Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


Pushti katarantus (pushti bO`rigul)



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə14/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Pushti katarantus (pushti bO`rigul) Catharanthus roseus (L.) G. Don. (Vinca rosea L.), kendirdoshlar Apocynaceae oilasiga kiradi.Tik o`suvchi yoki yoyilib o`suvchi, balandligi (uzunsimon) 30-60 sm li poyali, doim yashil buta. Poyasi silindrsimon, tuksiz yoki ba‘zi formalarida tukli. Barglari ellipssimon yoki cho`ziq ellipssimon, to`q yashil, yaltiroq, qalin tekis qirrali bo`lib, qisqa bandi yordamida poya va shoxlarida qarama-qarshi joylashgan. Yirik, chiroyli, qizil-pushti rangli gullari 2-4 tadan poyaning yuqori qismidagi eying qo`ltig`idan o`sib chiqqan. Gulqo`rgoni murakkab. Gulkosachasi besh bo‘lakli, yashil rangli, gultojibarglari birlashgan, ba‘zan oq, pushti va qizil rangli bo‘lishi mumkin. Mevasi – qo‘shbargcha..Yovvoyi holda nam tropik еrlarda Indoneziyada ( Yava orolida), Vetnam, Malayziya, Hindiston va va boshqa davlatlarda o‘sadi.
Limon – Citrus limon Burm., rutadoshlar – Rutaceae oilasiga kiradi. Limon bo‘yi 2,5-4 metrga etadigan doim yashil, tikanli daraxt. Bargi cho‘ziq tuxumsimon, o‘tkir uchli, yaltiroq, mayda tishsimon qirrali bo‘lib, poyada qisqa bandi bilan ketmaket joylashgan. Guli yakka, ba‘zan 2-3 ta bo‘lib, barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Gulkosachasi 4-5 tishli, tojbarglari oq, 4-8 ta. Mevasi – cho‘ziq tuxumsimon, sariq rangli, ko‘p urug‘li ho‘l meva. May iyun oylarida gullaydi, mevasi noyabr-dekabrda pishadi. Limon vatani Tinch okeanining tropik orollari hisoblanadi.
Qirqmabarg (dorivor) moychechak (gazakO`t) Chamolilla recutita (L.) Rascheri (Matricaria recutita L.) xushbo`y (yashil) moychechak (gazako;t) – Chamolilla suaveolens (Pursh.) Rydb. (Matricaria suaveolens Buchen., Matricaria discoidea D. C.); qoqio‘tdoshlar – Asteraceae oilasiga kiradi. Dorivor moychechak bo`yi 15-40 sm ga etadigan bir yillik o`t o`simlik. Poyasi tik o`suvchi, sershox, ichi kovak. Bargi ikki marta patsimon ajralgan, segmentlari ingichka chiziqsimon, o`tkir uchli. Poya va shoxchalari uzun bandli (yashil moychechakniki kalta bandli) savatchaga to`plangan gullar bilan tamollanadi. Savatcha chetidagi gullari oq, tilsimon. O`rtadagilari esa ikki jinsli, sariq, naychasimon. Mevasi – qo`ng`ir-yashil pista. May oyidan boshlab kuzgacha gullaydi. Dorivor moychechak keng tarqalgan bo‘lib, u asosan o`tloqlarda, ekinzorlarda (begona o`t sifatida), yo`l yoqalarida o`sadi. Asosan Rossiyaning Yevropa qismining janubida, Kavkaz, Qrim, Ukraina, Sibirning janubiy tumanlari va O`rta Osiyoda uchraydi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin