III BOB.
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
100
11. Xatga javob qaytarish uchun “Reply”
tugmachasi tanlanadi
(14)
va hosil bo‘lgan oynada javob
xati yozilib, “Send”
tugmachasi bosiladi
(15)
.
12. Pochta qutisiga kelgan xatni boshqalarga ulashish uchun “Forward” tugmachasi tanlanib
(16)
, “To” maydoniga ularning pochta manzili yoziladi va “Send” tugmachasi bosiladi
(17)
.
Elektron xabarlar yozish va almashishda har bir shaxs quyidagi odob-axloq me’yorlariga
amal qilishi lozim:
1) xat yozish jarayonida o‘zaro hurmat va to‘g‘ri muloqot me’yorlariga
rioya etish;
2) xabar almashishda xushmuomalalik bilan murojaat etish hamda tashakkur izhor etishni
unutmaslik;
3) xatda xabar mavzusini
qisqa va aniq ifodalash;
4) elektron xabarni salomlashish bilan boshlab, tashakkur hamda yaxshi
tilaklar bilan yakunlash;
5) xabar matnini tushunarli, asosiy so‘zlarni ajratib ko‘rsatgan hamda
xatboshilarga ajratgan
holda yozish. Oddiy, o‘qishga qulay shriftdan foydalanish (turli rang, chiroyli shriftlarni
ishlatmaslik yoki so‘zlarni katta harflar bilan yozmaslik).
1
4
9
2
5
6
7
8
3
10
11
12
13
14
15
16
17
101
Elektron xabar almashishning o‘ziga xos jihatlaridan biri – hissiyotlarni
ifodalash uchun
qo‘llaniladigan turli belgilar (smayliklar)ning mavjudligidir. Har bir belgi alohida ma’noga ega bo‘lib,
chiziqcha – burun, ikkita nuqta – ko‘z, qavs – og‘iz va hokazolarni ifodalaydi;
6) xat so‘ngida
ismi familiyangizni yozing, masalan, “Hurmat bilan Aqlvoy Xamidov”;
7) xabar sarlavhasi kiritilganligini hamda uni xabarga mos kelishini tekshiring;
8) elektron xabarni yuborishdan avval uni qayta o‘qib chiqing, imlo
va grammatik xatolar mavjud
yoki mavjud emasligini tekshiring.
1. Elektron pochta xabari qanday qismlardan tarkib topgan?
2. Elektron pochta yaratish uchun qanday ma’lumotlar kerak?
3. Qo‘shimcha fayl xabar matniga qanday biriktiriladi?
4. Elektron pochtaga kelgan xabarni boshqalarga ulashish uchun qanday vazifalar bajariladi?
Dostları ilə paylaş: