III BOB.
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
78
WWW
xizmati
WWW
Internet manbalarini tashkil etish va undan foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Internet
manbalari, о‘z navbatida, veb-sahifalardan tashkil topgan.
Veb-sahifa
Internetdagi hujjat yoki axborot manbayi bо‘lib,
tarkibida matn, rasm, video,
gipermurojaat va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi. Veb-sahifadagi gipermurojaat joriy hujjatning
boshqa qismiga yoki boshqa hujjatga о‘tishni ta’minlaydi.
Biror soha, faoliyat, mavzu, voqea va hodisaga bag‘ishlangan ma’lumotlarni о‘zida
jamlagan hamda
bir-biri bilan gipermurojaatlar orqali bog‘langan veb-sahifalar majmui
veb-sayt
deb ataladi. Har bir
veb-saytning о‘ziga xos manzili mavjud.
Veb-sahifa yoki veb-sayt manzillari
Internetdagi har bir veb-sahifa
yoki veb-saytning uni
qidirish uchun ishlatiladigan noyob veb-manzili yoki
URLi mavjud. URL uch qismdan iborat:
1) URL, odatda, “http” yoki “https” bilan boshlanadi.
Bu qism
protokol
deb ataladi, u veb-sayt uchun
ma’lumotlarning qanday
uzatilishini boshqaradigan
qoidalar tо‘plami hisoblanadi;
2) undan keyin veb-saytni aniqlaydigan qism davom
etadi. Masalan: www.google. Bu qism
domen nomi
deb
ataladi;
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Gipermurojaat
– veb-sahifadagi
element.
Uning ustiga bosish orqali
veb-sayt tarkibidagi sahifani to‘g‘ridan
to‘g‘ri kuzatish mumkin.
URL
(
U
niform
R
esurs
L
ocator)
–
WWWdagi sahifa yoki sayt manzili.
3) URL veb-sayt turi hamda qaysi davlatga mansubligiga ko‘ra, turlicha tugashi mumkin. Ular
domen kengaytmalari
deb nomlanadi.
Eng kо‘p tarqalgan domen kengaytmalari:
Qaysi davlatga mansubligiga kо‘ra:
UZ –
О‘zbekiston
UK –
Buyuk Britaniya
US –
Amerika qо‘shma shtatlari
RU –
Rossiya
KG –
Qirg‘iziston
KZ –
Qozog‘iston
UA –
Ukraina
COM –
tijorat
EDU –
ta’lim
GOV –
hukumat
INT –
xalqaro
MIL –
harbiy
NET –
tarmoq
ORG –
nodavlat tashkilotlari
Veb-sayt turiga kо‘ra:
Masalan: www.ziyonet.uz, www.uzbekcoders.uz, www.dtm.uz, www.google.com.
79
Veb-brauzer dasturlari
Butunjahon tarmog‘idagi veb-sahifa yoki veb-saytlarni kо‘rish uchun maxsus dasturlar –
veb-
brauzer
lardan foydalaniladi.
Veb-brauzer Internet tarmog‘idagi veb-sahifalarni kо‘rsatadigan dastur bо‘lib,
uning yordamida veb-
sahifadagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Veb-sahifalar gipermatnli belgilash tili (HTML)da
yozilgan bo‘lib Internet orqali kompyuter tilida yaratiladi. Veb-brauzer esa buni foydalanuvchi о‘qiy
oladigan tilga o‘giradi. Odatda, Windows operatsion tizimi tarkibida Internet Explorer brauzeri tizim
bilan birgalikda o‘rnatilgan bo‘ladi. Qolgan brauzerlar esa foydalanuvchi tomonidan o‘rnatiladi.
Veb-brauzer
(ingl.
browser
– ko‘rish)
– veb-sahifani akslantiruvchi,
tarjima
qiluvchi va namoyish etuvchi dasturiy
ta’minot.
Qayta yuklash
–
tashrif buyurilgan veb-
sahifani qayta ochish.
Yuklash
– veb-saytni yoki veb-sayt
ichidagi sahifani ochish.
Dastur
nomi
Google
Chrome
Microsoft
Edge
Internet
Explorer
Mozilla
Firefox
Yandex
Safari
Logotipi
Dostları ilə paylaş: