Инвестиция фаолияти ва инвестиция сиёсати



Yüklə 14,03 Mb.
səhifə2/7
tarix13.09.2023
ölçüsü14,03 Mb.
#143279
1   2   3   4   5   6   7
1.mavzu - Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

Investitsiya taʼriflari

  • Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi taʼrifni beradi: “Investitsiya – bu mulk shaklidan qatʼiy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat koʼrsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida oʼz boyliklarini qonun doirasida boʼlgan har qanday tadbirkorlik obʼektiga sarflashidir”.[1]
  • [1] Haydarov N.H. iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.F.D ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Gʼ T.: 2003. 29 b.

Investitsiya taʼriflari

  • Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi OʼRQ-598-sonli «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʼgʼrisida»gi qonunida investitsiyaga quyidagicha taʼrif berilgan:
  • “investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obʼektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʼlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar” sifatida taʼriflanadi.

Investitsiya taʼriflari

  • “Investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan qoʼyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar tushuniladi.

Investitsiya taʼriflari

  • U.Sharp investitsiyalarga quyidagicha taʼrif beradi: “Istiqbolda yanada koʼproq miqdordagi mablagʼ olish uchun maʼlum miqdordagi pul bilan bugun ajralishdir”.

Investitsiya tushunchasi

  • Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga investitsiyalar va moddiy zahiralarining oʼsishiga qilinadigan harajatlardan tashkil topadigan yalpi harajatlarning bir qismi hisoblanadi. Investitsiyalar – bu joriy davrda isteʼmol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital oʼsishini taʼminlovchi YaIM ning bir qismidir.
  • Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qoʼshib hisoblanganda) yaratish jarayonidir.

Yüklə 14,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin