xil
platformalar yaratildi, mavjudlaridan unumli foydalanishga turli ishlanmalar, mavjud
imkoniyatlarni tadbiq qilishga taqozo qildi. Bulutli texnologiyalardan har kuni juda
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5
14
ko‘p foydalanamiz, go‘yoki kunimizni juda ko‘p vaqtini shu “Bulutli texnologiyalar”
taqdim etayotgan imkoniyatlarga bog‘lagandekmiz, ya’ni turli xil xabarlar, o‘zaro
muloqotlar, matn, ovozli hattoki video muloqotni, turli ko‘rinishdagi (matn, grafik,
video va hakazo) ma’lumotlarni bulutli texnologiyalar vositasida almashinamiz.
Demak, maqsadimiz ushbu bulutli texnologiyalar yordami bilan yuqorida aytilgan
ilm, bilim, qaysidir ma’noda ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirish va buni amalga
oshiruvchi xizmat turidan foydalanishni yoritishdan iborat. Bеlgilаb оlingаn
mаqsаddаn kеlib chiqqаn hоldа ushbu risolada quyidagilarni ko’rib chiqishga harakat
qilamiz:
- Bulutli texnologiyalarning mazmun - mohiyatini ta’lim jarayoni uchun yetarli
miqyosda yoritish;
- Foydalanuvchilarni masofadan turib o‘qitishida bulutli texnologiyalar platformasi
imkoniyatlaridan foydalana olishining usul va vositalari;
- O‘zbеkistоndа tа’lim tizimigа Microsoft Cloud bulutli tа’lim tехnоlоgiyalаrini jоriy
etish jаrаyonlаrini o‘rgаnish;
- Tа’lim jаrаyonidа Microsoft Cloud bulutli tа’lim tехnоlоgiyalаrini tаdbiq qilishning
zаmоnаviy хоrij tаjribаlаrini tаhlil qilish;
- Microsoft Cloud platformalari mavzusi bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va
kompetentsiyalarini baholash usullarini yoritish.
Taniqli bulutli hizmatlardan biri bo’lib tanilgan Microsoft Cloud dasturiy
mahsuloti Platforma sifatidagi xizmat (Platform as a Service – PaaS) bo’lib, u
foydalanuvchiga ilovalarni xizmatlar to‘plami sifatida (yaratilgan yoki sotib olingan)
taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish bulutli modelidir. Xususan, bu platforma xizmatlar
sifatida oraliq dasturiy ta’minot, xabarlar almashish, integratsiya, axborotlar saqlash,
aloqa va shu kabi boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, xizmat sifatida ish
joyi (Workplace as a Service – WaaS), ma’lumotlar (Data as a Service – DaaS),
xavfsizlik (Security as a Service – SaaS) kabilar taqdim etilishi mumkin. Bu haqda
bir qancha ilmiy adabiyotlarda yetarli holda ma’lumotlar berilgan, shu jumladan,
taniqli xorijlik mutaxassislar ham bu mavzuni e’tibordan chetda qoldirmaganlar.
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5
15
Mamlakatimiz rahbarlari ham ushbu sohani rivojlantirish va uni respublika
iqtisodiyotiga jalb qilish bo’yicha bir qancha qonun, farmon va qarorlar chiqarganlar.
Standart va texnologiyalar milliy institutining (NIST - National Institute of Standards
and Technology, USA) “The NIST Definition of Cloud Computing” nomli hujjatida
informatsion bulutlarning quyidagi tasniflari aniqlab berilgan:
- talab bo‘yicha o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish (On-demand self-service);
- keng yo‘lakli kirish imkoniyati (Broad network access);
- resurslarni birlashtirish (Resorce pooling);
- tezkor elastic holat (Rapid elasticity);
- o‘lchovli servis (Measured service);
Tarmoq standartlari nuqtai - nazaridan platformalarning faoliyati tahlil qilingan
ilmiy izlanishlarga Nobel mukofoti laureati Jan Tirolning “Platform Competition in
Two-Side Markets” maqolasi misol bo’la oladi. Keyinchalik O.Gassman va boshqa
mutaxassislar “ikki tomonlama bozor” turidagi platformalarning faoliyat ko’rsatish
modelini menejment nuqtai - nazaridan tavsiflab berdilar. Ularning fikricha, bunday
modelni ilk bora yuz yillar avval birjalar ishlatganlar. Hozirgi zamonda esa “ikki
tomonlama bozor” turidagi modellarning juda ko’p turlari mavjud va ular bilvosita
tarmoq effektini ta’minlab beradilar. Misol sifatida kredit kartalarini (VISA va
Master Card), savdo markazlarini, onlayn savdo maydonlarini, chegirmalar
platformasini Groupon, reklama hisobiga nashr qilinadigan gazetalarni va
boshqalarmi keltirish mumkin. Bu holda platforma – ma’lum bir sohaga mansub
bo’lgan biznesning modeli bo’lib, u qandaydir kompleks asosida bir - biriga bog’liq
bo’lmagan guruhlar orasida ma’lumot almashinishni ta’minlab beradi. Bunday
platformalarni ba’zida “toza platformalar” deb ham ataladi (masalan, YouTube va
VISA). Platformalar asosida amalga oshiriladigan biznes an’anaviy bir o’lchamli
yoki chiziqli biznesdan farqli ravishda, ko’p o’lchamli bo’lib qoladi, bunday
platformalarni tashkil qiladigan kompaniyalarni esa katalizator - kompaniyalar deb
nomlanadi. Chunki platformalardan foydalanish tufayli, yangi ma’lumotlar ikki yoki
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5
16
undan ortiq bir - biriga bog’liq bo’lgan iste’molchilar guruhi orasidagi o’ziga hos
katalitik reaktsiya natijasida hosil bo’ladi.
Raqamli texnologiyalar haqida tushuncha va uning tarixi.
Raqamli iqtisodiyot tayanadigan asosiy texnologiyalardan biri bu – buyumlar
internetidir (IoT – Internet of Things). Ya’ni, ko‘plab maishiy uskunalar elektr
tarmog‘iga ulanganligi odatiy, lekin bular ikkinchi darajali hisoblanadi. Moddiy
dunyoning tobora ko‘plab ob’ektlari internetga ulanmoqda, bu esa axborot to‘plash
va hatto bu ob’ektlarni masofadan turib boshqarishni ham ta’minlamoqda. Amalda
internetda tashqi dunyo va ob’ektning turli ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan moddiy
ob’ektning virtual nusxasi paydo bo‘lib, ushbu ob’ektni internet orqali boshqarishga
imkon bermoqda. Buyumlar internetiga misol qilib, masalan, texnik yordam
hizmatida aniqlangan buzilishlar va rejadan tashqari ta’mirlash doirasida almashtirish
lozim bo‘lgan ehtiyot qismlar ro‘yxatini yuboradigan vitual ma’lumotlar uzatish
tizimini keltirib o‘tish mumkin. Buyumlar internet sohasi rivojlanishining keying
bosqichida buyumlarning nafaqat odam bilan, balki o‘zaro aloqa qilishi mumkinligi
ham hisoblanadi, bu konveyerli liniyalarda, texnik ta’mirlash tizimlarida, logistika va
boshqa ko‘plab biznes sohalarida avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqalarga erishish
imkonini beradi. Lekin hali yechimini kutib turgan masalalar ham bor, chunonchi:
elektr energiyasini minimal tarzda iste’mol qiladigan elektronika, shuningdek,
buyumlarning o‘zaro aloqa qilishi uchun yangi aloqa standartlarini yaratish.
Raqamlashtirish bilan bog‘liq yana bir innovatsion yo‘nalish bu – to‘ldirilgan
reallikdir (Augmented Reality, AR). Real dunyoga virtual dunyo ob’ektlarini
qo‘shishga imkon beradigan to‘ldirilgan reallik texnologiyasi eng istiqbolli
texnologiyalardan biri hisoblanadi. Tasavvur qiling, ko‘chada ketayotib, yoningizda
bo‘lgan odamlar va ob’ektlar haqida qo‘shimcha axborot ko‘rasiz. To‘ldirilgan
reallikka misollar mavjud bo‘lib, ular hayotda faol qo‘llanmoqda.
Masalan, Moskvadagi ayrim parklarda moddiy dunyo ob’ektining virtual
dunyo ob’ektiga bog‘langanini ko‘rsatadigan belgilarni uchratish mumkin.
To‘ldirilgan reallik elementlari bo‘lgan o‘yinlar faol tarqalmoqda, magazinlarda
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5
17
virtual ko‘zgular va kiyimlar kiyib ko‘rish xonalari mavjud, to‘ldirilgan reallik
avtomobillarda ham sinab ko‘rilmoqda. Biznesda virtual reallik texnologiyalari u
qadar faol qo‘llanilmaydi, u yerda hozir 3D-modellashtirish texnologiyalariga talab
kuchliroqdir. Real dunyoning raqamli 3D-modellarini tuzishga misollar servis sohasi
korxonalari, qurilish kompaniyalari, murakkab texnologik mahsulotlar ishlab
chiqaruvchilar, neft qazib chiqarish va boshqa tarmoqlar hisoblanadi. 3D-
modellashtirish doirasida nafaqat ob’ektlar modellarini tuzish haqida, balki ularni
ma’lumotlar bilan to‘ldirish haqida ham gapirish mumkin bo‘lib, bu o‘z navbatida,
boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini optimallashtirishga va oqibatda
mahsulotlarni loyihalashtirish vositalarini ularni ishlab chiqarish vositalari bilan
bog‘lashga imkon beradi. Shu bilan bir paytda, virtual reallik texnologiyalarini
ommaviy joriy qilish yo‘lida insonning virtual reallikdagi yanada haqqoniyroq
ishtirokini ta’minlaydigan uskunalarning yangi avlodlarida virtual dunyoni aks
ettirishning realligini yanada oshirishni ta’minlash kerak bo‘ladi. Shubhasizki,
raqamli iqtisodiyot robototexnika bilan ham chambarchas bog‘liq. Robotlarning
insonlar hayotidagi ishtiroki fantastlar tomonidan ko‘p marta muhokama qilingan,
lekin hozirda robotlar bizning real hayotimizga ham tezkorlik bilan va bevosita kirib
kelmoqda. Odamlar ishlab chiqarishda bajaradigan oddiy funksiyalarni robotlar
bajarishi xatolar sonini ancha kamaytirish hamda ishlarning bajarish tezligini
oshirishga imkon beradi. Sir emaski, ko‘plab sanoat kompaniyalari yig‘uv liniyalari
va logistikada robototexnikani faol qo‘llaydi, bu inson omilining ahamiyatini
pasaytirish va ishga minimal sondagi odamlarni jalb qilishga imkon beradi. Sanoat
robotlari qiymatini (bahosini) pasaytirish ularni qo‘llashdan iqtisodiy samaradorlikka
erishish imkonini yaratadi va odamlarga amalda qanday qilib mexanizmlar avtomatik
rejimda inson ishtirokisiz mahsulot ishlab chiqarishini kuzatib turishiga to‘g‘ri keladi,
xolos. Germaniyada hattoki 4.0.Industriya atamasi ham paydo bo‘lgan bo‘lib, u
avtomatlar ishlab chiqarish jarayoni doirasida o‘zaro aloqa qiladigan to‘liq
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish va logistika tarmoqlari tuzishni ko‘zda tutadi.
Robototexnika, buyumlar Interneti, sun’iy intellekt va 3D-bosmaning uyg‘unlashuvi
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5
18
hozirgi paytda krossovkadan tortib avtomobillargacha bo‘lgan mahsulotlarni ishlab
chiqarish bo‘yicha to‘liq mexanizatsiyalashgan fabrikalar qurishga imkon bermoqda.
3D-bosma qurilish sohasi ba’zi bir tarmoqlarni va mashinasozlikni tubdan o‘zgartirib
yuborishi mumkin bo‘lgan texnologiyadir. Polimerlar, beton, metall va hatto oltindan
ham mahsulot bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan 3D-printerlarning juda ko‘p
miqdorda yaratilishi ishlab chiqarish tsikli tushunishning o‘zini ham o‘zgartiradi,
chunki ko‘plab mahsulot turlarini uydan chiqmasdan, faqat uch o‘lchamli model va
3D-printerga ega bo‘lgan holda olish mumkin bo‘ladi. 3D-bosmani o‘zlashtirishga
mashinasozlik ham faol qo‘shilgan bo‘lib, bu yerda detallarni «klassik» usulda
olishdan ko‘ra, bosib chiqarish arzonga tushadi. Kiyim-kechak va oyoq kiyimi
dizaynerlari ham o‘zlarining yangi mahsulotlarini bosib chiqarmoqdalar. Quruvchilar,
zargarlar, tibbiyot hodimlari ham o‘z biznes jarayonlarida 3D-bosmadan faol
foydalanmoqdalar. O‘zini - o‘zi bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan printer ham
yaratilgan. Xitoy kompaniyalari esa istalgan shaxs uy sharoitlarida o‘zi uchun 3D-
printer yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan konstruktorlar ishlab chiqara boshlagan. Garchi
texnologiya yo‘lida hali murakkab mahsulotlar bosib chiqarish bilan bog‘liq savollar
turgan bo‘lsada, oyoq kafti xususiyatlarini hisobga oladgan holda yangi krossovka
bosib chiqarish mumkin bo‘ladigan murakkab tarkibiy qismli mahsulotlar bosib
chiqarish imkoniyati paydo bo‘lishining ehtimoli juda yuqori. Asosiysi, bu ishni
uydan chiqmasdan ham bajarsa bo‘ladi.
Endi texnologiyalar sinergiyasi haqida gapirib o’tamiz. Innovatsion raqamli
texnologiyalarni boshqa vositalar bilan birgalikda qo‘llash nafaqat u yoki bu biznes -
jarayonni o‘zgartirishga, balki bungacha hali mavjud bo‘lmagan mahsulot ishlab
chiqargan holda tarmoqni to‘liq qayta tashkil qilishga ham imkon beradi. Raqamli
o‘zgartirishda eng qiziqarlisi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va ushbu barcha
texnologiyalarni birgalikda qo‘llash mumkinligidadir. Sinergetika nazariyasi
atamalarida shuni aytish mumkinki, ijtimoiy tizim doimiy o‘zgarishda bo‘ladi,
institutsional shakllar tasodifiy o‘zgarishlari (fluktuatsiya) – tizim mikro darajasida
tartibsizlik ko‘rsatkichi va hamda uning rivojlanish imkoniyatidir. Ayrim
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5
19
fluktuatsiyalar shu qadar kuchli bo‘lib chiqadiki, kelgusi rivojlanish traektoriyasini
belgilab berib, sifat o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. Masalan, buyumlar interneti
virtual dunyoni real dunyo bilan birlashtirishga imkon beradi, sun’iy intellekt esa
buyumlar internetidan olingan juda katta hajmdagi ma’lumotlar to‘plamlari asosida
hulosalar va qarorlar shakllantirishi mumkin. To‘ldirilgan va virtual reallik yangi
dunyoni inson ko‘ziga ko‘rinadigan qilib qo‘yadi. Robototexnika va 3D-bosma esa
ko‘plab muntazam bajariladigan operatsiyalarni to’liq avtomatlashtirishga imkon
beradi.
Dostları ilə paylaş: |