Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


Introduksion chidamlilikni aniqlashga asoslangan usul



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə24/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Introduksion chidamlilikni aniqlashga asoslangan usul (Trulevich, 1991; Tuxtaev, 2009). Ushbu metod o`simlik turlari tabiiy ekologo-fitotsenotik sharoitdagi asosiy ekologik, biologik va fitotsenotik jihatlarini hisobga olishni tavsiya qiladi.

  • Tizimli-ekologik usul. I.O. Baytulin, M.A. Proskuryakov va SV.Chekalin (1992) tomonidan taklif qilingan. Usul introduksiya hududlarida atrof-muhitni hisobga olib introdutsent o'simlikni introduksiya qilingan hududlar o'rtasida ham joriy qilishdan iborat. Ya'ni, agar biron introdutsent o‘simlik Jezqazg‘an va Qarag'andada muvaffaqiyatli tatbiq etilgan bo‘lsa, u holda bu ikki nuqta o'rtasida kenglik yo'nalishida joylashgan Balxash atrofiida ham u bemalol o‘sa oladi.

  • Tur ichidagi ekotipik komplekslar usuli (Shamsutdinov, Nazaryuk, Paramonov,1992) aynan cho`l ozuqabop o`simliklari introduksiyasi jarayonida ishlab chiqilgan va bu usul ma‘lum bir turning tabiiy tarqalish arealidan (uning turli geografik nuqtalarida shakllangan ekologik tiplarini) imkonini boricha ko`proq namunalarini yig`ish va introduksion ko`chatzorlarda ularni qiyosiy baholashga asoslangan. Masalan izenning (Kochia prostrata) tarqalish arealidan 500 ga yaqin namunalari sinalgan va shular orasidan O`zbekiston tog` oldi, yarim cho`l va Qarnabcho`l sharoitlarida еtishtirish uchun istiqbolli deb atigi 2 ekologik tipi tanlab olingan (Shamsutdinov, 1987). Xuddi shunday holat quyrovuq (Salsola orientalis), cho`g`on (Halothamnus subaphylla Botssh), teresken (Ceratoides ewersmanniana), tatir (Salsola gemascens), kamforosma (Camphorosma lessingii), qo`ng`irbosh (Poa bulbosa), astragallar (Astragalus sp.), erkak o`t (Agrophyron desertorum) singari turlar introduksiyasi jarayonlarida ham kuzatildi (Mukimov, 1991; Rabbimov, Bekchanov, 2001; Bobaeva, 2015; Najmitdinov, 1992; Radjabov,1986; Nurimov, 1991; Xalilov, 1992; Rabbimov,1989).

  • O„simliklar reproduktiv strategiyalarini tahlil qilish usuli (Guseynova, 2011; Qarshibaev, 2020). Usul o`simlik turining reproduktiv strategiyasini belgilovchi morfo-biologik integrallashgani ko`rsatkichlarini aniqlashtirish orqali turning yangi sharoitga moslasha olishini oldindan bashoratlash hamda introdutsentlarni to`g`ri tanlab olish imkonini beradi.

    O`simliklari introduksiyasida muayyan tuproq-iqlim sharoitlari uchun istiqbolli introdutsentlarni tanlashda yuqorida qayd etib o`tilgan usullardan keng foydalanish mumkin.


    1. Yüklə 1,31 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin