“International Сonference on Learning and Teaching” 2022/5



Yüklə 55,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü55,25 Kb.
#166995
  1   2
13-19



“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5 
13 
 
BULUTLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING IMKONIYATLARI 
 
Abduraxmanova Mexri Gapparbekovna 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
magistranti 
Annotatsiya 
Ushbu risolada bulutli texnologiyalar bilan ishlash bir qancha masala va 
muammolari, uning asosiy turlari, shu jumladan, bir konkret misol sifatida hozirgi 
paytda keng miqyosda qo’llanilayotgan Microsoft Cloud bulutli platformasi 
optsiyalari imkoniyat doirasida yoritilib berilgan. Risolada bir qancha bulutli 
platformalar tahlil qilinib, bizning nazarimizda ularning ichdan faoliyati va qamrab 
olinishi bo’yicha eng innovatsion platforma sifatidagi Microsoft Cloudning tarkibiy 
qismlari va ulardan foydalanish tavsif etilib berilgan. 
Kalit so’zlar
: bulut, 
Microsoft Cloud, 
platforma, 3D-model, 
sun’iy intellekt , 
texnologiya, r
obototexnika
, innovatsiya, virtual, 
sinergiya, fluktuatsiya
.
KIRISH 
Mana bir yarim yildirki (Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotiga 
ko‘ra) butun dunyoni qiynayotgan “Pandemiya” ko‘pgina sohalarni rivojlanishini 
izdan chiqardi. Shular qatori ta’lim sohasini ham. Bu yana qancha davom etadi hali 
noma’lum. Qat’iy karantinlar ko‘pchilik insonlarni turli xil gadjetlarga
messenjirlarga, raqamli texnologiyalarga bog‘lab qo‘ydi. Ya’ni ta’lim olmoqchi 
bo‘lganlarni uydan chiqmasdan masofadan o‘qishga, bilim, ilm, ko‘nikma olishga 
majbur qilib qo‘ydi va qaysidir ma’noda masofadan ta’limni boshqarish, ta’limni 
tashkil etish tezlashib ketishiga olib keldi. Buni amalga oshirish uchun turli xil 
platformalar yaratildi, mavjudlaridan unumli foydalanishga turli ishlanmalar, mavjud 
imkoniyatlarni tadbiq qilishga taqozo qildi. Bulutli texnologiyalardan har kuni juda 


“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5 
14 
ko‘p foydalanamiz, go‘yoki kunimizni juda ko‘p vaqtini shu “Bulutli texnologiyalar” 
taqdim etayotgan imkoniyatlarga bog‘lagandekmiz, ya’ni turli xil xabarlar, o‘zaro 
muloqotlar, matn, ovozli hattoki video muloqotni, turli ko‘rinishdagi (matn, grafik, 
video va hakazo) ma’lumotlarni bulutli texnologiyalar vositasida almashinamiz. 
Demak, maqsadimiz ushbu bulutli texnologiyalar yordami bilan yuqorida aytilgan 
ilm, bilim, qaysidir ma’noda ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirish va buni amalga 
oshiruvchi xizmat turidan foydalanishni yoritishdan iborat. Bеlgilаb оlingаn 
mаqsаddаn kеlib chiqqаn hоldа ushbu risolada quyidagilarni ko’rib chiqishga harakat 
qilamiz:
- Bulutli texnologiyalarning mazmun - mohiyatini ta’lim jarayoni uchun yetarli 
miqyosda yoritish
- Foydalanuvchilarni masofadan turib o‘qitishida bulutli texnologiyalar platformasi 
imkoniyatlaridan foydalana olishining usul va vositalari; 
- O‘zbеkistоndа tа’lim tizimigа Microsoft Cloud bulutli tа’lim tехnоlоgiyalаrini jоriy 
etish jаrаyonlаrini o‘rgаnish;
- Tа’lim jаrаyonidа Microsoft Cloud bulutli tа’lim tехnоlоgiyalаrini tаdbiq qilishning 
zаmоnаviy хоrij tаjribаlаrini tаhlil qilish;
- Microsoft Cloud platformalari mavzusi bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va 
kompetentsiyalarini baholash usullarini yoritish.
Taniqli bulutli hizmatlardan biri bo’lib tanilgan Microsoft Cloud dasturiy 
mahsuloti Platforma sifatidagi xizmat (Platform as a Service – PaaS) bo’lib, u 
foydalanuvchiga ilovalarni xizmatlar to‘plami sifatida (yaratilgan yoki sotib olingan) 
taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish bulutli modelidir. Xususan, bu platforma xizmatlar 
sifatida oraliq dasturiy ta’minot, xabarlar almashish, integratsiya, axborotlar saqlash, 
aloqa va shu kabi boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, xizmat sifatida ish 
joyi (Workplace as a Service – WaaS), ma’lumotlar (Data as a Service – DaaS), 
xavfsizlik (Security as a Service – SaaS) kabilar taqdim etilishi mumkin. Bu haqda 
bir qancha ilmiy adabiyotlarda yetarli holda ma’lumotlar berilgan, shu jumladan, 
taniqli xorijlik mutaxassislar ham bu mavzuni e’tibordan chetda qoldirmaganlar. 


“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5 
15 
Mamlakatimiz rahbarlari ham ushbu sohani rivojlantirish va uni respublika 
iqtisodiyotiga jalb qilish bo’yicha bir qancha qonun, farmon va qarorlar chiqarganlar. 
Standart va texnologiyalar milliy institutining (NIST - National Institute of Standards 
and Technology, USA) “The NIST Definition of Cloud Computing” nomli hujjatida 
informatsion bulutlarning quyidagi tasniflari aniqlab berilgan:
- talab bo‘yicha o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish (On-demand self-service); 
- keng yo‘lakli kirish imkoniyati (Broad network access); 
- resurslarni birlashtirish (Resorce pooling); 
- tezkor elastic holat (Rapid elasticity); 
- o‘lchovli servis (Measured service); 
Tarmoq standartlari nuqtai - nazaridan platformalarning faoliyati tahlil qilingan 
ilmiy izlanishlarga Nobel mukofoti laureati Jan Tirolning “Platform Competition in 
Two-Side Markets” maqolasi misol bo’la oladi. Keyinchalik O.Gassman va boshqa 
mutaxassislar “ikki tomonlama bozor” turidagi platformalarning faoliyat ko’rsatish 
modelini menejment nuqtai - nazaridan tavsiflab berdilar. Ularning fikricha, bunday 
modelni ilk bora yuz yillar avval birjalar ishlatganlar. Hozirgi zamonda esa “ikki 
tomonlama bozor” turidagi modellarning juda ko’p turlari mavjud va ular bilvosita 
tarmoq effektini ta’minlab beradilar. Misol sifatida kredit kartalarini (VISA va 
Master Card), savdo markazlarini, onlayn savdo maydonlarini, chegirmalar 
platformasini Groupon, reklama hisobiga nashr qilinadigan gazetalarni va 
boshqalarmi keltirish mumkin. Bu holda platforma – ma’lum bir sohaga mansub 
bo’lgan biznesning modeli bo’lib, u qandaydir kompleks asosida bir - biriga bog’liq 
bo’lmagan guruhlar orasida ma’lumot almashinishni ta’minlab beradi. Bunday 
platformalarni ba’zida “toza platformalar” deb ham ataladi (masalan, YouTube va 
VISA). Platformalar asosida amalga oshiriladigan biznes an’anaviy bir o’lchamli 
yoki chiziqli biznesdan farqli ravishda, ko’p o’lchamli bo’lib qoladi, bunday 
platformalarni tashkil qiladigan kompaniyalarni esa katalizator - kompaniyalar deb 
nomlanadi. Chunki platformalardan foydalanish tufayli, yangi ma’lumotlar ikki yoki 


“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5 
16 
undan ortiq bir - biriga bog’liq bo’lgan iste’molchilar guruhi orasidagi o’ziga hos 
katalitik reaktsiya natijasida hosil bo’ladi. 
Raqamli texnologiyalar haqida tushuncha va uning tarixi. 
Raqamli iqtisodiyot tayanadigan asosiy texnologiyalardan biri bu – buyumlar 
internetidir (IoT – Internet of Things). Ya’ni, ko‘plab maishiy uskunalar elektr 
tarmog‘iga ulanganligi odatiy, lekin bular ikkinchi darajali hisoblanadi. Moddiy 
dunyoning tobora ko‘plab ob’ektlari internetga ulanmoqda, bu esa axborot to‘plash 
va hatto bu ob’ektlarni masofadan turib boshqarishni ham ta’minlamoqda. Amalda 
internetda tashqi dunyo va ob’ektning turli ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan moddiy 
ob’ektning virtual nusxasi paydo bo‘lib, ushbu ob’ektni internet orqali boshqarishga 
imkon bermoqda. Buyumlar internetiga misol qilib, masalan, texnik yordam 
hizmatida aniqlangan buzilishlar va rejadan tashqari ta’mirlash doirasida almashtirish 
lozim bo‘lgan ehtiyot qismlar ro‘yxatini yuboradigan vitual ma’lumotlar uzatish 
tizimini keltirib o‘tish mumkin. Buyumlar internet sohasi rivojlanishining keying 
bosqichida buyumlarning nafaqat odam bilan, balki o‘zaro aloqa qilishi mumkinligi 
ham hisoblanadi, bu konveyerli liniyalarda, texnik ta’mirlash tizimlarida, logistika va 
boshqa ko‘plab biznes sohalarida avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqalarga erishish 
imkonini beradi. Lekin hali yechimini kutib turgan masalalar ham bor, chunonchi: 
elektr energiyasini minimal tarzda iste’mol qiladigan elektronika, shuningdek
buyumlarning o‘zaro aloqa qilishi uchun yangi aloqa standartlarini yaratish. 
Raqamlashtirish bilan bog‘liq yana bir innovatsion yo‘nalish bu – to‘ldirilgan 
reallikdir (Augmented Reality, AR). Real dunyoga virtual dunyo ob’ektlarini 
qo‘shishga imkon beradigan to‘ldirilgan reallik texnologiyasi eng istiqbolli 
texnologiyalardan biri hisoblanadi. Tasavvur qiling, ko‘chada ketayotib, yoningizda 
bo‘lgan odamlar va ob’ektlar haqida qo‘shimcha axborot ko‘rasiz. To‘ldirilgan 
reallikka misollar mavjud bo‘lib, ular hayotda faol qo‘llanmoqda.
Masalan, Moskvadagi ayrim parklarda moddiy dunyo ob’ektining virtual 
dunyo ob’ektiga bog‘langanini ko‘rsatadigan belgilarni uchratish mumkin. 
To‘ldirilgan reallik elementlari bo‘lgan o‘yinlar faol tarqalmoqda, magazinlarda 


“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5 
17 
virtual ko‘zgular va kiyimlar kiyib ko‘rish xonalari mavjud, to‘ldirilgan reallik 
avtomobillarda ham sinab ko‘rilmoqda. Biznesda virtual reallik texnologiyalari u 
qadar faol qo‘llanilmaydi, u yerda hozir 3D-modellashtirish texnologiyalariga talab 
kuchliroqdir. Real dunyoning raqamli 3D-modellarini tuzishga misollar servis sohasi 
korxonalari, qurilish kompaniyalari, murakkab texnologik mahsulotlar ishlab 
chiqaruvchilar, neft qazib chiqarish va boshqa tarmoqlar hisoblanadi. 3D- 
modellashtirish doirasida nafaqat ob’ektlar modellarini tuzish haqida, balki ularni 
ma’lumotlar bilan to‘ldirish haqida ham gapirish mumkin bo‘lib, bu o‘z navbatida, 
boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini optimallashtirishga va oqibatda 
mahsulotlarni loyihalashtirish vositalarini ularni ishlab chiqarish vositalari bilan 
bog‘lashga imkon beradi. Shu bilan bir paytda, virtual reallik texnologiyalarini 
ommaviy joriy qilish yo‘lida insonning virtual reallikdagi yanada haqqoniyroq 
ishtirokini ta’minlaydigan uskunalarning yangi avlodlarida virtual dunyoni aks 
ettirishning realligini yanada oshirishni ta’minlash kerak bo‘ladi. Shubhasizki, 
raqamli iqtisodiyot robototexnika bilan ham chambarchas bog‘liq. Robotlarning 
insonlar hayotidagi ishtiroki fantastlar tomonidan ko‘p marta muhokama qilingan
lekin hozirda robotlar bizning real hayotimizga ham tezkorlik bilan va bevosita kirib 
kelmoqda. Odamlar ishlab chiqarishda bajaradigan oddiy funksiyalarni robotlar 
bajarishi xatolar sonini ancha kamaytirish hamda ishlarning bajarish tezligini 
oshirishga imkon beradi. Sir emaski, ko‘plab sanoat kompaniyalari yig‘uv liniyalari 
va logistikada robototexnikani faol qo‘llaydi, bu inson omilining ahamiyatini 
pasaytirish va ishga minimal sondagi odamlarni jalb qilishga imkon beradi. Sanoat 
robotlari qiymatini (bahosini) pasaytirish ularni qo‘llashdan iqtisodiy samaradorlikka 
erishish imkonini yaratadi va odamlarga amalda qanday qilib mexanizmlar avtomatik 
rejimda inson ishtirokisiz mahsulot ishlab chiqarishini kuzatib turishiga to‘g‘ri keladi, 
xolos. Germaniyada hattoki 4.0.Industriya atamasi ham paydo bo‘lgan bo‘lib, u 
avtomatlar ishlab chiqarish jarayoni doirasida o‘zaro aloqa qiladigan to‘liq 
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish va logistika tarmoqlari tuzishni ko‘zda tutadi. 
Robototexnika, buyumlar Interneti, sun’iy intellekt va 3D-bosmaning uyg‘unlashuvi 


“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5 
18 
hozirgi paytda krossovkadan tortib avtomobillargacha bo‘lgan mahsulotlarni ishlab 
chiqarish bo‘yicha to‘liq mexanizatsiyalashgan fabrikalar qurishga imkon bermoqda. 
3D-bosma qurilish sohasi ba’zi bir tarmoqlarni va mashinasozlikni tubdan o‘zgartirib 
yuborishi mumkin bo‘lgan texnologiyadir. Polimerlar, beton, metall va hatto oltindan 
ham mahsulot bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan 3D-printerlarning juda ko‘p 
miqdorda yaratilishi ishlab chiqarish tsikli tushunishning o‘zini ham o‘zgartiradi, 
chunki ko‘plab mahsulot turlarini uydan chiqmasdan, faqat uch o‘lchamli model va 
3D-printerga ega bo‘lgan holda olish mumkin bo‘ladi. 3D-bosmani o‘zlashtirishga 
mashinasozlik ham faol qo‘shilgan bo‘lib, bu yerda detallarni «klassik» usulda 
olishdan ko‘ra, bosib chiqarish arzonga tushadi. Kiyim-kechak va oyoq kiyimi 
dizaynerlari ham o‘zlarining yangi mahsulotlarini bosib chiqarmoqdalar. Quruvchilar, 
zargarlar, tibbiyot hodimlari ham o‘z biznes jarayonlarida 3D-bosmadan faol 
foydalanmoqdalar. O‘zini - o‘zi bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan printer ham 
yaratilgan. Xitoy kompaniyalari esa istalgan shaxs uy sharoitlarida o‘zi uchun 3D-
printer yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan konstruktorlar ishlab chiqara boshlagan. Garchi 
texnologiya yo‘lida hali murakkab mahsulotlar bosib chiqarish bilan bog‘liq savollar 
turgan bo‘lsada, oyoq kafti xususiyatlarini hisobga oladgan holda yangi krossovka 
bosib chiqarish mumkin bo‘ladigan murakkab tarkibiy qismli mahsulotlar bosib 
chiqarish imkoniyati paydo bo‘lishining ehtimoli juda yuqori. Asosiysi, bu ishni 
uydan chiqmasdan ham bajarsa bo‘ladi. 
Endi texnologiyalar sinergiyasi haqida gapirib o’tamiz. Innovatsion raqamli 
texnologiyalarni boshqa vositalar bilan birgalikda qo‘llash nafaqat u yoki bu biznes - 
jarayonni o‘zgartirishga, balki bungacha hali mavjud bo‘lmagan mahsulot ishlab 
chiqargan holda tarmoqni to‘liq qayta tashkil qilishga ham imkon beradi. Raqamli 
o‘zgartirishda eng qiziqarlisi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va ushbu barcha 
texnologiyalarni birgalikda qo‘llash mumkinligidadir. Sinergetika nazariyasi 
atamalarida shuni aytish mumkinki, ijtimoiy tizim doimiy o‘zgarishda bo‘ladi, 
institutsional shakllar tasodifiy o‘zgarishlari (fluktuatsiya) – tizim mikro darajasida 
tartibsizlik ko‘rsatkichi va hamda uning rivojlanish imkoniyatidir. Ayrim 


“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/5 
19 
fluktuatsiyalar shu qadar kuchli bo‘lib chiqadiki, kelgusi rivojlanish traektoriyasini 
belgilab berib, sifat o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. Masalan, buyumlar interneti 
virtual dunyoni real dunyo bilan birlashtirishga imkon beradi, sun’iy intellekt esa 
buyumlar internetidan olingan juda katta hajmdagi ma’lumotlar to‘plamlari asosida 
hulosalar va qarorlar shakllantirishi mumkin. To‘ldirilgan va virtual reallik yangi 
dunyoni inson ko‘ziga ko‘rinadigan qilib qo‘yadi. Robototexnika va 3D-bosma esa 
ko‘plab muntazam bajariladigan operatsiyalarni to’liq avtomatlashtirishga imkon 
beradi.

Yüklə 55,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin