III BOB.
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
82
18-dars
. QIDIRUV TIZIMLARI VA INTERNETDA
MA’LUMOT IZLASH
Internetning tezkor sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida milliardlab veb-sahifa va fayllar orasidan
kerakli ma’lumotni topish muammosi paydo bo‘ldi. Hozirda Internetda ma’lumot izlashning uchta
asosiy usuli mavjud bo‘lib, ular:
1) veb-sahifa manzili orqali.
Bu usul qidiruvning eng tezkor usuli bo‘lib, undan faqat sahifa yoki
faylning aniq manzilini bilgandagina
foydalanish mumkin;
2) gipermurojaatlar orqali.
Agar qidirilayotgan hujjat yoki ma’lumot ma’no jihatidan joriy sahifaga
yaqin bo‘lsa, bu ham nisbatan qulayroq izlash usuli hisoblanadi;
3) veb-saytning URL manzili yoki qidirilayotgan ma’lumotni qayerdan izlash aniq bo‘lmagan
hollarda qidiruv tizimlaridan foydalaniladi.
Qidiruv tizimidan samarali foydalanish, kerakli ma’lumotni xavfsiz
va samarali usulda qidirish
hamda eng yaxshi qidiruv natijalarini tanlay bilish muhim ahamiyatga ega.
Butunjahon о‘rgimchak tarmog‘ida kо‘plab qiziqarli, kо‘ngilochar veb-sahifalar mavjud. Biroq bu
maydonda turli xavflargа duch kelish ham mumkin. Internetdan foydalanishda mana shu xavflar
haqida bilish va undan о‘zini
himoya qila olish
xavfsizlikni ta’minlash
deb ataladi.
BUNI BILASIZMI?
Internetda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozim. Tahqirlovchi yoki noqonuniy ma’lumotlarga
duch kelmaslik uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish zarur:
• qidiruv so‘zlari diqqat bilan tanlanganligiga ishonch hosil qiling. Yetarli ma’lumot bermaydigan
har qanday xato yoki umumiy qidirish so‘zlari zararli yoki foydali bo‘lmagan natijalarni berishi
mumkin;
• veb-sahifa ochilganda, zararli ma’lumotlar kirishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirishlarga
e’tibor bering;
• qidiruv natijalarining hammasi ham ishonchli bo‘lmasligini unutmang.
Faqat taniqli va ishonchli
veb-saytlar manziliga kiring;
• turli xil reklama ko‘rinishidagi saytlarga kirmang;
• birinchi natijalar doim ham eng yaxshi natijalar bo‘lmasligi mumkinligini unutmang. Ba’zi
kompaniyalar o‘z reytingini oshirish uchun qidiruv tizimlariga pul to‘laydi;
• agar zararli ma’lumotlarga ega veb-sahifani topsangiz, darhol o‘qituvchi
yoki yoshi kattalarga
xabar bering.
Xavfsizlikni ta’minlash
83
Qidiruv tizimi
– butunjahon Internet
tarmog‘idagi veb-saytlarni o‘z ichiga olgan
katta ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni
qidirish uchun ishlatiladigan dastur.
Qidiruv natijalari
–
qidiruv tizimi tomonidan
berilgan veb-sahifalarga gipermurojaatlar
ro‘yxati.
Ma’lumotlar bazasi
– qidirish va foydalanish
mumkin bо‘lgan, tartiblangan ma’lumotlar
to‘plami.
Index
– barcha kalit so‘zlar
yoki qidiruv tizimi
orqali avval tashrif buyurilgan veb-sahifalar
ro‘yxati.
Algoritm
– muammoni hal qilish uchun dastur
bajaradigan bosqichlar yoki qadamlar ketma-
ketligi.
Qidiruv tizimlari
Qidiruv tizimlari ma’lumotni
butunjahon
tarmog‘idan qidirish imkonini beradi.
Butunjahon Internet tarmog‘ida mavjud
barcha veb-saytlar ma’lumotlar bazasida
saqlanadi. Kerakli ma’lumotni shu baza orqali
topish uchun qidiruv
tizimidan foydalanish
mumkin.
Bugungi kunda kо‘plab qidiruv tizimlari mavjud
bо‘lib, ulardan quyidagilari eng ommalashgan
sanaladi:
1) Google(https://www.google.co.uz/);
2) Microsoft Bing (https://www.bing.com/);
3) Yahoo(https://www.yahoo.com/);
4) Baidu (https://www.baidu.com/);
5) Yandex (https://www.yandex.ru/);
6) DuckDuckGo (https://duckduckgo.com/);
7) Kiddle (https://www.kiddle.co/).
Dostları ilə paylaş: